O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.07.2018

IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARI QONUN BILAN HIMOYALANADI

O‘zbekiston aholisining 40 foizini 18 yoshgacha bolgan bolalar, 64 foizini esa, 30 yoshgacha bolgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarda yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida etibor qaratilishi bejiz emas.

Parlament quyi palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi tomonidan «Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquqiy kafolatlari: amaliyot, muammo va istiqboldagi rejalar» mavzusida otkazilgan davra suhbatida ota-ona qaramogidan mahrum hamda yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilishga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda ota-ona qaramogidan mahrum va yetim bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning talim olishi, sogligini muhofazalash, hayotga moslashishi boyicha qonunchilik tarqoq holatda, yani bir nechta qonunlarda aks ettirilganligi takidlandi. Bunday bolalarni himoya qilish borasida alohida yaxlit qonun qabul qilinmagan. Shu bois, ayrim holatlarda ularning talim olish, mehnat qilish, hatto uy-joyga ega bolish huquqlarining buzilishi holatlari uchramoqda.

Deputatlarning organishlari chogida, masalan, Toshkent shahrida 2016-2017 yillar davomida uy-joyga muhtoj bolgan 118 ta yetim bolaning arizasi royxatga olingani, ulardan 50 tasi bugungi kunga qadar ham hal etilmagani aniqlangan. Ayrim hududlarda bunday bolalarga ajratilayotgan uylarning ahvoli yaxshi emasligi, eski va nurab ketgani, kop qavatli uylardagi xonadonlarning kommunal tizimi nosozligi, yashash sharoiti yaratilmagani, shu jumladan, ijaraga berilganlarining shartnoma muddatlari tugashi bilan chiqarib yuborilishi, xususiylashtirish mumkin emasligi qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarga Toshkent shahrida, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida duch kelingan.

Ayni muammolardan kelib chiqib, davra suhbatida bola huquqlarini taminlash sohasidagi ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida qomita tomonidan Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar va yetim bolalarning ijtimoiy himoyasi kafolatlari togrisidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalar va yetim bolalarning alohida huquqlari kafolatlanishini belgilash, ularning talim olishi, mehnat qilishi, sogligini tiklashi, uy-joy bilan taminlanishi va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga oid normalar qizgin bahs-munozaralarga sabab boldi. Eng muhimi, qonun loyihasida bunday bolalarni huquqiy jihatdan muhofazalashda yuridik xizmat va sud himoyasi kabi tushunchalar kiritilib, yangi mexanizmlar joriy qilish taklif etilmoqda.

Tadbirda qonun loyihasi yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi hamda uni yanada takomillashtirishga oid tavsiyalar qabul qilindi.

Nurillo NASRIYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.