O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.07.2018

CHIQINDILAR NEGA OLIB KETILMAYAPTI, JANOB SEKTOR RAHBARI, QAYERDASIZ

Yozning jaziramasida chiqindilardan kelayotgan hidga chidab bo‘lmayapti.

Bu haqda kimga murojaat qilmaylik, ijobiy natija bolmayapti. Chiqindixona atrofi qarovsiz qolgan it-mushuklar bilan tolgan. Eng yomoni, turli zararli hasharotlar ham uyimizga kirmoqda. Bu holat shundayligicha qolsa, farzandlarimiz turli kasalliklarga chalinishi mumkinligi bizni qattiq tashvishlantirmoqda.


Karmana tumanida keyingi yillarda qator sanoat korxonalari ishga tushirildi. Aholi soni ham yil sayin oshib bormoqda. Tabiiyki, aholi va sanoat korxonalari tomonidan kuniga tonnalab chiqindilar chiqarilmoqda. Ularni oz vaqtida tashib ketish muhim masalalardan biri.

Ammo tumandagi ayrim mahallalarda bu borada bir qator muammolar toplanib qolgan. Bu esa odamlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir korsatmoqda.

2018 yil 11 iyul kuni Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Chiqindilar bilan bogliq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi masul xodimlari bilan tumandagi bazi mahallalardagi holatlarni organdik.

«Ozbekiston» mahalla fuqarolar yigini hududida yigilib qolgan maishiy chiqindilar oz vaqtida olib chiqib ketilmagan. Aholi bugungi kunda chiqindilarni olib chiqib ketish uchun Berejlivost xususiy ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma tuzgan bolsa-da, chiqindilar oz vaqtida tashib ketilmayapti.

Namunali uylar qarshisidagi bunday holatlarga mahalla fuqarolar yigini raisi Bahodir Akatov shunday izoh beradi:

— Biz korxona rahbariga bir necha marotaba ogzaki va yozma tarzda murojaat qildik. Ammo hech qanday natija bolmayapti. Aholi jon boshiga 2200 somdan tolovlar amalga oshirilayapti. Lekin korxonada avtomashinalarning yetishmasligi sababli chiqindilar haftalab, hattoki on kunlab qolib ketmoqda.

Bunday holatlarni tumanning Bogishamol, Beshkent, Talqoq mahalla fuqarolar yigini hududlarida ham korish mumkin. Ob-havoning issiq kunlarida togdek uyulib yotgan ushbu chiqindilar turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Yozning jaziramasida chiqindilardan kelayotgan badboy hidga chidab bolmayapti, deydi Zamira Mirzayeva. Bu haqda kimga murojaat qilmaylik, ijobiy natija bolmayapti. Chiqindixona atrofi qarovsiz qolgan it-mushuklar bilan tolgan. Eng yomoni, turli zararli hasharotlar ham uyimizga kirmoqda. Bu holat shundayligicha qolsa, farzandlarimiz turli kasalliklarga chalinishi mumkinligi bizni qattiq tashvishlantirmoqda.

Eng achinarli holat, tuman markazidagi Beshkent MFY hududida chiqindilar haftada bir marta olib chiqib ketilar ekan. Vaholanki, chiqindi yigish shoxobchasidagi mavjud 3 dona konteyner bir kunning ozidayoq chiqindi bilan tolib qolarkan. Qolgan 6 kun davomida ahvol nima bolishini tasavvur qilib koring?.. Chiqindi yigish shoxobchasi qarovsiz qolganligi natijasida hattoki devorlari nurab qolish darajasiga kelgan. Shoxobchada ikkilamchi xomashyo chiqindilari (qogoz, metall parchalari, plastmassa va boshqalar)ni saralash ishlari umuman olib borilmaydi. Chiqindilar oz vaqtida olib ketilmaganligi sababli ular yon-atrofga yoyilib ketgan. Qarovsiz it-mushuklar esa ushbu chiqindixonani ozlariga makon tutishgan. Shu atrofda otlab yurgan qoy-qozilar ham ushbu chiqindixonani hech bolmaganda bir marta titkilab koradi. Shamol tursa, chiqindilar yon-atrofga sochilib ketadi, badboy hid yoyiladi.

Mazkur holatlar boyicha Berejlivost xususiy korxonasi rahbariga ikki oydan buyon ogohlantirish xati yubormoqdamiz, deydi Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Chiqindilar bilan bogliq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi Jasur Absoliyev. Holat shu tarzda davom etsa, mazkur mahallalar fuqarolari bilan korxona ortasida tuzilgan shartnoma bekor qilinadi.

Shu orinda savollar tugiladi:

Chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari bilan shugullanuvchi Berejlivost xususiy ishlab chiqarish korxonasi mutasaddilari nega bu holatga befarq qaramoqda?

Texnikalari yetishmasa, nega chora korishmaydi, nega aholi bilan shartnoma tuzadi? Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga masul bolgan sektor rahbarlari bu holatdan bexabarmi?! Yoq, albatta, korib, bilib turishibdi. Unda nega oz vazifalarini bajarishmayapti?..

Oylaymizki, sektor rahbarlari bu savollarga javob topishadi va odamlarni bezovta qilib kelayotgan muammoni hal etishadi.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: