O'zb  
 
17.07.2018

34 MEDALDAN 16 TASI OLTIN

Shri-Lanka davlatining Vaskaduva shahrida shohmot bo‘yicha maktab oquvchilari ortasidagi 14-Osiyo chempionati bolib otdi. Qit’a chempionatida shohmotchilarimiz blits, rapid va standart yonalishlarda 16 oltin, 11 kumush, 7 bronza jami 34 medalni qolga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi orinni egalladi.

Chempionatda hamyurtlarimizdan 13 yoshli Umida Omonova standart, rapid va blits yonalishlarida 3 oltin medalni qolga kiritdi va musobaqaning mutlaq golibi boldi. Mazkur yosh toifasida Olmos Rahmatullayev rapidda oltin, standartda kumush hamda Mohinur Habibullayeva blitsda kumush medalni qolga kiritdi.

9 yoshlilar ortasida Humoyun Bekmurodov standart va rapidda birinchi, blits yonalishida ikkinchi oringa sazovor boldi. Afruza Hamdamova standart va rapidda oltin, blitsda kumush medal bilan taqdirlandi. Muhammadzohid Suyarov esa blitsda bronza medalini qolga kiritdi.

11 yoshli Davlatbek Mahmudjonov standart va blits yonalishida chempion boldi, rapid yonalishida uchinchi orinni egalladi. Zilola Aktamova blitsda oltin, rapidda kumush medal bilan taqdirlandi.

17 yoshli shohmotchilar orasida Abdumalik Abdusalimov standart yonalishda oltin, rapid va blitsda kumush medallar bilan taqdirlandi. Sitora Safarova esa standart, blits va rapid yonalishlarida mos ravishda oltin, kumush hamda bronza medalini qolga kiritdi. Muhammadali Abdurahmonov blitsda birinchi, rapid va standartda uchinchi oringa loyiq korildi.

Ali Qosimov (15 yosh) standart yonalishda Osiyo chempioni boldi, rapidda esa kumush medalga sazovor boldi.

7 yoshlilar orasida Ruqiya Olimova blitsda oltin, standartda kumush hamda Tohir Nematov blitsda kumush, rapid yonalishida bronza medali sovrindori boldi.

Mazkur galabalar evaziga yosh shohmotchilarimizdan 7 nafari 2019 yili Tunis davlatida otkaziladigan maktab oquvchilari ortasidagi jahon chempionatida qatnashish huquqini qolga kiritdi.

Shahboz SAIDOV



DB query error.
Please try later.