O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
24.07.2018

SAODATLI ZAMON

Davr – zamonning yaxshi tomonga o‘zgarishi bilan saodatlidir. Ya’ni, bu xalq ishonchini qozonish, jamiyatda yoshlar ishtirokini, faolligini taminlash, ertangi kunimizning qanday bolishi ana shu omillarga bogliq ekanini anglab yetish saodatidir. Bugun minglab oddiy insonlarning hayoti yaxshi tomonga ozgarmoqda, notavon kongillarda ertangi kunga ishonch, mehr-oqibat uruglari unmoqda.

Zamon evrilishlarini korib, qadim bir rivoyat yodimga tushadi. Tarixning guvohlik berishicha, Sosoniylar sulolasi besh yuz yil hukmronlik qilgan. Sosoniylarning birinchi hukmdori Anushervon juda marifatli va odil shoh bolgan. U oz saltanatini adolatparvarligi tufayli mustahkamlagan. Xalqi baxtli, tinch-farovon yashagan.

Rivoyatda keltirilishicha, hatto Anushervon shunday qilgan ekanki, u yashaydigan qasr darvozasiga ornatilgan halqaga boglangan ipning ikkinchi uchi sulton qarorgohidagi qongiroqqa ulangan ekan. Qaysi fuqaroning arzi-dodi bolsa, halqani silkitgan va shu tariqa qongiroq chalingan. Anushervon arzi bor odamlarni birma-bir qabul qilib, dardi-gamini tinglab, ularga komaklashgan. Oddiy xalq sulton tomonidan himoyalangani uchun uni Anushervoni odil, deb uluglashgan ekan...

Yodimdan sira chiqmaydi, bundan on yilcha muqaddam Surxondaryo viloyatining Denov tumani ichki ishlar bolimi boshligi bolib ishlardim. Ish kop, qol-qolga tegmaydi. Bazan fikrni bir nuqtaga jamlab olish maqsadida bir necha daqiqa hamma narsani xayoldan chiqarib, deraza yoniga borardim. Shunda kopincha idoramiz roparasidagi novvoyxonani tozalab yurgan maktab yoshidagi bolaga kozim tushardi.

Hozir ayni oqiydigan vaqti bolsa, nega bu bola ertayu kech tandirning kulini olish, otin yorish va boshqa ishlar bilan mashgul deb oylardim. Buni aniqlash uchun bir kuni u bilan suhbatlashdim. Malum bolishicha, bola toqqizinchi sinfni bitirgan, maktab rahbariyati tomonidan uning hujjatlari tuman akademik litseyiga topshirilgan. Lekin oqishga borsa, litsey rahbariyati «Hujjating boshqa kollejga jonatilgan», deb qabul qilmagan.

Ona-bola Denov tumanining togli Sina qishlogida yashaganligi bois, hujjatni topish uchun markazga qatnayverib, yol xarajatlaridan charchagan. Bu ortada ota uydan bosh olib ketgan. Oila nochor ahvolda qolgani tufayli, bola ertadan-kechgacha shu novvoyxonada ishlarkan...

Men bu voqeadan juda tasirlandim. Masalaning mohiyatiga yetish, adolatni tiklash maqsadida u oqigan maktab rahbariyati, u yashaydigan mahalla faollarini, hududiy profilaktika va voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash inspektorlarini yigib, bola haqida sorab-surishtirdim. Ular bir ovozdan: Bola Denov tumanidagi akademik litseyda oqiyapti, degan yolgon malumot berishdi.

Men agar oqiyotganligi rost bolsa, uni oldimga olib kelishlarini buyurdim. Ertasi kuni bola novvoyxonada ishlayotganini aytishdi. Ikki kun ichida uning hujjatlari topildi, tuman akademik litseyiga oqishga qabul qilindi.

Uning talim-tarbiyasini nazoratga oldim. Har tomonlama komaklashdim. Mahalla raisi bilan birga uning uyiga bordik, oilasi nochor ahvolda ekanligini korib, mahalla faollaridan va oziga toq tadbirkor fuqarolardan bu oilaga yordam korsatib turishni iltimos qildim.

Shu voqeadan keyin tumandagi barcha talim muassasalari profilaktika xizmati xodimlari orqali tekshirtirilib, har bir oquvchi haqida malumotlar topladik. Oqishga bormayotgan va tuman hududidan chiqib ketgan oquvchilar sonini aniqlab, chora-tadbirlar ishlab chiqdik. Ana shuning natijasida vaziyat ijobiy tomonga ozgardi. Aybdor mutasaddi rahbar va ota-onalarga nisbatan tegishli choralar korilishiga erishdim. Bola ulgaydi, oqidi, kamolga yetdi. Oliy oquv yurtini bitirib, hokimiyatda masul lavozimda faoliyat korsatmoqda. U bilan hozirgacha xabarlashib turamiz. Har safar uni korganimda, konglim yorishadi, xursand bolaman, insonlarga yaxshilik qilish eng oliy baxt ekanini chin dildan his etaman.

Odiljon JABBOROV,

Ichki ishlar idoralari faxriysi, istefodagi polkovnik.



DB query error.
Please try later.