O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
31.07.2018

DEPUTAT OZIGA ISHONMASA, HECH KIM UNI QOLLAMAYDI

Joylardagi muammolarni o‘sha hududdan saylangan deputatlar boshqalarga qaraganda yaxshiroq biladi. Bu haqda gap ketganda, mahalliy Kengash deputatlari birinchi bolib koz oldimizga keladi, albatta. Xosh, bugun xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat Kengashlariga partiyamizdan saylangan deputatlar oz vakolatlaridan qay darajada foydalanayapti? Joylardagi muammolarni hal etishda qanday ishtirok etishyapti? Bu savollarga Toshkent viloyati misolida javob topishga harakat qilamiz.

Viloyat partiya kengashi raisi Mehroj Darxonovning ta’kidlashicha, qonuniy vakolatlaridan samarali foydalanayotgan deputatlar aholini oylantirayotgan masalalarni hal qilish boyicha ijobiy natijalarga erishayotgani kozga tashlanmoqda.

— Bugungi kunda xalq deputatlari Toshkent viloyati tuman, shahar Kengashlarida 188 nafar deputat faoliyat olib bormoqda, deydi u. Ular tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 279 deputatlik sorovi yuborilgan. Shundan 173 tasi qonun va qarorlarning ijrosini taminlash yuzasidan, 106 tasi esa fuqarolarning murojaatlari asosida amalga oshirilgan.

Odamlar ishonchini qadrlagan, xalq vakili bolish nimaligini his qilgan deputatlar har doim harakatda, izlanishda boladi. Lekin viloyatimizning tuman, shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlarining ayrim azolari ijro hokimiyati idoralariga biror marta ham deputatlik sorovi bilan murojaat qilmagan.

Yana bir haqiqatni ochiq aytishimiz kerak. Aksariyat sorovlar kopchilikni oylantirayotgan masalalar yechimiga emas, maishiy, shaxsiy, tor manfaatlarga qaratilyapti. Buni qanday baholash mumkin? Bazi sorovlarda kotarilayotgan muammo sabablari, yechimi yollari yoki takliflar aniq korsatilmagan. Bu deputatlik sorovining natijasiz qolishiga sabab bolmoqda.

Saylovdan keyin ayrim deputatlar ozlarini nomzod etib korsatgan partiya bilan aloqani uzib qoyadi, deydi Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi bolim mudiri Furqat Isroilov. Tabiiyki, bunday deputatlar oz saylovchilari bilan kamdan-kam muloqot qiladi. Masalan, xalq deputatlari Angren va Olmaliq shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari faoliyati juda sust. Ular sessiyalar va doimiy komissiyalar yigilishlarida, mansabdor shaxslarning hisobot yoki axborotlarini eshitish jarayonlaridagi muhokamalarda faollik korsatishmayapti. Ayniqsa, sessiya oldidan oz yigilishlarini otkazish, kun tartibini tuzish ishlarida tashabbuskorlik yetishmayapti. Misol uchun, Angren shahar Kengashidagi partiyamiz guruhi azolari B. Normatov, E. Ergashev, Olmaliq shahar Kengashi deputatlari B. Sadiqov, E. Abdurayimov va E. Mahmudovlar tomonidan joriy yil davomida biror masala kotarilmagan. Na deputat sorovi, na boshqa bir amaliy ish qilinmagan.

Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani Kengashidan saylangan 11 nafar deputat 8 ta, Oqqorgon tumanida 7 nafar deputat 5 ta, Bekobod tumanida 7 nafar deputat 4 ta, Yangiyol tumanida 8 nafar deputat bor-yogi 3 ta deputatlik sorovi yuborganini qanday tushunish mumkin? Togri, deputatlik sorovi jonatilgani masala hal bolishini anglatmaydi. Ammo bu deputat ozi saylangan hudud uchun jon koyitayotgani, izlanishda, harakatda ekanini bildiruvchi muhim belgi.

Hayot barchamizdan, xususan, biz, deputatlardan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki tashabbuskori bolishni talab etmoqda, deydi xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Qizilgul Qosimova. Oylab koraylik, bugun odamlar qanday deputatga quloq soladi, ishonadi? Katta-kichik muammoni bartaraf etishda yordami tekkan deputatni. Deputat doimo oziga ishonishi, ozini hurmat qilishi kerak. Asosiy masala shunda, deb oylayman. Deputat oz kuchiga ishonmasa, hech kim uni tinglamaydi, unga ergashmaydi.

Bazida partiyamizdan saylangan deputatlar faoliyatida sustkashliklarni kuzatamiz. Bunday holat bizni chuqur oyga toldiradi. Kop yillik tajribaga ega deputatlarimiz konikmasi kamroq deputatlar bilan birga ish olib borishi, ularga yol-yoriqlar korsatishi kerak, deb oylayman. Deputatlar faoliyatini tahlil qilib, ularga togri yonalish berish, qollash ham zarur boladi. Shunda ham ishida ozgarish sezilmasa, qonunchilikka muvofiq yol tutishga togri keladi.

Mahliyo ALIQULOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.