O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
19.07.2018

2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon kop kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar va shaharlarda kop kvartirali uylar qurish dasturlarini samarali amalga oshirish, aholining shinam turar joyga bolgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, fuqarolarning farovonlik darajasini yanada oshirish va turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «Qishloq qurilish bank» ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Ipoteka bank ATIB, Xalq banki ATB, Asaka ATB va Ozsanoatqurilishbank ATBlarining (keyingi orinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) 2018 yil 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvargacha bolgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlarini:

a) qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal:

0,02 ga olchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, tort, besh qavatli kop kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun — 10 foiz miqdorida;

0,04 ga olchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga olchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun 25 foiz miqdorida bolishini nazarda tutgan holda;

b) shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bolgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon kop kvartirali uylarni ortacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun berish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari boyicha turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bolgan oilalar uchun arzon uylar qurish uchun 20 yil muddatga, jumladan, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 3 foiz stavkali 5 yillik imtiyozli davrni oz ichiga olgan va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasi chegirib tashlangan holda Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, kredit liniyasi mablaglarini Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joylar qurishga maqsadli yonaltirgan holda milliy valyutada kredit liniyalari ochsin;

ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirishlarni hisobga olgan holda, qishloq joylarda uy-joylar qurishni moliyalashtirish uchun 2018 yilda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan qoshimcha mablaglar yonaltirsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi va Moliya vazirligi:

shaharlarda arzon kop kvartirali uylar qurish doirasida Ozbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish loyihasini amalga oshirish boyicha Osiyo taraqqiyot banki bilan bir oy muddatda muzokaralar olib borsin;

Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda aholi bilan muloqot natijalariga kora aniqlangan qoshimcha uy-joy hajmlarini shakllantirish yakunlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qoshimcha arzon uy-joylar va shaharlarda kop kvartirali uylar qurishni moliyalashtirishga doir takliflar kiritsin;

2018 yil oxirigacha ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda qishloq joylarda uy-joylar qurilishini moliyalashtirish sohasida xalqaro moliya institutlari (Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamgarmasi) bilan tuzilgan qarz bitimlariga ozgartirishlar kiritish choralarini korsin.

4. Keyinchalik Qishloq qurilish invest IK MChJning yillik 5 foizdan yuqori bolmagan stavkasi boyicha kredit liniyasi ochilgan holda, Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasining Qishloq qurilish bank ATB depozitiga yillik 3 foiz stavka boyicha joriy yil 1 noyabrgacha joylashtiriladigan 210 milliard som miqdoridagi vaqtincha bosh mablaglari import yogoch-taxta materiallar va tom yopish uchun temir listlarni xarid qilish manbai etib belgilansin.

5. Qishloq qurilish invest IK MChJ ishtirok etuvchi banklar bilan birgalikda:

Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari boyicha Qishloq qurilish invest IK MChJ hisob raqamlarida jamlangan, 2015-2017 yillarda shakllantirilgan uy quruvchilarning dastlabki badallarini ikki hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yonaltirsin;

har yarim yil yakuni boyicha Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga avval aholiga ajratilgan kreditlar muddatidan oldin qoplangani togrisida axborot kiritsin va vazirlik bilan kelishgan holda ushbu mablaglarni uy-joylar qurishga yonaltirsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari moliya vaziri J.A.Qochqorov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 18 iyul


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: