O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.10.2012

QISHGA TAYYORGARLIK

qanday olib borilmoqda?

Yoz bO‘yi kOzimizni Quvnatib, tabiatning Husniga Husn QOshib turgan daraxtlarning yashil barglari asta-sekin oltin tusga kirmoQda. Bobo deHQonlarimiz mashaQQatli meHnatlaridan tOplangan Hosilni tez kunlarda yiGib-terib olish taraddudida. Kuzning iliQ kunlari Ham ortda QolmoQda. Hademay sovuQ, IZGIRIN boshlanadi. xOsh, Qishga tayyorgarlik Qanday bormoQda?

Bogcha, maktab, litsey, kollej va shifoxonalarda bu boradagi ahvol qanaqa? Aholi gaz bosimi pastligidan qiynalmaydimi? Elektr tarmoqlari sozligi, yoqilgi ta’minoti va boshqa masalalar qay darajada hal etilmoqda? Biz ushbu savollarga javob olish maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasidagi bir qator idora va tashkilotlar mutasaddilariga murojaat etdik.

Alisher Serjanov, Qoraqalpogiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirining iqtisodiyot va umumiy masalalar boyicha orinbosari:

— Tizim muassasalarida 2012-2013 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Respublika boyicha jami 252 ta muassasa mavjud bolib, ularning har birida qishga tayyorgarlik avjida.

Tayyorgarlik rejaga muvofiq amalga oshirilayapti. 16 ta qozon, 140 metr issiqlik tarmoqlari mukammal, 800 metr suv, 100 metr gaz, 1050 metr elektr tarmoqlari joriy tamirlandi. Shuningdek, 2 ta shifoxona mukammal, 430 metr issiqlik, 540 metr suv, 510 metr elektr tarmoqlarini tamirlash yumushlari ham yakuniga yetkazilgan.

Bundan tashqari, 260 tonna komir sotib olindi. Shu bilan birga, rejada korsatilgan 260 tonna suyuq yoqilgisi orniga 286,4 tonna suyuq yoqilgi sotib olinib, qish mavsumiga tayyorlanib qoyildi.

Axmet Narimbetov, Qoraqalpogiston Respublikasi xalq talimi vaziri vazifasini bajaruvchi:

Vazirlik tizimidagi muassasalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizgin davom etmoqda. Jumladan, 7 ta maktabgacha talim muassasalari foydalanishga topshirildi. 6 ta maktabda joriy tamirlash ishlari olib borilib, 29 ta maktabgacha talim muassasasida mavsumga tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Qozonxonalar, isitish tarmoqlari, issiqlik trassasi, oynalar mukammal tamirdan chiqarildi. Talim muassasalariga 2208 tonna miqdorda komir yetkazib berildi.

Bundan tashqari, suyuq yoqilgi rejasi ham toliq bajarildi. 2012-2013 yangi oquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Respublikada bu yil ham qish mavsumining sovuq kelishi ehtimolini inobatga olgan holda, barcha talim muassasalari tomonidan sellofan va skotchlar ham zaxira uchun hozirlab qoyilgan.

Maxmud Kosanov, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining orta maxsus, kasb-hunar talimi boshqarmasi boshligi vazifasini bajaruvchi:

Boshqarmaga qarashli 10 akademik litsey va 91 kasb-hunar kollejlaridagi 20 km gaz, 25 km elektr, 26,4 km ichimlik suvi tarmoqlari, qozonxonalar kapital va joriy tamirlandi. Rejaga kora, 200 metrga yaqin issiqlik tarmoqlarini joriy tamirlash, 452 metr issiqlik tarmoqlarini izolyatsiyalash, 187129 m2deraza oynalarini almashtirish, 1809 m2muassasaning tom qismidagi shiferlarni tamirlash hamda komir, suyuq yoqilgilarini gamlash kozda tutilgan.

Bugungi kunga kelib bu vazifalar bajarildi, sifati yana bir bor kozdan kechirildi va talabga javob berishi qayd etildi.

Boshqarmaga qarashli akademik litsey va 15 ta kasb-hunar kollejlari «Kommunal issiqlik manbai» aksiyadorlik jamiyati tomonidan muntazam ravishda isitib kelinmoqda. Barcha isitish tarmoqlari bosim ostida sinovdan otkazildi.

Azat Yesemuratov, Shimolgaztaminot unitar korxonasi gazdan foydalanish bolimi boshligi:

Qish fasli kelishi bilan eng katta masuliyat bizning zimmamizga tushadi. Chunki, har galgidek bizda qish juda sovuq keladi. Avvalo, xalqning tabiiy gazga bolgan ehtiyojini qondirish maqsadida barcha zarur ishlarni amalga oshirayapmiz.

2012-2013 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik korish boyicha Shimolgaztaminot unitar korxonasida reja boyicha 20,2 km gaz tarmoqlariga yirik tamirlash ishlari belgilanib, reja toliq bajarildi. 5959 dona GRPlarning ishlash rejasi tekshirildi. Gaz tarmoqlarining chidamliligi havo bosimi yordamida sinaldi va tozalandi.

Yer osti gaz tarmoqlarini asbob-uskunalar yordamida tekshirish, shuningdek, gaz tarmoqlarini boyash ishlari ham reja asosida olib borildi. Respublika boyicha kuz-qish mavsumida gaz bosimi yetib borish ehtimoli kam bolgan jami 19465 oila aniqlanib, bu oilalarga suyultirilgan gaz va 24,978 tonna komir tayyorlash rejalashtirilgan. Bu boyicha ham ish olib borilmoqda.

Respublikada Qish gamini yozda kor naqliga qatiy amal qilingan holda barcha tayyorgarlik chorasi korilmoqda.

Reyimboy YESHIMBETOV,

Mnajatdin QUTLiMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: