O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.07.2018

QUYOSH NURIDA TOBLANAYOTGAN YAXNA ICHIMLIKLAR SAVDOSINI KIM NAZORAT QILADI?..

Yoz faslining jaziramasida ko‘chaga chiqdingizmi, albatta, chanqaysiz, labingiz qurib, muzdaygina suv qidirasiz, dokonlarga oshiqasiz. Shukrki, har qadamda yaxna ichimliklar serob... Ammo chanqogimizni bosadigan osha suvning qay ahvolda saqlanishiga hamisha ham e’tibor qilavermaymiz. Turli sigimdagi yelim idishlar («baklashka»lar) dokonlar yonida, yolaklarda quyosh tigida qator qilib taxlab qoyilganini koraverib, konikib ketganmiz, parvo qilmaymiz.

Dokon tashqarisida quyoshning 40-43 daraja issigida taxlam-taxlam qilib, terib qoyilgan yaxna ichimliklarni qolipidan buzib, muzlatgichga terib qoyayotgan yigitni suhbatga tortamiz.

— Kunning jaziramasidan odamning sillasi qurib ketayapti. Quyosh nurida soatlab turgan bu yaxna ichimliklar sifati buzilmaydimi, sogliqqa zarar yetkazmaydimi?

Bilmadim, aka. Dokonning ichida joy yoq. 40 yoki 43 daraja issiq boladimi-yoqmi, umuman, undan yuqori boladimi menga nima farqi bor. Men oddiy sotuvchi bolsam. Menga muzlatgich ichidagi yaxna ichimlik kamroq qolsa, tashqarida turganlardan olib toldirib qoyish aytilgan. Ular birpasda muzday boladi...

Dokon ichkarisida yaxna ichimliklarni saqlaydigan alohida joy yoqmi?

Bor-u joy torroq. Kun issiq bolganidan keyin koproq sotiladi, deb har doimgidan kora 10 barobar koproq olib kelingan. Baribir, tort-besh kunda sotilib ketadi. Kormayapsizmi, issiq odamni yondiraman, deydi. Bunday issiqda yaxna ichimliklar savdosi chaqqon boladi...

Aslida, shu yerda haqli bir savol tugiladi: yaxna ichimliklar yorliqlarida +18-25 darajagacha issiqlikda toza, salqin hamda quruq joylarda saqlash kerakligi yozib qoyilgan. Ammo sotuvchilarning bu talab bilan ishi yoq. Uning maqsadi koproq daromad korish.

Biz faqat birgina dokon sotuvchisi bilan suhbatlashdik. Endi oylab koraylik, respublikamiz boyicha bunday dokonlarning qanchasi xuddi shunday holatda faoliyat korsatmoqda?!

Kamola SAFAROVA, xaridor:

Quyosh tigi ostida turgan har qanday ichimlik oz tarkibini ozgartirishini kopchilik bilmaydi. Tarkibi buzilganini muzlatgichga qoygan bilan asl holiga qaytarib bolmaydi-ku.

Ishonasizmi, har kuni turli xil suvlarni istemol qilaman. Lekin gohida ayrim idishlardan yoqimsiz hid kelib turadi va ogizda rangi qolib ketganlari ham uchrab turadi. Shunday bolsa-da, ichishga majburman. Nima qilay chanqoqni qondirish kerak-ku!

Xosh, har xil rang va konsentratlar hamda kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlanadigan bunday ichimliklar belgilangan meyoriy issiqlikdan yuqori haroratda turib qolsa, oz tarkibini ozgartirmaydimi? Uni ichish sogliq uchun zararli emasmi? Quyosh nuri temirni ham qizdirayotgan bir paytda yelim idishdagi suvlar qaynab ketmasmikan? Bunday holatda ularning sifati buzilmaydimi?

Shu kabi savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildik.

Baxtiyor OMARQULOV, Family Group masuliyati cheklangan jamiyat bosh direktori:

Bunday muammolar bizni, yani yaxna ichimliklar ishlab chiqarayotgan koplab kompaniyalarni birday qiynab kelayotganini takidlab otmoqchiman. Bizdan mahsulot xarid qilayotgan tadbirkorlar ularni ozlari xohlagan sharoitda dokonlariga joylashtirib sotishadi. Mahsulotni yuklayotganda yorliqlarda korsatilgan qoidalarga qatiy rioya qilishlari xususida doim eslatamiz. Bundan tashqari, respublika miqyosida 5 mingdan ortiq muzlatgich jamiyatimiz tomonidan tadbirkorlarga yetkazib berilgan. Afsuski, faqat pul topish ilinjida yurgan ayrim ishbilarmonlar xaridor manfaatini umuman oylamaydi. Shu bois ham bizga xaridorlardan mahsulotingiz sifatsiz ekan, degan mazmunda etirozlar ham bolib turadi. Shu zahoti maxsus xodimlarimizni osha joyga yuboramiz. Va mahsulotimizni xarid qilgan firma va tadbirkorlar tomonidan bu borada qoidalar qopol tarzda buzilayotganiga guvoh bolyapmiz. Albatta, biz ham bunday holatlar boyicha qonuniy choralar korish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilamiz.

Aslida, bizda ishlab chiqarilayotgan yaxna ichimliklar 120 metr chuqurlikdan olinadigan suvdan tayyorlanadi. Ularni yana olti xil korinishda maxsus uskunalardan foydalangan holda tozalab, Amerika Qoshma Shtatlari va Germaniyadan keltirilgan konsentratlar bilan uygunlashtiramiz. Shuningdek, ozimizdagi maxsus laboratoriyalarda tayyor holga keltirilganlarini qayta-qayta tekshiruvdan otkazgach, qadoqlashga ruxsat beriladi. Qolaversa, har oyda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya markaziga oz mahsulotlarimizni tekshiruvdan otkazish uchun yuborib turamiz.

Ulugbek MUHIDDINOV, Ozstandart agentligi standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi:

Saqlash sharoitining buzilishi yaxna ichimliklar va umuman boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga salbiy tasir korsatishi mumkin. Ayniqsa, bu holat PET (polivinil xlorid yaxna ichimliklar idishi)ga quyilgan yaxna ichimliklarga tegishlidir. Chunki PET idishlari issiq havoga umuman togri kelmaydi. Quyosh nuri ostida saqlangan salqin ichimlik 0 darajadan past va +25 darajadan yuqori bolmagan havoning nisbiy namligi 75 darajadan oshmagan sharoitda saqlanishi kerak. Shundagina odam organizmi uchun u xavfsiz bolishi mumkin.

Nuriddin TOSHBOYEV, Ozbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi Bosh vrachi orinbosari:

Kunlar isishi bilan oshqozon-ichak kasalligiga chalingan bemorlarning soni ortadi. Sababi, gigiyenaga rioya qilmasdan meva-cheva hamda muddati otgan yoki issiqda qolgan yaxna ichimliklarni istemol qilinganligidir. Aslida, yaxna ichimliklar qadoqlanayotgan idishlar issiq havo sharoitiga umuman togri kelmaydi. Chunki u polivinil xlorid birlashmasidan tashkil topgani bois, belgilangan issiqlikdan yuqori darajada malum bir miqdorda erib, ichimlik tarkibiga qoshiladi. Oqibatda kanserogen, allergiya, gastrit, toksik gepatitlar, pankreatit va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Yana bir jihati shuki, ichimlik har xil kimyoviy konsentratlar birikmasidan iborat bolganligi uchun tarkibidagi aspartam, yani (shakardan 300 barobar shirin modda) SO2 bilan birgalikda qonga tez sorilib, oshqozon osti bezi faoliyatiga juda tez salbiy tasir korsatadi. Bu esa qandli diabet kasalligiga olib keladi. Shuning uchun polivinil xlorid idishidagi yaxna ichimlik ichida aspartam, kofein va boshqa rang hamda tam beruvchi suniy qoshilmalari borligi bois hamda quyosh nuri tik tushadigan joylarda uzoq muddat turib qolgan yaxna ichimliklarni ichishni tavsiya etmaymiz.

...Yaxna ichimlik yol yoqasi, dokon atrofi yoki bozorlarda quyosh tigi ostida yotgan holatlarni har qadamda uchratamiz. Lekin har bir mahsulotning, xususan, salqin ichimliklarning ham saqlash qoidalari bor. Unga amal qilish nafaqat savdo qoidalarini joyiga qoyish, balki sogliqni saqlash uchun ham xizmat qiladi. Zero, istemolchiga sifatli mahsulotlar yetkazib berishni maqsad qilgan har bir tadbirkor bunga amal qilishi kerak. Yoqsa, uning mahsuloti chanqoq bosuvchi emas, sogliqqa putur yetkazuvchi ichimlikka aylanadi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: