O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
19.07.2018

YOSHLARGA ETIBOR QOGOZDA EMAS, AMALDA BOLISHI KERAK

Buning uchun yuzaki, maqsadsiz tadbirlardan voz kechish talab etiladi

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi «Yoshlar muammosiga oid istiqbolli vazifalar: tahlil, tanqid, strategiya» mavzusida davra suhbati otkazdi. Mavzu yuzasidan koplab fikr-mulohazalar bildirildi.

Hotamjon KETMONOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari:

— Yoshlar masalasida qancha gapirmaylik kam. Ammo amaliy ishga otish vaqti allaqachon yetdi, deb oylayman. Xosh, bugun partiya tizimida yoshlar yonalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ularni oylantirayotgan muammolar yechimini topyaptimi? Yigit-qizlarning bandligi qay darajada ta’minlanmoqda? Shu singari savollar juda kop. Ammo ularga asosli javobimiz yoq.

Joriy yilning 4 iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan otkazilgan videoselektor yigilishida ham mazkur masala atroflicha muhokama qilindi. Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, zamonaviy bilim va konikmaga ega bolishlarini taminlash, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, ular ilgari surayotgan goya va tashabbuslarni qollab-quvvatlash borasida soz yuritildi. Shu vaqtga qadar kop shiorlarni yod olib, ularga kor-korona amal qildik. Partiya tizimida ham soni bor-u, sifatga kelganda oqsaydigan tadbirlar otkazilganini, hamon otkazilayotganini rad etolmaymiz.

Yigilishda vazirlar, fraksiya rahbarlari va boshqa masul shaxslarga murojaat qilindi: ayni vaqtda yoshlarga berilayotgan etibor qogozdami yoki amalda?..

Ochigi, har qanday vijdoni bor rahbarni bu savol chuqur oyga toldiradi. Partiya tizimida yoshlar yonalishida nimalardir qilishga urindik. Mahalliy Kengash deputatlari ham, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham mazkur yonalishda muayyan ishlarni amalga oshirgan. Ammo bir muammoni mahkam ushlab, uni tola bartaraf etdik, deya olmaymiz.

Shuningdek, yigilishda yoshlar bandligini taminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida ham jiddiy muammolar borligi takidlandi. Targibot-tashviqot ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotgani qayd etildi. Birgina Toshkent shahrining ozida 1700 dan ortiq voyaga yetmaganlar ortasida jinoyatga qol urish holatlari aniqlangan. Shundan 500 nafari maktab oquvchilari ekani achinarli holat. Bundan ham yomoni jinoyatlarning aksariyati dars vaqtida sodir etilgan. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona, deyiladi. U mening bolam emas, bu mening xizmat vazifamga kirmaydi, deb ozimizni olib qochsak, kelajagimizni boy beramiz. Har birimiz xoh partiya tizimida, xoh boshqa sohada faoliyat yuritmaylik, shuni unutmasligimiz lozim.

Bugungi tadbirda respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlar yigilgan. Fursatdan foydalanib, hududlarda yoshlarning kayfiyati qandayligini bilib, faoliyatimizga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Partiyamizning yoshlar qanoti ishini takomillashtirish borasida chora-tadbirlar tuzilmoqda. Bunda yuqoridagi jihatlar ham oz aksini topishi lozim.

Abdurashid OCHILOV, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar ortasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bolimi boshligi:

Sohadagi ishlar joylarda birdek samarali tashkil etilgan, deb bolmaydi. Yoshlar masalalari boyicha shugullanadigan tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari juda sust. Idoraviy nazorat hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash xodimlarining faoliyati, targibot, tushuntirish ishlari togri yolga qoyilmagani oqibatida oldin sudlangan yoshlarning jinoyatga qayta qol urish holatlari kuzatilyapti.

Kollej va akademik litsey oquvchilari tomonidan 17 bor bosqinchilik, 6 marta talonchilik, 8 bezorilik jinoyatlari amalga oshirilgan. Hatto maktab oquvchilari tomonidan 4 marta bezorilik, 8 ogirlik sodir etilib, bir bola giyohvand moddalar bilan qolga tushgan.

Joylarda otkazilayotgan davomat tadbirlarida oquvchilardan 9 ta otkir tigli jism, 5 ta kastet, 1 ta toqmoq olingan. Yoshlar bu buyumlarni talim muassasasiga nega olib keldi? Ularning ota-onasi, oqituvchilari nahot bu haqda bilmagan?

Oylaymanki, sogliqqa ziyon yetkazuvchi qurilmalarni oquv binosiga olib kelishni taqiqlash yuzasidan muayyan cheklovlar qoyilmagani ham bunga sabab bolmoqda. Qonunchiligimizda mazkur holat bilan bogliq qoshimchalar kiritilishi kerak, nazarimda.

Menda taklif bor. Jinoyat kodeksiga shu haqda qoshimcha kiritilsa, maqsadga muvofiq bolardi. Bunda jamoat joylarida ozi bilan pichoq, bigiz, kastet, toqmoq, har xil zaharli gaz purkovchi moslamalar, umuman, inson sogligiga ziyon yetkazuvchi qurilmalarni olib yurish, ishlatish, ozida saqlaganlik uchun jarima belgilanishi, agar bu holat takrorlansa yoki ushbu shaxs 18 yoshga tolmagan bolsa, profilaktik hisobga olish choralari korilishi nazarda tutilishi kerak, deb oylayman.

Shuningdek, davomat tadbirlarida darslarga muntazam ravishda bormayotgan oquvchilarni maktabga qaytarish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin qonuniy chora korilmagani bois, bu holat yana takrorlanyapti. Belgilangan tartib-qoidalarga boysunmagan oquvchilarning ota-onalari yoki ularning ornini bosuvchi shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi korib chiqilsa, yaxshi bolardi.

Nigora SHOMURATOVA, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi katta xodimi:

Xizmat vazifamiz doirasida respublikamizning turli hududlarida bolamiz. Notinch oilalar farzandlari bilan suhbatlashamiz. Bunday bolalarda ruhiy bosim borligi bilinadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlardan norozi bolgan bolada nima uchun aynan mening oilamda, mening taqdirimda, degan savollar takror-takror tugilaveradi. Jinoyatga qol urgan yoshlarning ruhiyatida ham norozilikni, oziga nisbatan ishonchi sustligini korish mumkin.

Bir bolaning tarbiyasi ogir ekan, deb xulosa chiqarish juda oson. Qaysi omillar xulq-atvorni togri idora eta olmaslikka sabab bolayotganini tahlil etish kerak.

Jinoyat yoliga kirib qolgan yigit-qizlarning aksariyati oilada manan tan olinmagan boladi. Bu nima degani? Ota-ona farzandining fikriga, hayotdan chiqargan xulosalariga, atrofdagi voqea-hodisalarga bildirgan munosabatlariga jiddiy qaramaydi. Natijada bola qayerdadir notanish odamni uchratishi, uning fikrlari osha shaxs tomonidan etirof etilishi oqibatida, begonaga ergashishga bolgan moyillikni keltirib chiqaradi. Yoshlar tan olingan joyda ozini erkinroq his etadi. Jinoyatlarning aksariyati kechira olmaslik oqibatida sodir boladi. Bu ham oilaviy muhitga bogliq.

Yoshlardagi tashabbuskorlikni oshirmoqchi bolsak, ularga ishonch, xayrixohlik kozi bilan qarash kerak. Yoshlar masalasi faqat vazirlikda, davlat idoralarida ishlaydigan masullarning vazifasi emas. Bu har bir shaxsning burchi hisoblanadi. Zero, oz bolangni ozing asra, degan shior bekorga kelib chiqmadi.

Mirodil SULTONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2-bosqich talabasi:

Men jahon siyosati fakultetida tahsil olaman. Bizning yonalishdagi ilmiy, sohaviy adabiyotlarning asosiy qismi rus va ingliz tillarida. Masalan, Zbignev Bjezinskiyning Buyuk shohmot taxtasi, Semyuel Xantingtonning Svilizatsiyalar urushi, Jan Serre va Djon Vudning Diplomatik marosim va protokol kabi asarlar. Bunday asarlarni oqish juda muhim. Kursdoshlarim orasida rus va ingliz tilini bilmaydiganlari ham talaygina. Ammo ular iqtidorli, fikrlash qobiliyati keng yoshlar. Shunday kursdoshlarim maktabda rus tili fani yaxshi oqitilmagani yoki boshqa sabablar bilan endi til organayotganini aytishadi. Albatta, til organishning erta-kechi yoq. Lekin ular oz vaqtini ilmiy asarlarni organishga sarflasa yaxshi bolardi.

Prezidentimiz yurtimizda bir vaqtning ozida ozbek va rus tillarida dars otiladigan oquv yurtlari kamligini, shuningdek, talim sohasida chuqur islohotlar otkazilishi lozimligini takidladilar. Shuningdek, universitet va kollejlar uchun kerakli adabiyotlarning rus, ingliz tillaridan ozbek tilidagi tarjimasi sifat va kolamiga kora talab darajasida emas, deb oylayman.

Yurtimizda barcha boshlangich sinflarda darslar har ikki tilda olib borilsa, maqsadga muvofiq bolardi. Shunda ozbek va rus sinflari, degan ayro tushunchaga hojat ham qolmaydi. Bu orqali oquv adabiyotlar va sohada kadrlar yetishmovchiligining oldini olgan bolamiz. Bugungi kunda oliy harbiy oquv muassasalarida bu tajriba ozini oqlamoqda.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: