O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.07.2018

BUGUN VA ERTAGA SOAT 23:00 DA...

Kutilmagan natijalar, biri-biridan qiziqarli o‘yinlar, yuksak darajadagi ijro mahorati namoyish etilayotgan futbol boyicha jahon chempionatida bugun va ertaga yarim final uchrashuvlari otkaziladi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Sank-Peterburgda Fransiya va Belgiya oyini boshlanadi. Uchrashuvni urugvaylik Anres Kunya boshqaradi. Bu jamoalar yarim finalga osonlikcha yetib kelmadi. Ayniqsa, Belgiya terma jamoasi bosh sovringa da’vogarlardan hisoblangan Braziliyani maglubiyatga uchratgani chempionatning kutilmagan natijalaridan biri boldi. Fransiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega. Demak, oyin shiddatli otishi tabiiy.

Ertaga esa Lujniki stadionida ikkinchi yarim final oyinida tartibli va chiroyli futbol namoyish qilayotgan Xorvatiya terma jamoasi Angliya terma jamoasiga qarshi oynaydi. Mazkur oyin ham soat 23:00 da boshlanadi.

Ikkala yarim finalda maglub bolgan jamoalar 14 iyul kuni soat 19:00 da jahon chempionatining bronza medali uchun maydonga tushadi. Golib bolgan jamoalar esa 15 iyul kuni soat 20:00 da jahon chempionatining kubogi uchun kurash olib boradi.

Shahboz SAIDOV



DB query error.
Please try later.