O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.07.2018

SIYOSIY PARTIYALAR KUCHI AVVALO, YETAKCHILARI KIMLIGIGA BOGLIQ

Siyosiy partiyalar va parlament palatalari vakillari bilan videoselektor yig‘ilishi otkazilganiga yaqinda bir yil boldi. Mamlakatimizdagi qator ommaviy axborot vositalari bunga alohida e’tibor qaratdi, ularda asosan bitta savol qoyildi: Prezident mamlakatda katta ozgarish va islohotlar boshlanayotganini takidlab, parlament azolari, siyosiy partiyalar yetakchilarini sidqidildan xizmat qilishga, el ishonchini oqlashga, uygonishga chaqirdi, parlamentning tom manodagi tasir kuchini oshirish boyicha taklif-tavsiyalar berildi, shu asosda muhim vazifalar belgilandi. Bir yil ichida nimalar ozgardi?..

Bu savolga parlament, deputatlar faoliyati misolida javob izlaydigan bolsak, muayyan ozgarishlar bolayotganini takidlash kerak. Parlament azolari har oy 10-12 kun davomida hududlarda bolib, haqiqiy holatni organyapti, qonun loyihalari muhokamalarida harorat osha boshladi, «hukumat soati» yolga qoyilyapti, parlament eshituvlarida otkirroq munozaralar kuzatilyapti...

Biroq videoselektor yigilishi va otgan yil dekabr oyidagi Prezident Murojaatnomasidan keyin siyosiy partiyalar, deputatlar faoliyatida vaziyat tubdan ozgaryapti, deb ayta olamizmi?.. Bu savolga javob berish qiyin.

Siyosiy partiyalarda muayyan sana munosabati bilangina uyushtirilayotgan tadbirlar kamaydi, ammo mamlakat miqyosida etiborga tushgan tashabbuslar korinyapti, parlament azolarining aksariyati jonlandi, uygondi, desak, katta ketgan bolamiz.

12 iyul kuni OzA rasmiy saytida Deputatlar bir yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda nimalar dedi? sarlavhali maqola elon qilindi. Unda parlament azolarining ijtimoiy tarmoqlarda qanday masalalarni kotarib chiqayotgani tahlil etildi. Hamkasbimiz 120 ga yaqin deputatning ayrimlarigina mamlakat miqyosidagi muhim masalalarni kotarib chiqayotgani, otkir munosabatlar bildirayotgani, takliflar ilgari surayotganini takidlaydi.

Bu fikrlarni asossiz, deyish qiyin. Parlamentimizning kamdan-kam azolarigina oz fikrlari, qatiy pozitsiyasi bilan keng jamoatchilikning etibori va hurmatini qozonishga muvaffaq bolyapti. Bazi yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar faollik korsatayotgan deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini qidira boshlagani, ularni qollab-quvvatlashga harakat qilayotganini eshityapmiz. Mana shunday faktlar va holatlar ayrim savollar haqida oylashga undaydi.

Birinchidan, muammoli holatlar, xalq manfaatiga xizmat qilmaydigan qarorlarga qarshi chiqayotgan, ularni ozgartirish boyicha aniq taklif berayotgan dadil deputatlarimiz nega juda kam?..

Ikkinchidan, mamlakatdagi otkir masalalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kotarib chiqayotgan, bu borada keng jamoatchilik fikri shakllanishiga katta hissa qoshayotgan deputatlar yakkalanib qolmayaptimi? Deputatlarning jamoatchilik katta qiziqish bildirgan takliflarini nega siyosiy partiyalar rasmiy ravishda qollab-quvvatlayotgani sezilmayapti?..

Uchinchidan, nega siyosiy partiyalar fraksiyalari jamiyatda ogriqli bolib turgan, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilish yuzasidan katta tashabbuslar bilan chiqmayapti? Agar chiqayotgan bolsa, ular nega xalq nazariga tushmayapti?..

Masalaga yondashish nuqtai nazaridan kelib chiqib, yuqoridagi savollarga har kim har xil javob berishi tabiiy, albatta.

Prezidentning videoselektor yigilishidagi maruzasi va parlamentga Murojaatnomasini yaxshilab tinglasak, davlat boshqaruvi isloh qilinayotgan tarixiy davrda yashayotganimiz ayon boladi. Hozirgi paytdagi siyosiy sustkashlik, loqaydlik, irodasizlik taraqqiyotimizga salbiy tasir korsatishi tabiiy. Ehtimol shuning uchun davlat rahbari parlament azolariga Uygoninglar... Kurashishga tayyormisizlar?, deb qatiy murojaat qilgandir.

Bu qanday kurash? Bu — odamlarning hayotini yaxshilashga tasir qilmaydigan qonunlar, qarorlar qabul qilinishiga qarshi kurash. Bu davlat boshqaruvi tizimida parlamentning, xalq vakili, degan yuksak maqomning hurmatga loyiq orni bolishi uchun kurash.

Bu kurashda muammoni, adolatsizlikni korsa, ozini qoyarga joy topolmay yuradigan deputatlar va yetakchilar ishtirok etadi. Ozini jamoatchilik oldida qarzdor his etmagan yetakchi yoki deputatdan goya chiqmaydi, tashabbus chiqmaydi.

Davlat rahbarining Deputatlar uygonmasa, jamiyatimizda muvozanat bolmaydi hech qachon, degan takidi zamirida katta mano mujassam. Bu tashabbus quyidan chiqishi, nazorat ham quyidan bolishini taqozo etadi. Lekin nega quyidan chiqayotgan tashabbuslar kam korinyapti? Axir partiyalarning on minglab faollari, ularning ichida qanchadan-qancha olimlar, mutaxassislar bor...

Balki, siyosiy partiya tashkilotlarida goyalar va takliflarni ilgari surish tajribasi yetishmayotgandir?.. Bu ancha murakkab mavzu, uning ayrim jihatlari haqida mulohaza yuritish mumkin, xolos.

Avvalo, partiya tashkilotlari rahbarligiga chinakam saylovlar otkazish, ozining bilimi, dunyoqarashini namoyon eta oladigan haqiqiy yetakchilar saylanishiga erishish vaqti kelmadimikin?..

Siyosiy partiyalar va saylov tushunchalari har doim yonma-yon yuradi. Siyosiy partiya faoliyatining tub mohiyati saylov bilan bogliq. Demak, siyosiy partiya tashkilotlari rahbarlari saylanish jarayo-nining risoladagidek yolga qoyilishi mamlakatdagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Endi tasavvur qilaylik, muayyan hududdagi partiya tashkiloti azolari ozlari uchun yetakchini erkin ravishda saylash imkoniyatiga ega bolmasa, tayinlangan yetakchi bilan qanday qilib hammaslak ish tutishi mumkin?..

Partiya tashkilotiga yetakchilikning oziga xos talablari bor. Bunday odam partiyadoshlari orasida liderlik xususiyati bilan hurmat qozongan, ayni paytda, yolboshchiligi tan olingan kishi bolishi kerak emasmi? Shunda azolar, xayrixohlar uning goya va tashabbuslarini astoydil qollab-quvvatlamaydimi?.. Aksincha, partiya faollari, qolaversa, deputatlar ham ozlari yaxshi bilmaydigan kishi yetakchi bolib qolsa, u bilan hamjihat, hamfikr bolib ishlashga qiynalmaydimi?.. Eng muhimi, uni tan olgisi keladimi?

Safdoshlari qollab-quvvatlashini his etgan yetakchilar juratli va qatiyatli boladi, jamiyatdagi muammolarni hal qilish, partiyalar hamda parlamentning tasirini kuchaytirish boyicha yangi-yangi tashabbuslarni olib chiqa oladi.

Minglab azolar, millionlab xayrixohlarning madadini sezgan, buni ich-ichidan yuksak qadrlagan insongina haqiqiy yetakchiga aylanadi. Notabiiy holatda yetakchilikka kelganlar esa koproq ehtiyotkorlik haqida oylashi va bu butun partiya tashkiloti faoliyatiga salbiy tasir korsatishi mumkin. Har holda, bunday ehtimolni inkor etish qiyin.

Siyosiy partiyalar tashkilotlari, deputatlik birlashmalarida haqiqiy tashabbuskorlik, goya va dasturlar uchun jonkuyarlik, maqsad yolida qattiq jipslashish xususiyati yetishmasligining sabablaridan biri ehtimol shu masala bilan bogliqdir?.. Videoselektor yigilishida hozirgi vaqtda siyosiy partiyalarning boshqaruv apparatlarida ishchanlik muhiti deyarli kozga tashlanmayotgani takidlangan edi. Bunday xulosa ham oz-ozidan paydo bolmagan, albatta.

Partiyalar yetakchilari qanday faol bolishini rivojlangan davlatlardagi siyosiy jarayonlar misolida koryapmiz. Partiyalar yetakchilarini saylovchilarku mayli, maktablarning yuqori sinf oquvchilari ham yaxshi taniydi, chunki ular ommaviy axborot vositalarida tez-tez bahs-munozaralarda qatnashadi, ilgari surayotgan goyasi, nimaga intilishini yuqori ishonch bilan tushuntira oladi. U yoki bu masalada tahliliy malumotga, mustaqil fikrga, aniq takliflarga ega boladi.

Har bir partiyaning kuchi yetakchilarining siyosiy salohiyati, tashkilotchilik qobiliyatiga bogliq. Ular jamiyatda, avvalo, yetuk shaxs sifatida tanilgan va tan olingan bolishi muhim, bu sifatlar partiya yetakchilari uchun suv bilan havodek zarur. Ehtimol shuning uchun dunyodagi koplab mashhur partiyalar nomi kuchli yetakchilarning ism-sharifi bilan birga aytilar. Partiyalarning liderlari qanchalik bilimli, marifatli va tashabbuskor bolsa, demokratik taraqqiyot uchun real intilish shuncha kuchayadi, biz uchun ota muhim holat jamiyatda siyosiy-huquqiy tafakkur yuksaladi.

Siyosiy partiya tashkilotlariga yetakchi saylanishi siyosat tarixidagi oltin qoidalardan biri, buning zamirida katta mano bor. Ijro hokimiyatida rahbar yuqoridan tayinlanishi butunlay ozga masala. Partiyalarning muvaffaqiyatli faoliyati umuman boshqacha tartib-qoidalarga asoslanadi. Bu orinda saylash jarayoni tan olish jarayoni bilan uygun kechadi, desak, xato bolmasa kerak. Xosh, bu tartib siyosiy partiyalar faoliyatida qanday yolga qoyilgan?.. Nomzod avvaldan tanlansa, bu ishga haqiqiy vakolatli bolganlar nomiga qol kotarib maqullasa, bunday holatda ozimizni ozimiz aldab kelayotgan bolib chiqmaymizmi?.. Savol kop, oyga toldiradigan masala kop.

Togri, taraqqiyotimizning malum bosqichida tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak bolgandir. Ammo demokratik jarayonlarning hozirgi bosqichida, bugun olib borilayotgan oshkoralik sharoitida chinakam saylov siyosiy partiyalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Aks holda, siyosiy partiya-lar bir joyda uzoq vaqt depsinib qolishi mumkin.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: