O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
31.07.2018

KOZI YONIB TURGAN BOLALAR XALQARO OLIMPIADADA SOVRINDOR BOLISHDI

Chexiya va Slovakiyada dunyoning 80 mamlakatidan kelgan 300 nafardan ortiq o‘quvchi on kun davomida 50-xalqaro kimyo olimpiadasida oz bilimlarini namoyish etishdi. Unda Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi oquvchilari Jaloliddin Olovuddinov va Dildora Hakimboyeva ham qatnashib, bronza medallarini qolga kiritishdi. Kecha tongda fotomuxbirimiz Sanjar Shotolaganov bilan ularni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga chiqdik.

— Olimpiadaning birinchi turida oquvchilar besh soat davomida 3 ta laboratoriya ishini bajardi, deydi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori Ortiqboy Eshonqulov. Laboratoriya ishiga 40 ball qoyiladi. Ikkinchi tur nazariy bolib, u 60 ballik tizimda baholanib, 8 masala berildi. Jami bolib 100 ball qoyiladi. Hakamlar orasida 3 nafar Nobel mukofoti sohiblari borligi bu olimpiada nufuzi balandligini korsatib turibdi. Shuningdek, jahonning yirik kimyo firmalari olimpiadaga homiylik qildi. Ular musobaqa jarayonini kuzatib borishdi va kuchli bolalarni ishga taklif qilishdi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari rektorlari ham olimpiadada ishtirok etdi. Ular ham iqtidorli bolalarni oz oliy oquv yurtida grant asosida oqishga tavsiya qilishdi. Bizga ham Chexiya va Germaniya davlatlari universitetlaridan takliflar boldi.

Olimpiadada tushadigan savollar musobaqa qaysi davlatda bolsa, osha davlatning nufuzli universitetlari professorlari tomonidan tuziladi. Olimpiada boshlanishidan bir kun oldin hakamlar tomonidan tanlab olinadi. Ushbu jarayon yopiq holatda boladi. Savollar ishtirokchi davlatlarga berilib, shu davlatlar tiliga tarjima qilindi. Olimpiadaning shaffof otishini ta’minlash maqsadida oquvchilar Slovakiyada masala yechdi, oqituvchilar esa Chexiyada onlayn ravishda ularni kuzatib bordi. Oquvchilar Chexiyada bolgan vaqtda murabbiylar Slovakiyada boldi.

Men litseyimizning kimyo kafedrasi oqituvchilari bilan birgalikda xalqaro fan olimpiadalariga oquvchilarni tayyorlashda yordamlashib kelyapman, deydi xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida ikkita kumush, jahon olimpiadalarida ikkita oltin medal sovrindori, litsey bitiruvchisi Bekzod Boltayev. Laboratoriya ishlari boyicha Osimlik moddalari kimyosi institutining organik sintez bolimi rahbari Burhon Elmurodov bizga komaklashdi. Oquvchilar ushbu laboratoriyada amaliy tayyorgarlikdan otdi. Nazariy tayyorgarlik litseyning ozida boldi.

Olimpiada masalalarini yechishda oquvchilardan kreativ yondashuv, umuman zamonaviy fikrlash talab qilinadi, deydi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyining katta oqituvchisi Baxtiyor Usmonov. Men olimpiadada medal olgan oquvchilarni yoshligidan olim bolgan bolalar, deb oylayman.

Bolalarni olimpiadaga qatnashishi, orin olishi oquvchilarning olgan bilimlarini mukammallik darajasini korsatib beradi. Yani, bola faqatgina kitob oqiganmi yoki amaliyot bilan ham shugullanganmi, mustaqil fikrlashga egami va boshqa shu kabi tomonlarini ajratib beradi. Bu olimpiada oquvchidan birinchi navbatda mustaqil, nostandart fikrlashni talab etsa, ikkinchidan umumiy hamma biladigan, masalan, leksiya oqisangiz eshitib, organib ketadigan emas, balki undan tashqari ham mustaqil izlanishni, organishni talab qiladi. Shuning uchun olimpiadada golib bolgan oquvchining natijasida oqituvchining mehnati 15 foiz bolsa, 85 foizi bolaning oz harakati, kuchi, intilishi boladi.

Olimpiada yaxshi otdi, deydi bronza medali sohibi Dildora Hakimboyeva. Butun dunyodan eng yaxshi oquvchilar keldi. Olimpiadada ikkita tur boldi. Masalalar oson boldi. Uni guruhimizning 4 nafar ishtirokchisi yaxshi yechdi. Lekin laboratoriya ishida biroz qiyinchiliklarga uchradik. Bu albatta kop mashq qilmaganim, balki oz ustimda kop ishlamaganim uchundir. Men olimpiadaga oltin medal olaman, deb borgan edim, lekin bronza boldi. Agar laboratoriyani ham yaxshi ishlaganimda, albatta, oltin medal olar edim.

Olimpiadada laboratoriya ishi menga ham biroz qiyinchilik tugdirdi, deydi bronza medali sohibi Jaloliddin Oloviddinov. Nazariy qismda 8 ta masalaning 6 tasini oson yechdim va 35 ball oldim. Ikkinchi laboratoriya ishi knetika tezlikni olchaydigan jarayon bolib, vaqtga bogliq edi. Shuning uchun uni yakunlashga ulgurmay qoldim. Nazariyada ham birinchi va ikkinchi masalaga vaqt yetmay qoldi.

Shahboz SAIDOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.