O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
24.07.2018

OQITUVCHINING QADRI

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi. Uni ommaviy axborot vositalarida kuzatib, ich-ichimdan suyundim. Nihoyat, bizning qaddimiz ham, qadrimiz ham, jamiyatdagi obroyimiz ham oshiriladigan boldi.

Togrisini aytishim kerak, bizning bolalik choglarimizda maktablarga etibor bugungidek emas edi. Ammo barchamiz oqituvchini qattiq hurmat qilar edik. Uni otamizdek aziz inson sifatida qadrlardik. Men ham oqituvchilarimga havas qilib, ushbu sohani tanladim.

Yana bir achchiq haqiqat ayonki, keyingi yillarda oqituvchining jamiyatdagi obrosi pasaydi. Buning oziga yarasha sabablari ham bor. Misol uchun, hasharlar, kocha-koyni tozalash oqituvchining gardaniga yuklandi. Turli «yiga-yig»lar ham oqituvchining zimmasiga tushdi. Bunday holat birinchi galda oqituvchini oz kasbidan sovutdi.

Oz ustida tinimsiz ishlab, xalqning farzandini manaviyatli inson qilib tarbiyalashga masul bolgan fidoyi kasb egalari turli asossiz tekshiruvlardan ham charchadi. Natijada faqat qogozbozlik ishlari avj olib ketdi.

Hech esimdan chiqmaydi, 2012 yilda tumanimizdagi namunaviy uylar qurilishiga ham oqituvchilar jalb qilingan edi. Bunday holat oqituvchini ochiq-oydin tahqirlash bilan barobar edi.

Prezidentimiz talim sifatini yaxshilash, oqituvchining jamiyatdagi obrosini oshirish boyicha mutasaddilar oldiga juda togri va aniq vazifalarni qoydi.

Talim tizimiga ayrim mutasaddilarning panja ortidan qarashi oqibatida zamonaviy darsliklar yaratish, ilgor texnologiyalarni joriy etish, maktablarni tamirlash masalalarida qator muammolar yigilib qolgan edi. Ayniqsa, kimyo, fizika laboratoriyalariga kerakli jihozlar oz vaqtida yetkazib berilmaganini ham kopchilik yaxshi biladi.

Davlatimiz rahbari maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, sanat, chet tillari yonalishlarini kuchaytirish, ularga taalluqli laboratoriyalarni qayta jihozlash kerakligini alohida takidladi. Chindan ham bu ishlar oquvchilarda koproq mustaqil talim olish konikmasini shakllantirishga yordam beradi.

Shu kuni Prezidentimiz yana bir muhim masalaga etibor qaratib, talim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish lozimligini takidladi. Bu oquvchilarning zamonaviy talim olishiga zamin yaratadi.

Yigilishda berilgan topshiriqlarni sozsiz ado etish, joylarda talim sifatini oshirib borish biz, oqituvchilardan katta masuliyat talab qiladi. Yana bir masala. Oqituvchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilishi soha xodimlarining oz kasbiga bolgan mehrini yanada oshirishi shubhasiz.

Men bir oddiy oqituvchi sifatida sharafli kasb egalariga korsatilgan yuksak etibordan minnatdorman va bu hurmat-izzatga munosib bolishga harakat qilaman.

Xayriniso YODGOROVA,

Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Navbahor tuman bolimi rahbari, tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.