O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
26.07.2018

BAXTLI HAYOT STRATEGIYASI

Muslihiddin MUHIDDINOV, Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi:

— Odamlar orzu qilayotgan farovon jamiyat va baxtli hayot togrisida nimalarni bilamiz? Odatda baxtli hayot deganda, insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari toliq qondirilganlik holatini tushunamiz. Bu tamoyillar, albatta, inson baxtliligi uchun muhim ahamiyatga ega, lekin inson baxtliligining boshqa bundan-da muhim sharti ham bor va bu qorquvsiz erkin yashash hissining mavjudligidir. Shuning uchun baxtga quyidagicha tarif berilgan, baxt bu qorquvsiz erkin yashash hissi taminlangan holda moddiy va manaviy ehtiyojlarning qondirilishidir.

«Ozbekiston 24» telekanali orqali 24 iyul kuni kechki payt namoyish etilgan Janob Prezident nomli hujjatli film qolimga qalam olishga undadi. Film xalq ishonchi, etibori, baxt-saodat yolida ozini bagishlagan millat fidoyisining hayoti va ish faoliyatidan bazi bir qirralarni ozida mujassamlashtirgan. Mazkur teleasarning xulosasida Shavkat Mirziyoyevning Xalqim baxtli bolsa, men ozimni baxtli, deb bilaman, degan sozlari orin olgan. Men ushbu motabar maqsadni, niyatni eshitganimda, hayotning ogir-engilini korgan, inson sifatida konglimdan shunday oylar otdi.

Odamzod ijtimoiy ong shakllangan paytdan boshlab baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilgan. Bunday jamiyat qurishda davlatga, davlat rahbariga ishongan, suyangan. Davlat fuqarolar orzu-umidlarini ifoda etadigan, amalga oshiradigan mexanizm vazifasini otagan.

Lekin biz yillar davomida baxtli hayot kelajakda boladi degan tushunchaga konikib yashaganmiz. Bunday qarashlarni tanqidiy tahlil qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev odamlar kelajakda emas, bugun baxtli bolishi kerak, degan goyani ilgari surmoqda.

Baxtli hayotga erishish uchun nima qilish kerak? Inson baxtli bolishi uchun qanday tamoyillarga amal qilmogi kerak. Qanday tahdidlardan ozini himoya etishi kerak? Bu kabi savollarga yaqinda Samarqand davlat universiteti mamuriyati tashabbusi bilan professor Farhod Nabiyev tomonidan yaratilgan Baxtli hayot sharoitlari nomli monografiyadan javob olsa boladi.

Ozbekiston bugun odamlarni baxtli qilishning eng maqbul shakli sifatida tan olingan demokratik taraqqiyot yolidan bormoqda. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi ham xalqimizni tom manoda baxtli qilish ekanligini alohida takidlashni istayman.

Insonning baxtliligi uni oziga bogliq bolgan shaxsiy omillarga va unga bogliq bolmagan, uni orab turgan obektiv dunyoga, yani tabiat va jamiyatdagi tabiiy va ijtimoiy omillarga ham bogliq boladi. Shaxsiy omillar insonning jismonan soglom, aqlan yetuk va manan yuksak bolib shakllanishiga xizmat qiladigan soglom turmush tarzi bolsa, tabiiy omillar bizni orab turgan va yashayotgan sharoitimizning qulay yoki noqulayligidir. Ijtimoiy omil biz yashayotgan jamiyatdagi muhitning soglom yoki nosoglomligidir. Inson tom manoda baxtli bolishi uchun har uchchala omil ham shakllangan bolishi lozim. Lekin insoniyat baxtli bolishi uchun faqat tabiiy omilning ozi yetarli emas, buning uchun qulay ijtimoiy omil, yani barqaror fuqarolik jamiyati ham bolishi lozim. Bu mustaqillik, tinchlik va adolat qaror topgan muhitdan iboratdir. Mamlakatimizda mustaqillik va tinchlik taminlangan bolib, faqat uchinchi omilni taminlash masalasi ustuvor vazifalarimizdan biridir.

Harakatlar strategiyasining ustuvor yonalishlaridan biri bolgan Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yonalishi baxtli hayotni taminlashda muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu yonalishda asosiy etibor xalq manfaatini ifodalaydigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shakllantirishga qaratilgan. Bunday hokimiyatning barpo etilishi Harakatlar strategiyasining boshqa barcha ustuvor yonalishlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Chunki qonun ustuvorligini taminlash iqtisodiy taraqqiyotga erishish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlikni taminlash ham adolatli ijtimoiy tartibning ornatilganligiga bogliq.

Harakatlar strategiyasining pirovard maqsadi aholining xilma-xil ehtiyojlarini qondirish asosida ularning hayotini baxtli qilish hisoblanadi. Harakatlar strategiyasining birinchi, ikkinchi va beshinchi ustuvor yonalishlari baxtli hayotning muhim sharti bolgan qorquvsiz erkin yashash hissini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyaning uchinchi va tortinchi ustuvor yonalishlari odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

Harakatlar strategiyasi mohiyatida mamlakatda ijtimoiy adolatni taminlash va fuqarolarning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish orqali ularning hayotini yanada farovon qilish masalasi mujassamlashgan.

Muxtasar aytganda, Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda inson baxtliligining asosiy shartlaridan hisoblangan adolatli ijtimoiy tartibning barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.



DB query error.
Please try later.