O'zb  
 
24.07.2018

XATTOTLIK NOYOB SANAT

Bundan besh asr oldin yoki podsholar bir-biriga maktub yozganda...

Bashariyatning bebaho buyuk kashfiyotlaridan biri — ma’naviy ehtiyoj sifatida yuzaga kelgan yozuvning ixtiro qilinishidir. Agar yozuv bo‘lmaganda otmishni bugun bilan, asrlarni asrga, davrlarni davrga, ajdodlarni avlodlarga boglash ham mumkin bolmas edi. Yozuv moziyning kozgusi, madaniyatimiz tarixining ochqichidir. Yozuvlarda xalqqa xos bolgan donishmandlik va nafosat aks etgan boladi. Xalqimiz oz kechmishi davomida turli xil yozuvlarni istifoda etgan. Oromiy, baqtriy, sogd, Xorazm yozuvi, Orxun-Enasoy, qadimgi uygur va arab yozuvlaridan foydalangan. Ularning orasida eng kop foydalanilgani arab yozuvidir, juda katta tarixiy, adabiy meros aynan shu yozuvda saqlanib qolgan. Bu yozuv ozining shaklu shamoyili bilan keng jamoatchilikning etiborini tortgan. Shu asnoda uning turli xil shakllari paydo bolgan. Kofiy, riqa, devoniy, suls, shikasta, rayhoniy, nasx, taliq, nastaliq xatlarida qadimiy bitiklar, yodgorliklar yetib kelgan.

Otmish adabiy merosimizni kitob holida arabiy yozuvda yetib kelishida xattotlarning hissasi katta. Tabriziy, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil kotib singari xattotlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini tayyorlashda ibrat bolgani kabi, Habibullo Solih, Muhammad Nuri va Sayfiddin Sayfulloh ogli Rafiddinovlar bugungi kun xattotchilik ananasini davom ettirmoqda. Har bir xattotlik maktabining ananalari mavjud bolgan. Bu esa Markaziy Osiyo xattotlik maktabining rivojlanishiga oz hissasini qoshgan.

Otmishda xat turlarining har biri maxsus orinlarda qollanilgan. Kofiy xati naqshin bezak ornida foydalanilgan, nasx xati, asosan kitob matnlarini kochirishda, suls xati yodgorlik obidalar peshtoq yozuvlari va lavhalarda, tavqi xati imzoda, riqa xati maktublarda ishlatilgan. Bu yetti xat uslubining har biri ingichka xafiy va yogon jaliy qalamlarda yozilishiga kora 14 xil xatni tashkil qiladi.

Yaxshi yozilgan xat kishi konglini kotaradi. Shuning uchun husnixat bilan yozilgan va kochirilgan kitoblar nihoyatda qadrlangan, ajdodlarimizning nodir asarlari mana shu noyob sanat turi orqali avlodlarga yetib kelgan. Lekin afsuski, mazkur nafis sanat turi bugungi kunda ogir ahvolda. Yurtimizda xattotlik shaklan boru, mazmunan yoq, yani aksariyat xattotlarimiz maktab kormagan, xattotlik nazariyasini bilmaydi. Professional xattotlar esa barmoq bilan sanarli. Yaqinda Toshkent shahrida «Hikmatlar olami» nomli I Respublika xattotlik festivali bolib otdi. Unda yurtimizdagi barcha xattotlar ishtirok etdi. Festivalga olib kelingan ishlarda imlo xatolar kop, xatlar qolipiga, olchoviga togri kelmaydi. Bazi bir xattotlarimiz ishida suls xatini nasx xatiga, devoniyni nastaliqqa almashtirib qoygan holatlar ham uchradi.

Barcha xatning oz nazariyasi, alohida qoidasi bor. Xattotlar ishlarini mazkur qoidalardan chiqmagan holda yozishi kerak. Bunday ishlar esa kam miqdorda. Lekin bizning yutugimiz shu boldiki, mazkur festival orqali xattotlar oz kamchliklari va xatolarini bilib olishdi. Mana bu yeri oxshamagan, qolipga tushmagan, deb orgatdik, korsatdik. Endi ular ana shu kamchliklar ustida ishlashadi va keyingi festivalgacha tajribasi ancha oshadi. Festivaldan xulosam shuki, xattotlarimizga nazariy bilimlar olishi uchun badiiy adabiyotlar tarqatishimiz hamda kuchli xattotlar tomonidan ularga master-klass va uchrashuvlar tashkil qilish lozim. Orta asrlar xattotlik maktablarini yaratgan ustozlarimiz uning nazariyasini ham yozib qoldirishgan. Ular Qolyozmalar institutida bugungi kungacha saqlanadi va aksariyat qismi toliq organilganicha yoq. Mazkur meros asosida xattotlarga nazariy bilim va konikmalar berishda foydalanish kerak.

Xattotlik maktablarini qaytadan jonlantirib, 500-600 yil oldingi Amir Temur, Alisher Navoiy davridagi darajaga yetkazish lozim. Amir Temur davrida 40 dan ziyod xattot saroyda ishlagan. Masalan, devoniy xatida devonlar qogozga tushirilgan. Podsholar bir-biriga maktublarni devoniy xatida yozgan. Nastaliq xatida badiiy asarlar kochirilgan. Tazkiralar, tarixlar hammasi nasx xatida yozilgan. Har bir xattot oz vazifasini bajargan.

Bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida maxsus xattotlik va miniatyura bolimi bor. Uni tugatgan talabalar tarixiy bitiklarni restavratsiya qilishi, masjidlarning peshtoqidagi yozuvlarni xattotlik uslubida yozishi, tarixiy manbalarni organishi mumkin.

Biz xattotlik togaraklarini madrasalardan boshlaganimiz yaxshi. Chunki u madrasada oquvchilarga arab alifbosi orgatiladi. Hozir respublikamizning har bir viloyatida madrasa bor. Lekin ularda xattotlik darslari otilmaydi. Hech bolmaganda, har bir madrasada xattotlikka qiziquvchilar uchun alohida guruh ochib, ularga xattotlikdan talim berish kerak. Kadrlar masalasini ham oylab korish lozim boladi. Buxoroda Abdugofir Razzoq Buxoriy bor. Taniqli xattot. U kishi suls, nastaliq xatida juda gozal yozadi va talabalarga xattotlikni orgatadi. Ana shunday insonlarni madrasalarda talim berish uchun jalb qilish kerak.

Hunarmand uyushmasida xattotlik boyicha ustoz-shogird maktabini tashkil qilmoqchiman. Mazkur maktabda professional xattotlar yetishib chiqadi. Oqituvchilarga maosh, talabalarga stipendiya tolanadi. Unda oqish uchun oquvchilar birinchi navbatda arab imlosidan xabardor bolishi kerak. Yoshlar alohida, katta yoshlilar alohida guruhga bolinadi. Kuchli qori bolishi, 30 porani yod bilishi mumkin. Lekin u ozidan keyin nimani qoldiradi, qoriligini ozi bilan olib ketadi. Yozib qoldirsa, u qaror topadi. 100-200 yil otgandan song ham avlodlari Bobom oz qollari bilan bizga yozib qoldirgan ekan, deb oqiydi va haqqiga duo qiladi. Duo unga yetib boradi. Xattotlikning ana shu taraflari borki, u bu dunyo oxirati uchun ham organiladi.

Hozir Quroni karimni 70 sm 1 metr hajmda kochiryapman. Nasib bolsa, uch-tort yilda tugataman. Mendan keyin ishimni nabiram Abdulaziz Salimjonov davom ettiradi, unga bor bilimimni orgatyapman. Nabiram 7-sinfda oqiydi va turli korgazmalarda qatnashgan. Yaqinda bolib otgan I Respublika xattotlik festivalida eng yosh xattot nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Sozimning oxirida xulosam shuki, xattotlik sanatini rivojlantirsak, quyidagilarga erishamiz:

Birinchidan, ota-bobolarimiz oz vaqtida bu ilmda dunyoda peshqadam bolishgan. Osha peshqadamlikni yana qaytarib olib, ulardan qolgan bebaho meros bolgan nafis sanatni davom ettirgan bolamiz.

Ikkinchidan, xalqimiz tarixi, ijtimoiy-siyosiy va moddiy-manaviy ahvoloti 1300 yil mobaynida arab alifbosiga asoslangan yozuvda yozib kelingan. Bu yozuv sirlarini anglash, xat jihati va imlo xususiyatlarini ozlashtirish orqali esa biz xalqimizning uzoq asrlik tarixi, madaniyati, sanati, tili va adabiyoti, yozma yodgorliklar, qadim qolyozmalar, on minglab tarixiy obidalarimizni chuqur organish imkoniga ega bolamiz.

Salimjon BADALBOYEV,

Turkiyada otkaziladigan ananaviy xalqaro xattotlik musobaqasining ikki karra sovrindori.



DB query error.
Please try later.