O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
19.07.2018

EHTIYOJMAND KISHILARNING XONADONLARI OBOD BOLYAPTI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi «Obod xonadon — yurt korki» loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida matbuot anjumani otkazdi.

Federatsiya tomonidan Prezidentimizning Obod qishloq dasturi togrisidagi farmoni talablaridan kelib chiqadigan vazifalar doirasida Obod xonadon yurt korki loyihasi ishlab chiqildi, deydi Ozbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov. Unda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish yolida amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qoshish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush sharoitini yaxshilashga komaklashish, kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan, imkoniyati cheklangan, nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash orqali ularni ijtimoiy faollik sari yetaklash, ularning uy-joyga doir huquqlarini amalga oshirish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishlari uchun komaklashish maqsad qilingan.

Joriy yilda otkazilgan muloqotlar davomida yurtimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan, kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, avariya holatida bolgan 12 ta xonadonni Federatsiyaning oz mablaglari hisobidan obod xonadonga aylantirish rejasi belgilab olindi.

Loyihaning yana bir muhim tomonlaridan biri ehtiyojmand kishilarga tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishlari uchun komaklashishdan iborat. Bu borada ham muayyan ishlar qilindi. Jumladan, Fargona viloyatida istiqomat qiluvchi Bahriddin Otayevning xonadonida limon kochatlari yetishtirishga moljallangan zamonaviy issiqxona barpo etildi. Xorazmlik Shahlo Sobirova xonadonida gul kochatlari yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Federatsiya tashabbusi bilan koplab homiylar, hududlarda faoliyat korsatayotgan sektor rahbarlari ham loyihaga jalb qilindi. Yangi xonadon egalariga uy-rozgor buyumlari sovga qilindi.

Obod xonadon yurt korki loyihasi doirasida amalga oshirilgan qurilish va tamirlash ishlariga federatsiya va homiylar mablaglari hisobidan jami 338 million somdan ziyod mablag sarflandi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.