O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida odam savdosiga qarshi kurashish masalasiga bagishlangan davra suhbati bolib otdi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan muloqotda partiya viloyat kengashi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bolimi mas’ullari, partiyaning «Faol ayollar» va Istiqbol yoshlar qanoti faollari ishtirok etdi.

Bugungi kunda odam savdosi butun dunyoda dolzarb muammolardan biriga aylangani, afsuski, inson shani, qadr-qimmati, erkinligi va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida qaraladigan mamlakatimizda ham ayrim yurtdoshlarimiz bilib-bilmay ushbu biznes qurboniga aylanib qolayotgani takidlandi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2008 yil 17 aprel kuni qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi qonuni, Birinchi Prezidentimizning 2008 yil 8 iyuldagi Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolayotir.

Tadbirda mazkur illatga qarshi samarali kurashish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bir qatorda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda mahalla faollari hamjihatlikda ishlashi, bu borada birinchi navbatda, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish lozimligiga etibor qaratildi.

— Bosh qomusimizda hech bir fuqaro qiynoqqa solinmasligi, uning qadr-qimmati kamsitilmasligi, zoravonlik va shafqatsizlik kabi holatlarga yol qoyilmasligi kafolatlangan, deydi partiya viloyat kengashi raisi M.Darxonov. Afsuski, hayotda nafs quliga aylangan ayrim fuqarolarning ushbu jirkanch savdoni kasb tutganiga, bazi huquqiy savodsiz fuqarolarimiz esa ularning qurboniga aylanayotganiga guvoh bolib turibmiz. Bu kabi holatlarga butunlay barham berish maqsadida odam savdosi bilan bogliq qonunchilik va uning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida partiyamiz Targibot guruhi azolari tomonidan keng kolamli targibot tadbirlari otkazilmoqda.

Tadbir yakunida odam savdosi bilan bogliq hayotiy voqealar aks etgan Onaning nolasi saboq bolsin va Ozbek qizlariga murojaat filmlari namoyish etildi.

A.XUDOYQULOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.