O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.07.2018

LIPILLAB TURGAN CHIROQLAR

endi soatlab o‘cha boshlabdi. Muammoga yechim topish kimning vazifasi?..

Poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumani TTZ-1 mavzesidan tahririyatimizga telefon orqali murojaat boldi. «Yuzrabod» mahallasidagi kopqavatli 12-uyda yashovchilar nomidan qongiroq qilgan kishi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida muammolar kopayib ketgani, murojaatlarga jiddiy e’tibor berilmayotgani, otangga bor, onangga bor qabilida ish tutilayotganini aytib, shikoyat qildi.

Fotomuxbir bilan manzilga yetib borganimizda onlab odam kochada bizni kutib turardi. Avvalo ozini Nargiza Saxabidinova deb tanishtirgan uy boshi bilan suhbatlashdik.

— Aslida hududimizda bizni qiynayotgan kop masala bor. Lekin, eng asosiysi, aholini elektr energiyasi bilan bogliq masala tashvishga solmoqda, dedi u. Bu yerda 72 xonadon bor. Yosh bolalar, qariyalar, bemorlar yozning jazirama issigida elektrsiz qolmoqda. Taxminan 10-12 kun oldin uydagi chiroqlar lipillay boshladi. Televizor oz-ozidan yonib-ochadigan boldi. Avvaliga bunga etibor bermadim. Ammo qoshnilarda noroziliklar avj oldi. Kimnidir televizori, boshqasining sovitgichi kuyganini aytishdi. Elektr himoya qutisi (it) 3 oycha avval qisqa tutashuv natijasida ishdan chiqqandi. Qolbola moslamani ornatib, amal-taqal qilib tamirlab berishgan. Yana muammo chiqmasin, deb shirkatga bordim. Ular tuman elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishimni aytishdi.

Xullas, korxonadan kelgan mutaxassis 5-10 daqiqa nimadir qilgan boldi va ketdi. Afsuski, bu hech qanday ish bermadi. Shundan song korxonaga yana qongiroq qildik. Lekin goshakni kotargan ayol beparvolarcha murojaatingiz asosida ustalar borib kelishdi, shuning uchun buyurtma qabul qilolmayman, deb javob berdi. Qayta-qayta qongiroqlar kor qilmagach, mahalla fuqarolar yigini raisidan maslahat soradim. U kishi prokuror nomiga ariza yozish kerakligini aytdi. 7 iyul shanba kuni kechga yaqin 12-uy aholisi ishtirokida ariza yozib, raisga topshirdik. Oradan 5 kun otsa ham, hech kim hatto xabar olmadi.

Kecha yana tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qongiroq qildik. Ammo ular yana buyurtmamizni rad etishdi, qoshimcha qildi Galina Grigoreva. Sababini sorasam, hozircha bizda kochma laboratoriya yoq, buyurtmangiz qayd etilgan, dedi qongiroqqa javob bergan odam. Yozning jazirama kunlarida xonalarni sovitish u yoqda tursin, muzlatkichlarni ham ishlata olmayapmiz.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasidan kelgan ustalar himoya qutisiga tokni ushlab turuvchi moslama qoyib ketdi. Ammo u xavfsizlik qoidalariga javob bermaydi, dedi fuqaro Vera Dagayeva. Agar kimningdir xonadonidagi elektr tizimida shikastlangan qism bolsa, yongin chiqishi mumkin. Aslida mazkur uskuna biror-bir xavf bolsa, avtomatik tarzda ochishi kerak. Ular ornatgan uskuna esa qotirilgan va xavf tugilganda ochmaydi. Ustalardan muammoning sababini sorasak, aniq javob aytishmadi. Moslamani bir necha bor ochirib-yoqdi-da, qaytib ketdi. Eng yomoni, ulangan joydagi sim uzilgan, tez-tez ot chaqnab turibdi. Bu hayot uchun xavfli. Ayniqsa, bolalar bilmasdan tegsa, olimga ham olib kelishi mumkin.

Fuqarolarning biri qoyib, boshqasi bir-birining gapini tasdiqlar, xavotir bilan sozlardi.

Biz odamlar bilan gaplashib turganimizda hudud mutasaddilari ham yetib kelishdi. Ular vaziyatdan xabardor ekan. Lekin hokimiyat vakillari va okrug rahbari endi eshitib turganini aytdi. Tabiiyki, odamlar orasida gala-govur, norozilik boshlandi.

Meni ham eshitadigan bormi? Dardimni kimga aytsam boladi? dedi 80 yoshlar atrofidagi otaxon. Stanislav Vinerskiyman, 11-uy, 28-xonadonda yashayman. 7 iyul kuni soat 12 larga yaqin tushunarsiz holatda chiroq ochib qoldi. Bir soatcha vaqt otib, chiroq lipillab yona boshladi. Natijada muzlatkichim kuydi. Ustani chaqirsam, dvigateli va relsi ishdan chiqqanini aytdi. Nafaqadagi odam uchun yangi muzlatkich sotib olishning iloji yoq. Bu ham yetmagandek, uyimiz har kuni soatlab elektr tarmoqdan uzib qoyilyapti.

Masalaning yechimini izlab tuman elektr tarmoqlari korxonasiga bordik. Ular bu muammoni mahalla hal qilishini aytdi. Mahalla raisi esa shirkatga jonatdi. Buni qarangki, shirkat meni yana TET korxonasiga borishim kerakligini, bu muammo ularga tegishli emasligini aytdi. 80 yoshga kirgan odamni yana qancha sarson qilish mumkin? Nahot, yuzlab odamning taqdiri hech kimni qiziqtirmasa?..

Togrisi, otaxonning bu savollariga qanday javob berishga hayron edik. Stanislav ota 11-uydagi yana bir qancha muammolarni sanab chiqdi. Uyning quvurlari eskirgani, badboy hid chiqarishi haqidagi gaplarini boshqalar ham tasdiqladi.

Ayolim qand kasali bilan ogriydi. Kichkina nabiralarim bor. Shunday issiqda elektrsiz kop qavatli uyda otirishning ozi bolmayapti, deb gap boshladi yana bir nuroniy. Birinchi qavatda 8 ta dokon bor. Ular ham aholi uchun ajratilgan tarmoqqa ulangan. Har birida 5-6 tadan muzlatkich doimiy ravishda ishlab turadi. Bu, albatta, kuchlanishga olib keladi-da. Ular uchun alohida tarmoq tortilishi kerak, deb oylayman. Ana shunda bu kabi kongilsiz holatlar roy bermaydi.

Sozining oxirida otaxon bilan tanishdik. Ahmadjon ota Rizayev ham 11-uyda istiqomat qilar ekan. Suhbatimizni tinglab turgan qoshnisi Svetlana Orxireyeva qoshimcha qildi:

Mavzeimizda 50 ta kop qavatli uy bor. Ularning hammasi uchun 3 ta elektr shkaf ornatilgan. Yonginamizda maktab, bolalar bogchasi, stadion bor. Ular ham aholi uchun ajratilgan elektr tarmogidan foydalanadi. Ayniqsa, stadiondagi tungi yoritkichlar ishga tushganda xonadonlarga tok yaxshi yetib kelmaydi. Chiroqlarimiz xira tortib qoladi...

Aholining noroziliklaridan kochaga ham chiqa olmay qoldim, dedi kuyinib 11-uy boshisi Vera Bandarenko. Tamirlangan elektr himoya qutilari xavfsizlikka javob bermaydi. Himoya qutisi ornatilgan joyga yaqin yashovchilar uchun ayniqsa xavf katta. Avval ham bir necha bor usta chaqirganmiz. Ular kelib, 2-fazani ochirib, yoqadi. Unisiga, bunisiga otkazadi. Muammoning kelib chiqish sababini organmasdan, qaytib ketishadi. Kopchilikning maishiy texnika vositalari kuyib, yaroqsiz holatga kelib qolmoqda. Qolimdan kelgani joylarga murojaat qilish. Natijasi esa korib turganingizdek...

Odamlar yana bir qancha muammolar haqida gapirishdi. Aytishlaricha, kech tushgan mahal kopqavatli uylar atrofida osmir yigitlar avtopoyga oynar va bu bolalar hayotiga xavf solayotgan ekan. Bir necha bor kichik avtohalokatlar ham sodir bolgan ekan. Xullas, bir qarashda obod mahalla royxatiga kiritish mumkin bolgan bu hududda oziga yarasha kamchiliklarni kuzatdik. Ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida sorab, masullarga yuzlandik.

Togri, fuqarolar bizga murojaat qildi, dedi Yuzrobod mahalla fuqarolar yigini raisi Abdumalik Ernazarov. Bu holat birinchi marta emasligi ham haqiqat. Mahallamiz faollari bilan qolimizdan kelgan barcha choralarni koryapmiz. Ammo elektr masalasini hal qilish bizga bogliq bolmagani bois, ojizmiz. Prokuror nomiga yozilgan arizani sektorga olib borib berdim. Tez orada ulardan javob kelib qoladi, degan umiddaman.

Hududimizdagi kop qavatli uylardagi muammolar bosqichma-bosqich hal qilinyapti, dedi Yuzrobod Obod Servis shirkati raisi Shohruh Shoyaqubov. Atrofni betonlashtirish ishlari deyarli nihoyasiga yetdi. Ayni paytda hal qilinishi kerak bolgan 3 ta muhim masala bor. Avvalo, aholi xonadonlarini hasharotlarga qarshi dorilash kerak. Ikkinchisi, 11- va 12-uy ortasida yorilgan joy bor, uni tamirlash talab etiladi. Shuningdek, kanalizatsiya quvurlari yangisiga almashtiriladi. Ayni paytda 17-uyda bu ish nihoyasiga yetkazilmoqda. Boshqa masalalarda ham murojaatlarni qayd etib boryapmiz. Aholiga eng yaqin tashkilot bolganimiz uchun har qanday masalada shirkatga va mahallaga murojaat boladi. Qolimizdan kelgancha ularga maslahat beramiz, yol-yoriq korsatamiz, muammolarni bartaraf etishga komaklashamiz.

Aholi murojaatlarini tingladik, savollar, muammolarni ozimiz uchun qayd etdik. Ketmoqchi bolib turganimizda lablari titrab, kozlarida yosh bilan 11-uydan bir ayol yugurib yonimizga keldi. Uyga kirish yolagidagi elektr himoya qutisidan rezinaning kuygan hidi kelayotgani, yongin chiqish xavfi borligini aytdi. Fotomuxbir bilan korsatilgan joyga borganimizda achchiq hiddan yolakka kirib bolmasdi. Biz elektr tizimi mutaxassisi emasligimizni bilib, yugurib kelgan ayolning shashti pasaydi. Kozlarida umidsizlik korindi. Ishxonaga qaytguncha osha ayolning yosh bolam bor, iltimos biror yordam qilinglar, degan gapi xayolimdan ketmadi...

Maqola tayyor bolguncha hudud aholisi bizga bir necha bor qongiroq qildi. Aytishlaricha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi mahalla ahli jurnalistlarni chaqirganidan norozi bolibdi. Bir necha kun davomida lipillab turgan chiroq endi har kuni soatlab ochirib qoyilayotgan ekan...

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: