O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
24.07.2018

MIROBODDA SAYYOR QABUL OTKAZILDI

O‘zXDP Toshkent shahar hamda Mirobod tuman kengashlari hamkorligida sayyor qabul otkazildi.

— Yuqori Chirchiq tumani «Yangi bozor» mahallasiga kelin bolib tushganimga 8 yildan oshdi, deydi Dildora Norboyeva. Shu vaqt oraligida tinch hayot kechirmadik. Farzandim tugilgach, erim ruhiy kasalliklar shifoxonasida royxatda turishi ma’lum boldi. Toydan oldin buni bizdan yashirishgan ekan. Uch yildan buyon ota-onam bilan yashayapman. Yaqinda mahalladagilar yarashtirishga harakat qilishdi. Men ham oilamni saqlab qolish uchun kop bora urindim. Ammo bolmaydigani baribir bolmas ekan. Ajralishga ariza berganman. Lekin turmush ortogim ajralishni ham, aliment tolashni ham rad etyapti. Ochigi, nima qilishga boshim qotgan. Yolgiz, uy-joyga muhtoj ayollarni uy bilan taminlash borasida qaror chiqqanini eshitdim. Men ham shu uylardan birini olish uchun navbatga yozilsam boladimi? Ajralish jarayonini tezlashtirishning qanday yol-yoriqlari bor?

Haqiqatan ham, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bolgan, kam taminlangan, farzandlarini toliqsiz oilada tarbiyalayotgan onalarga arzon uy-joy berish tartibi togrisidagi Nizom tasdiqlangan, dedi xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Avaz Karimov. Unga kora, komissiya tomonidan arizani korib chiqish, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlashda malum bir mezonlar belgilangan. Bunda ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyning yoqligi yoki ijarada, yaroqsiz xonadonda yashashi, boshqa oilalar bilan birga bir uyda istiqomat qilishi, kop bolalilik, ariza beruvchi oilasining daromadi hisobga olinadi. Xullas, bu uydan olishingiz uchun malum bir hujjatlarni yigib, siz talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun komissiya raisiga doimiy yashash joyi boyicha sorovnoma-ariza va boshqa hujjatlarni taqdim etishingiz kerak boladi. Bu jarayonda ozim sizga yaqindan komak beraman va qolimizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Shu orinda bir masalaga alohida toxtalib otmoqchiman, deydi deputat muloqotdan song biz bilan suhbatda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan joylarda bolganimizda uy berish masalasida masuliyatsizlik bilan yondashilayotgan holatlarni ham aniqladik. Bu borada organishlarni davom ettiryapmiz. Oz ishiga vijdonsizlik bilan yondashganlar, albatta, jazosini olishi kerak.

Sayyor qabul davomida Mironshoh kochasida istiqomat qilayotgan Muqaddas Tursunboyeva doimiy ish orniga ega emasligini bildirdi. Unga kasanachilik faoliyatini boshlash uchun yol-yoriq korsatildi.

Shuningdek, Halima Lakimova savdo shoxobchasidan hovlisiga suv oqib kirayotganini, tegishli tashkilotlarga qilayotgan murojaatlari besamar ketayotganini bildirdi. Yogingarchilik vaqtida esa dokonning tomidan tushayotgan suvni boshqarib bolmasligini takidlashdi. Deputat vaqtdan unumli foydalanib, savdo shoxobchasi tomon yol oldi. Mutasaddilar bilan suhbatlashib, masalaga oydinlik kiritildi va ijobiy tomonga hal etish uchun muddat belgilandi.

Barcha murojaatlar partiya xodimlari tomonidan yozib olindi. Tegishli tashkilotlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasiga takliflar kiritiladigan boldi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.