O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
17.07.2018

ILMIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY FAOLIYaT NATIJALARINI TIJORATLAShTIRISh SAMARADORLIGINI OShIRISh BOYIChA QOShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishni taminlash boyicha keng kolamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 2014-2018 yillarda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglaridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard som ajratilib, ularning natijalariga kora ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakat ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda mavjud salohiyatdan yanada toliq foydalanish zaruratini taqozo etmoqda.

Biroq, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan amalda foydalanishning tahlili ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va joriy etish jarayonida tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan:

birinchidan, oxirgi 5 yil ichida Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etuvchi tijoratlashtirish darajasi yetarli emas;

ikkinchidan, chop etilgan ilmiy maqolalar va yaratilgan intellektual mulk obektlari soni ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari bolib qolmoqda, bunda ularni joriy etish natijalari hisobga olinmayapti;

uchinchidan, davlat va xojalik boshqaruvi organlari ularning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalari uchun, shuningdek, ilmiy-texnikaviy dasturlarga davlat mablaglari sarflanishining samaradorligi uchun lozim darajada masuliyatni namoyon etmayapti;

tortinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning, shu jumladan, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalar royobga chiqarilishida iqtisodiyotning real sektori korxonalari ishtirokini ragbatlantirishning samarali vositalari joriy etilmagan;

beshinchidan, amaldagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etishni taminlamayapti.

Mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni jadal joriy etishni taminlash, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishda ilm-fan hissasini oshirish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning istiqbolli mahalliy yutuqlarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida:

1. Quyidagilar ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarining (keyingi orinlarda muassasalar deb yuritiladi) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sohasidagi asosiy vazifalari etib hisoblansin:

respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;

fanlararo aloqalarni, shu jumladan, xalqaro fanlararo aloqalarni shakllantirish jarayonlarini ragbatlantirish, qoshma dasturlar ishlab chiqish va jamoalarni yaratish;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yonaltirish;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion tadqiqotlarni olib borish;

tadqiqotlarni mamlakatni izchil rivojlantirish boyicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bolgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yonaltirish.

2. Quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari etib belgilansin:

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, korsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan oz ehtiyojlari uchun foydalanish;

tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning tasischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblanadi;

intellektual mulk obektlariga bolgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga otkazish va mazkur obektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish.

3. Vazirlik va idoralar tomonidan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalar royxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, ilovada korsatilgan ishlanmalarni oz vaqtida tijoratlashtirmaganligi va sifatsiz tijoratlashtirganligi uchun ularni joriy etishga javob beradigan shaxslarga nisbatan ularning ortacha oylik ish haqining ottiz foizidan ortiq bolmagan miqdorda jarima shaklida intizomiy jazo choralari qollaniladi.

4. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil va undan keyingi yillarga moljallangan parametrlarini shakllantirishda «Ilm-fan» moddasi boyicha ajratilayotgan mablaglar doirasida quyidagilarni amalga oshirish uchun mablaglarning kamida 20 foizi yonaltirilishini nazarda tutsin:

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, davlat-xususiy ilmiy klasterlarini yaratishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, shu jumladan, byudjet mablaglari oluvchilar faoliyatini tegishli maslahatchilar tomonidan ekspertizadan otkazish, qollab-quvvatlash, xalqaro standartlarga muvofiq biznes-rejalarni tayyorlashga grantlar ajratish.

5. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Fanlar akademiyasining 2018 yil 1 oktabrdan boshlab quyidagilarga qoshimcha bir martalik mukofotlar joriy etish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

patentlangan intellektual mulk obektlari mualliflariga muassasaning byudjetdan tashqari mablaglari hisobidan eng kam ish haqining on baravari miqdorida;

mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablaglarning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida.

6. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda royxatdan otkazilganidan keyin tijoratlashtirilishi lozim, fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi loyihalar bundan mustasno;

muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qoriqlash togrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.

7. Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni taminlash masuliyati yuklatilsin.

8. Xojalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga samarasiz va manaviy eskirgan infratuzilmani almashtirish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirish darajasini pasaytirish imkonini beradigan yangi texnika va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan bogliq tadbirlarni faol moliyalashtirish tavsiya etilsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni organish natijalari asosida quyidagilar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshirish tartibi togrisidagi nizom;

tijorat siri rejimida qoriqlanadigan intellektual mulk obektlariga, shu jumladan, patentlash imkoniyatiga ega bolgan texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlariga (nou-xaularga) bolgan huquqlarni royxatdan otkazish va berish togrisidagi nizom;

mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarining ilmiy jamoalariga qoshimcha bir martalik mukofotlarni tolash tartibi togrisidagi nizom;

b) Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari sonini asosiy mezonlardan biri sifatida nazarda tutgan holda muassasalarning samaradorligini baholash mezonlarini belgilash boyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

v) Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda joriy etishga tayyor ilmiy va ilmiy-texnikaviy natijalarni tijoratlashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda muassasalarga komaklashsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obektlari boyicha axborotning Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi interaktiv internet-portalini yangilash uchun doimiy asosda Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini taminlasin.

11. Belgilab qoyilsinki:

innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalariga muvofiq davlat va xojalik boshqaruvi organlari huzuridagi standartlashtirish boyicha texnik qomitalar tomonidan ishlab chiqiladi;

innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari istiqbolda ananaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan ilgarilab ketadigan boshlangich talablardan iborat bolishi va xalqaro standartlarga yoki rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga mos kelishi lozim;

tajriba va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida yangi innovatsion mahsulotlarga davlat standartlarini royxatdan otkazish va sertifikatlar olishga qilingan xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik goyalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari hisobidan qoplanadi.

12. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muassasalar tomonidan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini xorijda tijoratlashtirishga, shuningdek, ularni xalqaro bozorlarda ilgari surishga diplomatik vositalar orqali komaklashsin.

13. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar (tuman)lar hokimliklari har yili Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xojalik yurituvchi subektlarning buyurtmalari portfelini shakllantirsin.

14. Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari — Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi raisi S.R.Xolmuradov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 14 iyul


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: