O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.10.2012

PARTIYA GOYASIGA MOS TAKLIFLAR

O‘zXDP dasturida aniq belgilangan. Biroq liberallar bundan koz yumishga, jamoatchilikni chalgitishga urinmoqda

Agar OzLiDeP faollari OzXDP dasturi va Saylovoldi dasturini diqqat va e’tibor bilan organishganda OzXDP dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish borasida berilgan takliflarni ilgagan, amaliy bahs-munozara yuritgan bolar edi.

Mamlakatimizda demokratik jarayonlar chuQurlashib borayotgani siyosiy partiyalar faoliyatining kuchayishiga keng yOl ochmoQda. Bu esa davlat va jamiyat boshQaruvini yanada demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalar zimmasidagi vazifalar kOlamini kengaytiradi.

Bunda jamiyat taraqqiy etishiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish boyicha har bir siyosiy kuch oz pozitsiyasi va qarashiga ega bolishi, shu asosda elektorat manfaatlariga daxldor tashabbuslarni ilgari surishi muhim ahamiyatga egadir. Tabiiyki, bu jarayonda siyosiy partiyalar oz dasturi va Saylovoldi platformasi asosida ish koradi.

OzXDP dasturi va Saylovoldi platformasida aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun etibor beriladigan asosiy jihatlar, bu boradagi vazifalar aniq belgilangan. Partiyamiz oz dasturi asosidagi faoliyatida ana shu masalalarga alohida etibor qaratmoqda. Bu esa mamlakatimizda har tomonlama samarali ijtimoiy himoya tizimi shakllanishi uchun goyat muhim sanaladi. Ammo liberallar OzXDPning uzoq istiqbolga moljallangan dasturiy maqsadlarini, Saylovoldi platformasini hech bir mantiqqa togri kelmaydigan asossiz gaplar bilan talqin qilishga urinib kelmoqda.

Masalan, yaqinda liberallar nashri «XXI ASR» gazetasida chop etilgan maqolalarning birida xalq demokratlarning asosiy strategik yonalishlarini belgilab beruvchi dasturi va Saylovoldi platformasi mazmuni faqat umumiy qarashlardan iborat, xolos. Ularni chuqurroq tahlil etsak, na partiya dasturi va na Saylovoldi platformasidan aniq maqsadga yonaltirilgan biror-bir taklif yoki tashabbusni topish qiyin, — degan fikrlar bildirilgan.

OzXDP ilgari surayotgan goya partiya dasturi hamda Saylovoldi platformasi asosan mamlakatning ijtimoiy rivojlanganlik holatidan kelib chiqib belgilangan. Soddaroq qilib aytganda, har ikki hujjatda iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida davlatning kuchli ijtimoiy siyosat yuritish imkonini saqlab qolish lozimligi ilgari surilgan. Liberallar esa ularda ifoda etilgan goyalarni togri anglab ololmay, oxiri umumiy qarashlar, aniq maqsadga yonaltirilgan biror-bir taklif yoki tashabbusni topish qiyin degan asossiz gaplarni oylab topishdi. Yoki bolmasa, OzLiDePchilar partiyamiz hujjatlarini chuqurroq tahlil etayotgan paytda iqtisodiyotni barqarorlashtirish, aholi, xususan, malumoti, malakasi yetarli bolmagan kishilar bandligini taminlash, joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi takliflardan ataylab koz yumishgan.

Aholini ijtimoiy himoya qilish masalasida OzXDP oilasini boqish uchun doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bolmagan, ammo mehnatga qobiliyatli aholi, shu bilan birga, ishga joylashishda qiyinchilikka uchrayotgan yoshlarni qollab-quvvatlash, olinayotgan pensiya va ijtimoiy nafaqalar darajasi turmush kechirish uchun yetarli bolmagan pensionerlar, nogironlar, komakka muhtoj oilalarni davlat muhofazasiga olish, asosiy daromadni mehnatdan oladigan, ishda va mehnatga haq tolashda talablari ish beruvchilar oldida ishonchli himoya qilinishiga muhtoj odamlar manfaatlarini ifoda etishga asosiy etiborni qaratadi. Bu borada nimalarga ahamiyat berish kerakligi, partiyaning mazkur yonalishdagi vazifalari aniq belgilangan va shu asosda koplab amaliy ishlar olib borilayapti. Muhimi, partiyaning oz pozitsiyasi va aniq maqsadi mavjud.

Biroq liberallar OzXDPdan farqli ravishda asosiy urguni tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga qaratadi. Bunga etiroz yoq. Faqat kishini oylantiradigan bir jihat bor. Partiya dasturi faqat bu bilan cheklanmagan. Unda boshqa yonalishlar boyicha ham vazifalar belgilangan. Masalan, OzLiDeP dasturida mehnatga haq tolashning ragbatlantiruvchi usullarini kengroq joriy etish orqali yollanma ishchilarning mehnat samaradorligini oshirishga bolgan manfaatlarini yanada kuchaytirish kechiktirib bolmaydigan dolzarb vazifadir, deb belgilangan.

Ammo OzLiDeP mehnatga haq tolashning ragbatlantiruvchi usullarini joriy etish deganda aynan nimani nazarda tutganini bilish mushkul. Partiyaning ayni paytdagi faoliyatida ham bu borada muayyan amaliyot kozga tashlanmaydi. OzLiDeP dasturi va Saylovoldi platformasida bunday misollar oz emas.

OzXDP iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yoli negizida ijtimoiy bozor iqtisodiyoti goyasi bolishi kerak, deb biladi. Shu orqali kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, hayot sifatini oshirish mumkin. Bu ayniqsa, vaqtincha ishsiz, ammo qolidan ish keladigan, kasb-hunarli kam taminlangan kishilar, nogironlar, bir soz bilan aytganda, davlat va jamiyat komagiga muhtoj fuqarolar manfaatini himoya etish uchun muhim sanaladi. Chunki bu bilan ularning hayotga ishonchi ortadi, jamiyat ravnaqiga daxldorligi kuchayadi. Bu qarash partiyamiz dasturida, shuningdek, Saylovoldi dasturida oz ifodasini topgan.

Xususan, OzXDP dasturida shunday deyilgan: Partiya oz ijtimoiy siyosatini belgilashda aholining yuksak darajada ijtimoiy himoyalanganligi odamlar farovonligi va jamiyat ijtimoiy barqarorligining ishonchli poydevori ekanligidan kelib chiqadi. OzXDP shunday deb bilgani uchun ijtimoiy adolat hamda ijtimoiy qollab-quvvatlash va yordamga muhtoj fuqarolarni oz elektorati deb hisoblaydi. Shu bois partiya turli sabablar bilan bozor islohotlariga tayyor bolmagan kishilar, xususan, nogironlar, kam taminlanganlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish uchun nimalar qilish kerakligini yaxshi tasavvur etadi. Bunda iqtisodiyotda yuqori sarmoya talab qilmaydigan ishlab chiqarish va xizmat korsatishni rivojlantirish orqali bandlik masalasini hal etish asosiy masalalardan biridir.

Har bir siyosiy partiya mamlakatning ijtimoiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, elektorat manfaati yolida oz goyalarini amalga oshirishga qaratilgan takliflarini ilgari surishi tabiiy. Aks holda, uning goyasi va faoliyati jamiyatga foyda keltirmaydi. OzXDP buni yaxshi anglaydi.

Partiyamiz aholining bandligini taminlashga erishish hukumat faoliyatining eng muhim yonalishi bolishi lozimligini etirof etgan holda oz takliflarini ishlab chiqqan.

Masalan, xomashyoni toplash va birlamchi ishlov berish boyicha, shuningdek, katta sarmoya talab qilmaydigan kosibchilik, xalq hunarmandchiligi va kasanachilikni rivojlantirish orqali ish orinlarini kopaytirishga alohida etibor berish kerak. Eng avvalo, qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida iqtisodiy konyuktura tebranishlariga tezkorlik bilan munosabat bildiradigan va oz faoliyatini tashkil etish uchun resurslarni kop talab qilmaydigan sohalarda ish orinlari yaratishni faollashtirish lozim. Bu orqali malakasi va ishlab chiqarish tajribasi yetarli bolmagan ishga layoqatli aholining anchagina qismini qamrab olish mumkin.

Yangi ish orinlarini yaratayotgan ish beruvchilarga yagona ijtimoiy tolovning pasaytirilgan stavkalari tariqasida qoshimcha imtiyozlar berishni, ish orinlarini qisqartirayotgan korxonalar uchun esa muayyan soliq stavkalarini oshirishni belgilash lozim.

Agar OzLiDeP faollari OzXDP dasturi va Saylovoldi dasturini diqqat va etibor bilan organishganda OzXDP dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish borasida berilgan takliflarni ilgagan, amaliy bahs-munozara yuritgan bolar edi.

Laziza SHEROVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: