O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.07.2018

OZODALIK OSTONADAN BOSHLANADI

Rustam KALONOV, «Nuroniy» jamg‘armasi Toshkent shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi:

— Mamlakatimiz miqyosida, xususan, Toshkent shahrida hayratomuz bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Yaqin kelajakda yurtimiz jahonning eng gozal, obod va tinch mamlakatiga aylanishiga shak-shubha yoq. Biroq bu oz-ozidan bolmaydi. Buning uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil harakat qilmogimiz zarur. Ozbekistonga turli davlatlardan kelayotgan sayyohlar oqimi kundan-kunga kopayib bormoqda. Kelayotgan xorijiy mehmonlar yurtimiz jamolini korib, havas qilishsin, yaxshi taassurotlar olishsin.

Zero, xalqimiz qadim-qadimdan orastalik, pokizalikka etibor berib kelgan. Saranjom-sarishta joyda farishta, har bir ishda qut-baraka, fayz, unum boladi. Qiz-kelinlarimizning sahar turib, hovli-eshik oldilarini supirib-sidirishlari, suv sepib qoyishlari eng sara ozbekona qadriyatlarimizdandir.

Afsuski, bunday qadriyatlarimiz keyingi paytlarda biroz susaygandek, nazarimizda. Togrisi, bazi odamlar fel-atvorida loqaydlik, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilmoqda. Ayniqsa, kop qavatli uylarda istiqomat qiluvchi ayrim kishilar ozodalikka beetiborlik bilan qarab, obodonchilik ishlarini davlat qilib berishi kerak, deb oylaydilar. Qoni-qoshnilar bilan deyarli bordi-keldi qilishmaydi: na salom bor, na alik. Haftaning juma kuni uylariga kirib ketib, dushanba kunigacha qoralarini korsatishmaydi. Turar joylarida hasharlar bolayotgani bilan aslo ishlari yoq. Yolaklarni supurib-sidirish sansalorlikka aylanayotgani, hovlilarga ekilgan daraxt, gullarning sugorilmay, qovjirab yotgani, qachonlardir sharqirab oqqan ariqlarning komilib, axlatxonaga aylanib ketgani nihoyatda achinarlidir. Yolaklarda elektr yoritgichlarining kecha-kunduz ochirilmay turishiga beetiborlik xojasizlikning yorqin korinishi, desak boladi. Tartib-intizom, ozodalikka rioya qilish ostonadan boshlanadi. Umuman, har bir fuqaro kopchilik bolib jamoada yashash odobi va madaniyatiga rioya qilishi zarur.

Obod mahalla dasturi doirasida poytaxtimizda talaygina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bular mavsumiy tus olmasligi kerak. Mavzelardagi obodonlashtirilgan hududlar, bolalarning oyin maydonchalari sal otmay qarovsiz qolishi, argimchoq, orindiqlarning yaroqsiz holga kelganini korib, konglimiz gashlanadi. Nahotki, shu atrofda yashab turgan odamlarda ozgina bolsa ham insof, diyonat, masuliyat his-tuygusi yoq? Biz farzand, nabiralarimizga xalq mulkini asrab-avaylash, ularning qadriga yetishga orgatishimiz, ozimiz shaxsiy namuna korsatishimiz zarur emasmi?!

Afsuski, bu borada ham bazi mahalla-koylarda arzimagan ishlarni kor-korona maqtanib korsatish, rasmiyatchilikka yol qoyilmoqda. Vaholanki, bu ishlar barchamizning kundalik odatiy vazifamizga, yoshlar esa bizning doimiy ishonchli hamkorlarimizga aylanishi kerak.

Fuqarolik burchi nuqtai nazaridan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, har birimiz oz hovlimiz, uy-joyimiz, mahallamiz toza va obod bolishi uchun masulmiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: