O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
12.07.2018

YAPONIYADA BMT BOSH ASSAMBLEYASINING MARKAZIY OSIYO BOYICHA REZOLYUTSIYASI HAQIDA

O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi xorijiy mamlakatlar ekspert doiralari vakillari orasida katta qiziqish uygotdi.

Jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqot institutining (Yaponiya) ijrochi direktori Tetsuji Tanaka shunday dedi:

— Ozbekiston Markaziy Osiyoda ozaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatda erishgan yutuqlari orasida mintaqa davlatlari bilan yaxshi qoshnichilik aloqalari ornatilishi va mamlakat xalqaro obrosining oshirilishi boldi.

2017 yil noyabr oyida bolib otgan Samarqand konferensiyasida ishtirok etgandim. Bu tadbirda Shavkat Mirziyoyev yaxshi qoshnichilik va ozaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida Markaziy Osiyo davlatlari savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamda xavfsizlik va barqarorlik masalalarida oz salohiyatlarini samarali amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanliklarini takidlagan edi.

Shubhasiz, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi rezolyutsiyasi say-harakatlarni birlashtirishga, shuningdek, barcha sohalarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tokiodagi Sharqiy Osiyo Strategik markazi eksperti Kiyomitsu Takagi:

Ozbekistonning juratli amaliy say-harakatlar bilan quvvatlangan konstruktiv va tinchlik sari eltuvchi tashqi siyosiy tashabbuslari xalqaro maydonda jiddiy qiziqish uygotmoqda. Toshkentning faol tashqi siyosati Markaziy Osiyoda yaxshi qoshnichilik munosabatlarining va mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi boshlanishiga olib keldi.

Mintaqadagi songgi yirik ijobiy ozgarishlarning xalqaro darajada etirof etilishining muhim natijasi olaroq BMTning Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyotni taminlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari togrisidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi boldi. Ushbu hujjat mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat ortasida siyosat, iqtisodiyot, transport va kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boyicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Xavfsizlik masalalariga, xususan, Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu omil mintaqadagi barcha mamlakatlar xavfsizligini va izchil rivojlanishini taminlashda muhim ahamiyatga ega.

Dunyo AA

Tokio.



DB query error.
Please try later.