O'zb  
 
12.07.2018

35 MASALADAN 29 TASI SESSIYAGA OLIB CHIQILGAN...

Nukus shahridagi «Massaget» mehmonxonasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogiston Respublika kengashi ijroiya qomitasining kengaytirilgan yigilishi bolib otdi. Unda Qoraqalpogiston Respublika, shahar va tuman partiya kengashlarining birinchi yarim yildagi faoliyati muhokama qilindi.

— Bugungi kunda Qoraqalpogistonda jami 15 ta partiyamiz hududiy tuzilmalari faoliyat yuritib kelmoqda, deydi Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan hamkorlikda amaliy Harakat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Harakat dasturida birinchi yarim yillik uchun belgilangan 35 masaladan barchasi deputatlik guruhlari va doimiy komissiya majlislarida korilib, 29 masala sessiyaga olib chiqildi.

Harakat dasturidan tashqari 18 masala deputatlik guruhlari va doimiy komissiya majlislarida korildi. Shundan 16 masala sessiyalarda muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinishiga erishilgan.

Olti oy davomida 286 deputatlik sorovi yuborilgan. Jamoatchilik qabulxonalariga 425 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 375 tasi, yani 88 foizi ijobiy hal etilgan bolib, qolganlari nazoratga olingan.

Moynoq va Beruniy tumanlarida Yoshlar kelajak tayanchi shiori ostida otkazilgan yoshlar forumlarida 800 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.

Tanqidiy ruhda otgan yigilishda partiya tashkilotlari tomonidan yol qoyilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi ijroiya qomitasi, Joqorgi Kengesdagi partiya fraksiyasi azolari, tuman va shahar partiya kengashi raislari, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari azolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.