O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.07.2018

OZBEK RAQS SANATI OLIY MAKTABI

Har bir millat o‘z milliy musiqasi, qoshiqlari kabi milliy raqsiga ham ega. Raqs san’ati soz bilan aytilmaydigan qoshiq. Raqsda quvonch-shodlikni, alam-iztirob, armonni ham korasiz.

Ozbek milliy raqsi tarixida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining ham oz orni bor. Bu dargohda tahsil olgan iqtidorli yoshlar orasidan koplab mashhur raqqos va raqqosalar yetishib chiqqan.

Ozbekistonda raqs sanati sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida 1933 yilda Toshkent shahrida birinchi balet maktab-studiyasi tashkil etiladi. Oz davrining taniqli sanatkorlari usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgunboyeva, Yelena Obuxova, Valentina Gubskayalar yoshlarga raqs sanatidan saboq bera boshlagan. 1947 yilda maktab-studiya Xoreografiya bilim yurti maqomiga ega boldi.

1997 yilda Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya bolimi va Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi.

Bugungi kunda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tarkibida uzluksiz talimni taminlovchi uch bogindan iborat ixtisoslashgan maktab-internat, xoreografiya kolleji hamda bakalavr va magistr darajasidagi mutaxassislarni tayyorlovchi oliy maktab faoliyat korsatmoqda. Ixtisoslashgan maktab-internat va xoreografiya kollejida oquvchilar milliy va mumtoz raqs yonalishlari boyicha talim olib, «Balet artisti» va Milliy raqs ansambli artisti kasbiy malakaga ega boladilar. Shuningdek, Oliy maktabning yuqori bosqichida xoreografiya va sanatshunoslik talimi yonalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda.

— Milliy raqs sanatining rivojlanishiga oz hissasini qoshayotgan pedagogik jamoamiz katta masuliyat bilan mehnat qilmoqda, deydi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori Shuhrat Toxtasimov. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev otgan yili 3 avgustda mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bolib otgan uchrashuvda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga Ipoteka banki homiylik qilishi maqsadga muvofiqligini aytib otgan edi. Ana shu tashabbus tufayli iqtidorli yoshlarimizning xalqaro korik-tanlovlarda qatnashish imkoniyati yaratildi.

Iqtidorli talabalarimiz har yili jahon miqyosida bolib otadigan turli konferensiyalar, tanlovlar, bayramu tantanalarda qatnashib, ozbek halqining manaviy merosi hisoblangan milliy raqslarini butun dunyoga tarannum etib kelishayapti.

Hozir maktabda oquvchi yoshlarning har tomonlama yaxshi bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yana bir yangilik, Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy maktabning bakalavr va magistr talabalari uchun alohida bino Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetining olti qavatli oquv binosi va unga tegishli bolgan hudud bizga berildi. Hozir bu binoda tamirlash ishlari olib borilayapti.

Keyingi paytda ozbek milliy raqs ananalarini buzib, unga bazi bir oziga xos bolmagan harakatlarni suniy ravishda singdirishga urinishlar kozga tashlanayapti. Men bunga tamomila qarshiman. Chunki asrlar boyi sayqallanib kelayotgan bu milliy qadriyatlarimizni buzishga hech kimning haqqi yoq, deb oylayman. Raqs shunday sanatki, xuddi sportda bolganidek, erta-yu kech zaldan chiqmay, mashq qilgan insongina kozlagan maqsadiga erishadi, tomoshabinlar olqishiga sazovor boladi. Oz ustida ishlab, ustozlar talim-tarbiyasini olib, sidqidildan intilgan kishi albatta raqs sanatining choqqisiga chiqadi.

Biz talim jarayonini yanada kuchaytirish, talabalarimizning bilimlarini oshirish maqsadida xorij mamlakatlaridan katta balet artistlari, raqs sanatining malakali mutaxassislarini taklif etmoqdamiz. Bu tajriba katta samara bermoqda. Chetdan kelib, ozbek raqsini organayotganlar ham bor. Yoshlarimiz ertaga mahoratli raqs ustalari bolib yetishishi uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berilayapti, biz ham shunga yarasha javob qaytarishimiz kerak.

Maftuna MIRZAXOJAYEVA,

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabasi.



DB query error.
Please try later.