O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.07.2018

IQTISODIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Mamlakatimizga o‘tgan haftada Shveytsariya federal iqtisodiyot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, janob Yohann Shnayder-Ammann boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

Shveytsariyaning dunyoga tanilgan yirik kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmonlaridan iborat ushbu nufuzli delegatsiya tashrifning birinchi kuni Bektemir tumanidagi «Oztoqimachiliksanoat» uyushmasi hamda Shveytsariyaning Rieter Group kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan toqimachilik jihozlari uchun butlovchi qismlar va metallkonstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Metal Processing MChJning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur zavod Markaziy Osiyoda yagona bolib, toqimachilik mashinasozligi uchun zarur detallar, kelgusida esa ogir sanoat korxonalari uchun import ornini bosuvchi mahsulotlar yetkazib berishi kozda tutilgan.

Delegatsiya azolari tashrifning ikkinchi kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Ozbekiston — Shveytsariya biznes forumida qator vazirliklar, qomitalar, Savdo-sanoat palatasi, bank-moliya institutlari, mahalliy hokimliklar vakillari, ishbilarmonlar bilan muloqotda boldi. Anjumanda Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xojayev va janob Yohann Shnayder-Ammann sozga chiqib, mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida savdo-iqtisodiy va bank-moliya sohalarida olib borilayotgan islohotlar natijasida xorijiy sarmoyadorlar uchun yanada qulay muhit yaratilganini alohida takidladi. Ozaro hamkorlik ornatilganidan buyon Shveytsariya tomonidan Ozbekistonda 33 ta loyiha amalga oshirilgani qayd etildi.

Bugungi kunda Shveytsariya investitsiyasi ishtirokida iqtisodiyot, moliya va bank, talim, tadbirkorlik va xodimlar malakasini oshirish sohasida 7 ta qoshma loyiha boyicha ish olib borilmoqda.

Tadbirda Ozbekistonning investitsion salohiyati, hududlarning sayyohlik imkoniyatlari, oziq-ovqat sanoatining istiqboldagi taraqqiyoti yuzasidan taqdimotlar otkazildi.

Forumning shoba yigilishlarida Shveytsariyaning ABB Group ABB Switzerland, Stadler, Buhler AG, Swiss Medical Network, Rieter Group, Economiesuisse, Reyl, At a Glance, Trub Trading International AG, Switzerland Global Enterprise kabi eksport, import va investitsiyalarga komaklashuvchi, elektrotexnika, energetika mashinasozligi va axborot texnologiyalari, temir yol transporti, toqimachilik, innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 20 dan ziyod yirik kompaniyasi vakillariga Ozbekistonda yangi zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish taklif etildi.

Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xojayev:

Mamlakatimizdagi koplab toqimachilik korxonalarida Shveytsariyaning dunyoga mashhur Rieter Group kompaniyasi asbob-uskunalari ornatilgan. Ushbu forum jarayonida yana bir muhim loyiha, yani yurtimizga qoshimcha toqimachilik asbob-uskunalarini olib kelish, nafaqat ip-kalava, balki tayyor toqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda eksportga jonatish bilan bogliq loyihalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Biznes forumda ota muhim masala Ozbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bolishiga tayyorgarlik jarayonlari ham alohida etiborda boldi. Tomonlar bu yonalishdagi tizimli tadbirlarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldi.




Shveytsariya federal iqtisodiyot, talim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, janob Yohann Shnayder-Ammann:

Maqsadimiz yagona barcha uchun foydali bitimlarni imzolash va fuqarolarni ish bilan taminlash bazasini yanada yaxshilashdir. Oylashimcha, kelgusi uchrashuvlarimizda ham hamkorlik boyicha bir qator memorandumlar imzolaymiz. Songgi yillarda Ozbekistonda keng kolamli islohotlar izchil davom etmoqda. Iqtisodiyotda oldinlari kuzatilmagan yangiliklar roy bermoqda. Bu esa mamlakatingizga xorijlik investorlarni jalb qilish orqali istiqbolli loyihalarni yuzaga chiqarishda, aholi bandligini taminlashda, mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshirishda qol keladi.

***

Biznes forum yakunida sayyohlik, savdo-sotiq, sogliqni saqlash, yengil sanoat, bank-moliya kabi sohalarda ozaro hamkorlikka oid 6 ta memorandum imzolandi.

Noila MARUPOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: