O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
24.07.2018

REKTORLAR MUROJAATI: ABITURIYENTLAR, OZ BILIMINGIZGA ISHONING!

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi «Qabul – 2018: shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuv» mavzusida o‘tkazildi. Videoselektor tarzida otgan sessiyada oliy oquv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi.

Tadbirda Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati, oliy talim muassasalari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Qoraqalpogiston Respublikasi hamda viloyatlardagi oliy talim muassasalari rektorlari va masul xodimlari joylardagi studiyalar orqali boglanishdi.

2018/2019 oquv yilida bakalavrlar uchun umumiy kvota 69 ming 200 tani tashkil etadi. Shundan davlat grantlari uchun — 17 ming 654, tolov-kontraktga esa 51 546 ta joy ajratildi. Magistratura bosqichida 5 ming 903 nafar, davlat grantiga 1 ming 552 nafar va tolov-kontrakt asosida 4 ming 351 nafar talaba qabul qilinadi.

OTMlarning sirtqi va kechki talim bolimlarida oqitish qiymati tegishli bakalavriat talim yonalishi boyicha kunduzgi oqitish shakli qiymatidan kam bolmagan miqdorida belgilanadi. Respublika boyicha jami 60 ta oliy talim muassasasi va ularning 19 ta filialiga 675 ming 49 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Oliy va orta maxsus talim vazirligi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini yuqori saviyada, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratgan holda adolatli va shaffof tashkil etish maqsadida qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, bakalavriatga test sinovlarisiz kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oqishga qabul qilish boyicha tasdiqlangan talim yonalishlari uchun kirish imtihonlari joriy yilning 25 iyulidan 10 avgustigacha bolgan davrda oliy talim muassasalarida otkazilishi belgilandi.

Iqtidor talab etiladigan talim yonalishlari boyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va shaffof otkazilishini taminlash maqsadida joriy yilda ilk marotaba oliy talim muassasalarida kelishuv asosida mahalliy hokimliklar kengashlariga saylangan deputatlar hamda abituriyentlarning ota-onalari ishtirokida jamoatchilik nazorati ornatiladi.

Shuningdek, sessiyada Ozbekiston oliy talim dargohlari tarixida birinchi marta Rektorlarning Murojaati havola etildi va qabul qilindi.

Matnda abituriyentlarning oz bilimigagina ishonishi lozimligi qayd etilgan: Koryapsizki, yoshlarning ilm-fan va kasb-hunar sirlarini egallashlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo qilib berilmoqda. Bugun ozingiz uchun kasb tanlab, oqishga kirishga ahd qildingizmi, oz bilimingizga, aql-zakovatingizga va sizlarga shu sharoitlarni yaratib bergan Prezident ishonchiga munosib boling va munosib ish qiling. Kirish imtihonlariga, test sinovlariga puxta tayyorgarlik korib, bu imtihonlardan oz bilimingiz bilan otishga bel boglang.

Shuningdek, ota-onalar ham halollikka chaqirildi. Afsuski, tovlamachilar va firibgarlarning dunyoqarashi ozgarmayapti. Ular hamon eskicha oy-xayollarda, momay va qingir yollar bilan daromad topish ilinjida yuribdi. Ularning tuzogiga ilinib qolmang, deyiladi murojaatda. Xalqimizda qars ikki qoldan chiqadi degan naql bor. Korrupsiya togrisidagi qonunning tegishli bandlariga kora pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanaladi va muqarrar jazoga tortiladi. Farzandingizga yordam beraman desangiz, noorin va pinhona xatti-harakatlarga yol qoymang! Bu yoldagi nojoya qadam bilingki, kun otib bir kun bolangiz kelajagi uchun qattiq zarba bolishi mumkin.

Tadbir davomida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy talim muassasalari rahbarlari qabul jarayonlari, Rektorlarning Murojaati boyicha oz munosabatlarini bildirdi.

Nurillo NASRIYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.