O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.07.2018

914,6 MILLIARD SOM: KOPMI YOKI KAM?

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tomonidan aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

— Inson salomatligini muhofazalashda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda, aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon bilan taminlash ham muhim ahamiyatga egadir, deydi Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. Mamlakatimizda keyingi ikki yilda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida yigirmaga yaqin huquqiy hujjat qabul qilindi. Ular asosida farmatsevtika tarmogining davlat boshqaruvi tizimi qayta korib chiqilib, vazirlik huzurida Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi. Davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish uchun joriy yilda 914,6 milliard som, yani 2017 yilga nisbatan 2,5 barobar kop mablag yonaltirildi. Shuningdek, qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari va boshqa birlamchi tibbiyot muassasalari qoshida 2200 dan ortiq ijtimoiy dorixonalar faoliyati yolga qoyildi. 13 «Isuzu», 100 ta Damas rusumli mashinadagi kochma dorixonalar olis va togli hududlarda yashaydigan aholiga xizmat korsatmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 152 farmatsevtika korxonasi faoliyat yurityapti. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan 2500 nomga yaqin dori-darmon tibbiyotimiz amaliyotida keng qollanilmoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalar ishtirokida umumiy qiymati 123,9 million AQSh dollariga teng 9 investitsion loyiha amalga oshirilayapti.

Ayni paytda farmatsevtika sanoatiga ixtisoslashgan Nukus-farm, Zomin-farm, Kosonsoy-farm, Sirdaryo-farm, Boysun-farm, Bostonliq-farm va Parkent-farm kabi erkin iqtisodiy zonalari (EIZ) royxatga olingan bolib, ushbu hududlarda dorivor osimliklarni yetishtirish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida 518,9 gektar yer maydoni tanlab olindi. Mazkur erkin iqtisodiy zonalar hududida qiymati 1 trillion 361,1 milliard somga teng 30 loyiha amalga oshirilishi va buning natijasida 1 ming 903 yangi ish orni yaratilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon taminotini yaxshilash borasidagi ishlar va kelgusidagi rejalar xususida atroflicha malumot berildi.

Noila MARUPOVA



DB query error.
Please try later.