O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

YOSHLAR ORASIDAGI JINOYATCHILIK

Bu — jamiyatning eng og‘riqli nuqtasidir

Bahodir TORAYEV, «Ipak yoli» turizm xalqaro universiteti prorektori, iqtisod fanlari doktori, professor:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27 iyul kuni otkazilgan videoselektor yigilishida jinoyatchilikning oldini olish borasida ichki ishlar organlari va davlat idoralarining mas’uliyatini yanada oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, yoshlar orasida jinoyatchilikni yanada kamaytirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Yoshlar ortasidagi jinoyatchilik va uning ogir oqibatlari bugun butun jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Taniqli siyosatchilar, olimlar bu borada tezroq chora-tadbirlar korish, amaliy ishlar qilish kerakligini uqtirib, taklif-mulohazalarini bildirishmoqda.

Mamlakat mustaqilligining, taraqqiyotining taqdiri avvalo yoshlarga, ularga qanday talim-tarbiya berayotganimizga bogliq. Bu haqiqatni bir lahza bolsa ham unutishga haqqimiz yoq.

Yoshlar xalqaro olimpiadalarda, sport musobaqalarida qatnashish, galaba qozonish orniga jinoyat qilsa, ozining ham, ozganing ham hayotini barbod qilsa, bu dahshat-ku axir.

Kasbim taqozosi bilan asosiy vaqtim yoshlar orasida otadi. Tajribamga tayanib, tola ishonch bilan ayta olamanki, yoshlarning jinoyat kochasiga kirishiga avvalo oila, mahalla, u oqiyotgan maktab, oliy oquv yurti aybdor. Garchi achchiq bolsa ham ushbu haqiqatni tan olishga majburmiz.

Yoshlar qachon jinoyat qiladi? Unga nisbatan etiborsizlik, adolatsizlik qilinsa, gamxorlik korsatilmasa, bir soz bilan aytganda, ilojsiz, himoyasiz qolganda jinoiy todalar uni oz domiga tortib oladi. Yoshlarni bu yoldan qaytarishning imkoniyati bormi? Bor, albatta! Buning uchun mutasaddilarning javobgarligi va masuliyati oshirilishi kerak.

Ozingiz oylab koring, bir yosh yigit yoki qizning umri xazon bolsa-yu, buning uchun hech kim ozini aybdor his qilmasa, jazolanmasa?! Jinoyatga yaqinlashayotgan yoshlarga nisbatan loqaydligimiz sababli jinoyatlar sodir bolayotganini, uning ishtirokchilari yoshlar ekanligini anglash vaqti keldi. Ular biror muammoga duch kelganda, tomoshabin bolib turish, yordam qolini chozmaslik eng katta gunoh bolsa kerak, deb oylayman. Bunday vaziyatda uning dostlari, yaqinlari, oqituvchilari yonida bolib, ogir vaziyatdan chiqib ketishiga komaklashishlari kerak. Ushbu holatda pedagogika va psixologiya fanining eng zamonaviy uslublaridan foydalanish zarur. Yoshlar tarbiyasidagi har qanday xato bir oila muammosidan jamiyat muammosiga aylanadi. Shuning uchun bu borada hamjihatlik, hamkorlik, uzviylik tamoyillariga amal qilish zarur.

Men Yoshlar yoshlarga targibot guruhlarini tuzish, mavjudlarining faoliyatini jonlantirish tarafdoriman. Chunki tengdoshlarning ruhiy yaqinligi, bir-birini oson tushunishi, tasir kuchi katta bolishi fanda allaqachon isbotlangan.

Prezidentimiz masuliyat haqida gapirdi. Hech bir yosh jinoyatchi bolishni maqsad qilmaydi. Lekin bazi birlari hayotning ogir-engil sinovlariga dosh berolmasdan, jinoyat yoliga kirib qolganligini bilmay qoladi. Mana shu orinda masuliyatsiz ota-ona, muallim, sinfdosh, kursdosh, mahalladosh kuzatuvchi bolib otiradi. Mana illatning ildizi qayerda.

Yoshlar talim-tarbiyasida masuliyatni unutishga haqqimiz yoq. Bu kelajakka xiyonatdir.



DB query error.
Please try later.