O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
17.07.2018

ENG ZORI FRANSIYA, ENG JOSHQINI XORVATIYA

Bir oy davomida futbol muxlislariga olam-olam quvonch va hayajon hadya etgan jahon chempionati yakuniga yetdi. Dunyoning eng kuchli terma jamoasi Fransiya bo‘ldi. Kumush medalni qolga kiritgan Xorvatiya terma jamoasi yorqin oyinlari bilan muxlislar yodida qoldi. Uchinchi orin esa Belgiya terma jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, bir qator futbolchilar XXI jahon chempionatining eng yaxshilari qatoridan joy oldi: Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua eng yaxshi darvozabon sifatida tan olindi. Xorvatiyalik Luka Modrich jahon chempionatining «Oltin topi»ga loyiq korildi. Eden Azar kumush, Antuan Grizmann bronza topga ega boldi. Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn eng yaxshi topurar boldi. Eng yaxshi yosh futbolchi sovrini Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega topshirildi. Ispaniya terma jamoasi Feyr Pley, ya’ni Halol oyin sovriniga loyiq korildi.

Mutaxassislar Rossiya chempionatni yuksak saviyada otkazganini etirof etishmoqda. Darhaqiqat, chempionat kutilganidan ham alo darajada tashkil etildi. Keyingi jahon chempionati 2022 yili 21 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatar maydonlarida bolib otadi. Qatardagi jahon chempionatida songgi bor 32 terma jamoa qatnashadi. Keyingi chempionatdan boshlab ishtirokchilar soni 48 taga yetadi.

Biz mamlakatimiz milliy terma jamoasini jahon chempionatida korishni istaymiz. Osha kun uzoq emasligiga ishongimiz keladi.



DB query error.
Please try later.