O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.07.2018

ISHLI INSON BAXTLI INSON

Bandlik bo‘yicha hududiy jamgarmalar, soliq imtiyozlari, garovsiz kreditlar...

Inson ozini baxtli va xotirjam his qilishi uchun aslida kop narsa kerak emas. Tinchlik, doimiy ish joyi, zarur ehtiyojlari uchun yetadigan daromad manbaiga ega kishining hayotga ishonchi mustahkam boladi.

Respublikamizda har yili aholi bandligini ta’minlash boyicha dasturlar tasdiqlanmoqda. Bosh va kvotalangan orinlarga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, ozini ozi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar korilmoqda.

Kuni kecha Prezidentimiz «Aholi bandligini taminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisida» qaror qabul qildi. Bu hujjat shu paytgacha bandlik yonalishida qabul qilingan qarorlardan kop jihatlari bilan farq qiladi. Turli soha vakillari, deputatlar, partiyamiz faollari shu haqda oz fikr-mulohazalarini bildirishyapti.

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Aholi bandligini taminlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bir yilning ozida sohaga aloqador 10 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, yangi ish orinlari tashkil etishda davlat buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ehtiyojmand qatlamiga ish joylari kvotasini belgilash, aniq maqsadga yonaltirilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirishda qator muammolar mavjud edi. Prezident qarori ushbu masalaning yechimiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda eng kop ishlatiladigan, ayniqsa, tadbirkorlik sohasidagi tushunchalarga singib ketgan kredit berishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Yangi kredit liniyalari ochilib, 7 foiz miqdorda mikrokreditlar ajratilishi kozda tutilmoqda. Ehtiyojmand hamda ish bilan band bolmagan aholiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha bolgan kredit mablaglari hech qanday garovsiz beriladi.

Masalan, mikrokreditlar ajratish boyicha kichik tadbirkorlik subektlariga, shaxsiy tomorqa va dehqon xojaliklarida mahsulot yetishtirish, urugchilik, kochatlar, chorva, parranda, inventarlar sotib olishga kredit imkoniyatlari yaratilmoqda. Muhimi, kredit mablaglari maishiy, tamirlash, talim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya va talab yuqori bolgan sohalarda xizmatlar tashkil etishga yonaltiriladi. Buning uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar belgilab berilmoqda.

Mahalliy davlat hokimliklarining ham ish orinlarini yaratish, mavjud ish orinlarini saqlab qolish, umuman, hududda bandlik siyosatini yuritish boyicha moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Yani, hududlarda hokimliklar xuzurida yangi ish orinlari yaratishni ragbatlantirish hududiy jamgarmalarini tashkil etish belgilandi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi va unda belgilab berilgan yonalishlar bandlikni taminlashdagi muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, parlament hukumat soatida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, deputatlar tomonidan kotarilgan ayrim muammolar ushbu qaror bilan yechim topayotganini ham alohida takidlash kerak.

Robiya KAZIMOVA, Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi:

Partiyamiz Saylovoldi dasturida aholi bandligini taminlash, odamlar munosib haq tolanadigan va barqaror ish orniga ega bolishlari uchun komaklashish muhim vazifa sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, partiyamiz dasturiy maqsadlari Harakatlar strategiyasi bilan mushtarak.

Hududlarda mazkur yonalishda qator islohotlar olib borilmoqda. Biroq sohada yechimini kutayotgan muammolar kopligi, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib korsatish hollari mavjudligi hech kimga sir emas. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga yuzaki yondashuvlar hamon uchramoqda. Bunga sabab, ayrim mutasaddilarning ishga masuliyatsizligi, aholi va tadbirkorlik subektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligi, deb oylayman. Ishlab chiqarish kadrlari kopincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlari, imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda yoki qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar boyicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilyapti.

Prezidentimiz qarorida oz aksini topgan har bir masala va ularni amalga oshirish mexanizmlari aholini uzoq yillar qiynab kelayotgan muammolarni yechish yollari, desak mubolaga bolmaydi. Qarorda, ayniqsa, imkoniyati cheklangan kishilar bandligini taminlashga alohida etibor qaratilgani bizni quvontirdi. Zero, nogironligi bor insonlarni har tomonlama qollab-quvvatlash ijtimoiy adolat tamoyilini qaror toptirishda katta ahamiyatga ega.

Etiborlisi, aholi bandligini taminlash faoliyatini jonlantirish maqsadida hududiy jamgarmalar tashkil etilmoqda. Ular mahalliy byudjetlar daromadlarining 40 foizigacha bolgan, yurtimiz, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda begaraz yordami, xayriya qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa mablaglar hisobidan moliyalashtiriladi. Hududiy jamgarmalar barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalar tolashdan ozod etiladi.

Qarorning 8-bandida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi 2018 yil 1 avgustdan boshlab Bandlikka komaklashish jamgarmasi mablaglari hisobiga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik boyicha sugurtalash tizimi joriy etilishi korsatib otilgan. Bandlikka komaklashish markazlarida royxatdan otgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat royxatidan otkazish uchun qator imtiyozlar qollanilishi nazarda tutilgan.

Endigi vazifamiz aholi orasiga chuqur kirib borish, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda har bir hududda bandlik sohasidagi muammoni ijobiy hal qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishdan iborat.

Haydar BOBOXONOV, Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi, Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

Hududlarda organishlar, aholi bilan olib borilgan muloqotlar jarayonida guvohi boldikki, ishsizlarning kopchiligini yoshlar, turmushda qiyinchiliklarga duch kelgan xotin-qizlar, nogironligi bolgan shaxslar tashkil qilmoqda. Eng achinarlisi, yurtimiz mehnat bozoridagi aholining 56 foizini norasmiy band bolgan fuqarolar tashkil qiladi. Mazkur masalaga yechim topilsa, norasmiy band bolganlarning pensiya jamgarmasini shakllantirishga erishilsa, ularning ijtimoiy muhofazasi yaxshilanadi.

Prezident qarorida ishsiz fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyish va oila azolari bandligini taminlash borasida qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Unga muvofiq, 2023 yilning 1 iyuliga qadar qishloq tumanlarida, sartaroshxona, yakka tartibdagi buyurtmalar boyicha tikuvchilik, poyabzal tamirlash xizmatlarini korsatish hamda jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar barcha turdagi soliqlardan ozod etiladigan boldi.

Bu nimani anglatadi? Qishloq joylarda aholining ozini ozi band etishga qaratilgan tashabbuslari qollab-quvvatlanib, ular soliq yukidan ozod etiladi. Sartaroshlik yoki poyabzal tamirlash xizmatini korsatish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otib, imtiyozli kredit asosida faoliyatini boshlaydigan kishi ozi mehnat bilan band boladi, oila azolarini ham ishga jalb etadi, barcha turdagi soliqlardan keyingi besh yil mobaynida ozod etiladi.

Bu oz navbatida olayotgan daromadi 100 foiz ozida qolib, faoliyatini yanada kengaytirish, yoniga tengdoshlarini jalb etib, yangi ish orni yaratish imkonini beradi. Yana shuni aytish kerakki, oz yoniga yana qoshimcha ishchi yollaydigan bolsa, har bir xodimga tolanadigan qatiy belgilangan soliqdan ham ozod etiladi. Bu ham yakka tartibdagi tadbirkorlarga qoshimcha qulayliklarni yaratadi. Endi avvalgidek soliqdan qochib, xodimlarni royxatdan otkazmasdan, ularga mehnat daftarchasi ochmasdan, qonunchilikni chetlab otib, konvertda oylik tolashning hojati qolmaydi.

Bu qaror partiyamiz elektorati hisoblangan ehtiyojmand aholi qatlamiga qator imtiyozlarni taqdim etadi. Negaki, kam taminlangan oila vakili bolgan yoshlarning oz tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishi uchun soliq imtiyozlari belgilanishi, ish boshlash uchun kam foizli kredit mablaglari olish, qonuniy mehnat qilish, mehnat stajiga ega bolish imkoniyati yuzaga keladi.

Partiyamiz deputatlari bu jarayonlarga qanday hissa qoshadi? Qaror ijrosida qanday ishtirok etamiz?.. Biz ana shu savollar haqida oylab, aniq rejalarimizni ishlab chiqishimiz talab etiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: