O'zb  
 
31.07.2018

ARZON UY-JOYLARDAN FUQAROLAR MINNATDOR BOLMOQDA

Uy-joyga bo‘lgan talab aholi soni osib borayotgan davrda hamisha dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu vazifa yechimi banklar tomonidan ipoteka kreditlari asosida uy-joylar qurish orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Lekin ular ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar uchun qimmatlik qiladi. Ayniqsa, nogironligi bolgan shaxslar uchun bu faqat bir orzu bolib qolayotgan edi. 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi aholining kam taminlangan qatlami manfaatlariga xizmat qilishi bilan goyat ahamiyatlidir.

Otgan yili Xorazm viloyatida 115 nafar ehtiyojmand aholi oz uyiga ega boldi. Etiborli tomoni, tolash imkoniyati bolmagan 54 nafar fuqaroga boshlangich badal hokimliklar tomonidan tolangan bolsa, 14 oilaga homiylar hisobidan uy-joy berildi. Misol uchun, otgan yili Gurlan tumanida qurib, foydalanishga topshirilgan 58 ta namunaviy loyihadagi uy-joylarning 6 tasi nogironligi bolgan oila uchun ajratildi. Xonqa tumanida 120 ta uy-joy qurilib, foydalanishga topshirilgan bolsa, ularning 8 tasiga ehtiyojmand oilalar kochib otdi. Tumanda bu yil 124 ta namunaviy uy-joylar qad rostlayotgan bolsa, ularning 26 tasini arzon uy-joylar tashkil qiladi. Belgilangan dastur doirasida joriy yilda viloyatda 200 nafar nogironligi bolgan fuqarolarga arzon uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Xiva tumanida organish jarayonida 71 nafar fuqaroning uy-joyga muhtojligi aniqlangan. Ularning aksari kam taminlangan xonadonlar. «Dashyoq» majmuasida qad rostlagan 2 qavatli, 2 va 3 xonali 16 xonadonli 2 ta uy ehtiyojmand oilalarga berildi. Ayni paytda viloyat boylab aholini arzon uy-joylar bilan taminlash, imkoni yoqlarga boshlangich badalni tolab berish boyicha jarayon davom etmoqda.

Biz partiyamiz elektorati manfaatidan kelib chiqib, uyga ehtiyojmand oilalar royxatini tuzib, hujjatlarini rasmiylashtirishga yordamlashyapmiz.

Rahimbergan YUSUPOV,

Ozbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi.



DB query error.
Please try later.