O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.10.2012

DEPUTATLAR YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

AVVAL XABAR QILINGANIDEK, O‘zXDP MARKAZIY KENGASHI VA OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASIDAGI FRAKSIYASI «YuKSAK BILIMLI, ZAMONAVIY FIKRLAYDIGAN YoShLAR MAMLAKAT TARAQQIYoTINING GAROVIDIR» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OTKAZDI. UNDA FRAKSIYA A’ZOLARI, PARTIYa MARKAZIY KENGASHI MASUL XODIMLARI, ISTIQBOL YoShLAR QANOTI YETAKCHILARI HAMDA BIR GURUH YOSHLAR ISHTIROK ETDI.

Davra suhbatida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda Mustahkam oila yili Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng va atroflicha malumot berildi. Deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, yoshlar talim-tarbiyasiga doir qonunlar mazmun-mohiyati hamda ahamiyati togrisida soz yuritishdi.

Shuningdek, davra suhbatida mazkur qonunlar ijrosini taminlash masalalariga etibor qaratilib, yoshlar bilan ishlashda partiya tashkilotlari va fraksiya hamkorligini yanada kuchaytirish boyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Boymurod YuSUPOV, OzXDP Markaziy Kengashi aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi mudiri:

— Partiyamiz dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimi va faolligini oshirish, manfaatini himoya qilishga qaratilgan loyihalar samaradorligini taminlash partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari hamda fraksiyaning bu boradagi hamkorligi darajasiga bogliqdir. Shuning uchun har bir partiya tashkiloti, deputatlik guruhlari yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish va joylarda ularning manfaatlariga qaratilgan tashabbuslarni kopaytirishga intilmoqda. Mazkur ishlar yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalishi, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanishida oz samarasini berishiga ishonamiz.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Mamlakatimizda yoshlar soglom bolib voyaga yetishi, zamonaviy talim olib, jamiyatda oz ornini topishi uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq davlatimiz jamiyat rivojida yoshlarning ishtiroki va ornini taminlash, ularni har tomonlama qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratib kelmoqda.

Eng muhimi, yoshlar ham jismonan, ham manan barkamol bolib voyaga yetishi uchun xizmat qiladigan islohotlar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Har tomonlama qulay va zamonaviy sharoitda talim olgan yoshlar mamlakatimizning jahon miqyosidagi nufuzi va raqobatbardoshliligini taminlashiga shubha yoq. Yoshlarimiz bugun ilm-fan, sanat va sport sohasida erishayotgan yutuqlar buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Dilrabo RASULOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, OzXDP Istiqbol yoshlar qanoti azosi:

Parlament tomonidan har yili qabul qilib kelinayotgan yangi ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi yoshlarni ishga joylashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011/2012 oquv yilida kasb-hunar kollejlarini bitirgan 501,5 ming nafar yoshlar 93 ming korxona va tashkilotlarga oz ixtisosligi boyicha ishga joylashish uchun biriktirilgan. Bu hayotga katta umid va ishonch bilan qadam qoyayotgan tengdoshlarimizni qollab-quvvatlash masalasiga davlatimiz dolzarb vazifa sifatida qarayotganining namunasidir.

Ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi ijrosi parlament tomonidan doimiy nazorat qilinayotgani, shu maqsadda tegishli vazirlik va tashkilotlarning hisobotlari tinglanib, yol qoyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha muntazam taklif va tavsiyalar berilayotgani bu borada ishlarning tizimliligini taminlamoqda.

Li GEORGIY, Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti 4-kurs talabasi:

Parlament faoliyati, yoshlarga oid qonunlar bilan yaqindan tanishib, yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini yana bir bor chuqur angladik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni haqida batafsil malumotga ega boldik.

Ushbu uchrashuv chogida men ozim uchun yana bir narsani kashf etdim. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar Ozbekistonimizning buyuk kelajagini yaratishga qaratilgan. Kelajakda Vatanimiz qanday kuch-qudratga ega bolishi esa biz yoshlarning bilimimiz va intellektual salohiyatimizga bogliq. Biz ana shu yuksak masuliyatni chuqur his etib, oqishimiz, oz kasbimiz sirlarini qunt bilan organishimiz kerak boladi.

Xalqimiz azaldan ozidan kora koproq farzandi haqida oylaydi, ogil-qizlariga munosib turmush sharoiti yaratishga harakat qiladi. Chunki yoshlar hayot davomchisi. Shu manoda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va yoshlar ortasidagi uchrashuvlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning izchilligi va samaradorligini taminlashga xizmat qiladi.

Gulruh ODASHBOYEVA, Ozbekiston ovozi muxbiri.

Murodbek ZIYo olgan surat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: