O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.10.2012

ELEKTORAT MANFAATINI HIMOYA QILISHDA

har bir loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish talab etiladi

MAMLAKATIMIZDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh VA KUChLI FUQAROLIK JAMIYaTINI ShAKLLANTIRIShDA O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI, XUSUSAN, MAHALLA, QIShLOQ HAMDA OVUL FUQAROLAR YIG‘INLARI ALOHIDA AHAMIYaT KASB ETADI.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan «Mahalla — aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiya elektorati bilan bevosita mustahkam aloqa o‘rnatish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni vakillik organlari orqali hal etishdan iboratdir.

Ta’kidlash kerakki, hududlarda mahalla fuqarolar yig‘inlarining ilg‘or tajribalari, namunaviy ish uslublarini rag‘batlantirish, aholini aniq yo‘naltirilgan asosda ijtimoiy himoya qilishga doir farmon va qarorlarning bajarilishini ta’minlash, elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topishda bu loyihaning ahamiyati katta bo‘layapti. Loyihani amalga oshirish jarayonida aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilib, ular tegishli tartibda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama etilmoqda. Natijada joylarda partiyamiz elektorati manfaatlari samarali himoya qilinishiga erishilayotir.

«Mahalla — aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi» loyihasi respublika miqyosida bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Uning birinchi bosqichi bevosita mahallalarning o‘zida tashkil etildi va bunda 2 mingga yaqin tegishli tadbirlar o‘tkazildi. Ularda ishtirokchilar tomonidan 4 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi.

Ikkinchi bosqich doirasida tuman va shaharlarda tashkil etilgan 200 dan ortiq tadbirda birinchi bosqichda bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirildi. Shu asosda elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan masalalarni hal qilishga qaratilgan 300 dan ortiq aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ahamiyatlisi, elektorat manfaatlari bilan bog‘liq masalalarning 60 foizga yaqini partiyadan saylangan deputatlar hamda hamkor tashkilotlar yordamida joyida hal etilmoqda. Qolganlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalari muhokamasiga olib chiqilmoqda. Ana shu fakt va raqamlar loyihaning qanchalik ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.

Biroq shunga qaramay, loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etilganda, ayrim tuman va shahar kengashlari bu loyihani samarali amalga oshirish borasida mavjud sharoit hamda imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, Navoiy viloyatining Xatirchi, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo va Oqoltin, Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Jondor tumanlarida mazkur loyihaning birinchi bosqichi to‘liq o‘tkazilmagan. Ba’zi mahallalardagi partiyamiz faollari mazkur loyiha haqida ma’lumot yoki tushunchaga ega emas.

Bundan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi hududlarda partiyaviy ishlar to‘g‘ri va tizimli tashkil etilmagan, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahallalar bilan uzviy hamkorlik o‘rnatilmagan.

Bu kabi kamchiliklar tuman partiya kengashlari mas’ullari, partiyamizdan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylangan deputatlar zimmalaridagi vazifalar mas’uliyatini chuqur his qilmayotganini anglatadi. Bu esa joylarda elektorat manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, hayotiy taklif va tashabbuslar ko‘payishiga salbiy ta’sir etmoqda.

Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jadal tus olgan, mazkur jarayonda siyosiy partiyalar zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan bir paytda mahalliy partiya tashkilotlarida yo‘l qo‘yilayotgan bunday xato-kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, bu borada tegishli choralarni belgilash zarur. Aholi orasida partiyamiz nufuzi ortishi, elektorat manfaati samarali himoya etilishida bu dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Akmal TURSUNBOYEV,

O‘zXDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: