O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.07.2018

NOGIRONLIGI BOLGAN SHAXSLAR OQISHI UCHUN KVOTA AJRATILGAN, AMMO...

Joriy o‘quv yilidan boshlab nogironligi bolgan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida oqishi uchun qoshimcha davlat granti kvotalari ajratiladi. Bu haqda hukumat qarori bilan maxsus nizom tasdiqlangan.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi oqishga qabul jarayoni qanday tashkil etilishi haqida seminar otkazdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azolari, Oliy va orta maxsus talim, Sogliqni saqlash vazirliklari, Davlat test markazi, Nogironlar jamiyatlari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev nogironligi bolgan shaxslar oqishi uchun ajratilgan davlat granti haqida malumot berdi.

— 2017 yil 1 dekabrdagi Prezident farmoni bilan «Nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlar» dasturi qabul qilingan edi, dedi u. Unda oliy talim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bolgan shaxslar uchun qoshimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi togrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Joriy yil 2 iyunda shu boyicha hukumat qarori qabul qilinib, qoshimcha davlat granti kvotalari asosida oqishga qabul qilish tartibi belgilab berildi. Ushbu hujjatda oliy talim muassasalarida hamda nogironligi bolgan shaxslar oqiydigan bino va auditoriyalarda zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Bu haqda keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish, shu bilan birga, jamoatchilik va parlament nazoratini yolga qoyish dolzarb ahamiyatga ega.

Umid qilamizki, yaratilgan imtiyozlar nogironligi bolgan shaxslarning emin-erkin talim olishida yangi bosqichni boshlab beradi, dedi Oliy va orta maxsus talim vazirligi yetakchi mutaxassisi Abdusamad Mamanazarov. Malumotlarga kora, ayni paytda oliy talimda respublikamiz boyicha 805 nafar nogironligi bolgan shaxslar tahsil olmoqda. Bu yil esa qoshimcha kvota hisobiga 1386 nafar abituriyent oqishga qabul qilinadi. Hozirga qadar oqishga qabul qilinayotgan nogironligi bolgan shaxslar umumiy tanlovda ishtirok etardi. Yangi tartib boyicha nogironligi bolgan shaxslar orasida alohida imtihon otkazish belgilangan. Kvota asosida qabul qilinishi uchun ballari yetmagan abituriyentlar esa umumiy tanlovda ishtirok etadi. Aytish kerakki, kozi ojiz nogironligi bolgan shaxslar uchun tanlovda kvota ajratilmagan. Bunday abituriyentlar togridan-togri grant asosida oqishga qabul qilinadi. Bularning barchasi uchun abituriyentdan 11 yillik maktab talimi yoki orta maxsus talimda oqigani haqidagi hujjat hamda birinchi yoxud ikkinchi guruh nogironi ekanini tasdiqlovchi tibbiy xulosa taqdim etilishi kerak.

Nogironligi bolgan shaxslar bilan ishlash uchun maxsus komissiya tuzildi. Ular hujjatlarni qabul qilish, kasbga yonaltirish va boshqa masalalarda suhbatlar otkazish vazifasini bajaradi. Qabul komissiyasi muddati tugagach, barcha nogironligi bolgan abituriyentlar haqidagi malumotlar davlat test markazi bazasida shakllantiriladi.

Davlat test markazi masul xodimi Gulbahor Madrahimova nogironligi bolgan shaxslarning imtihon topshirish usullari haqida toxtalib otdi. Nizomga kora, bu umumiy test yoki ijodiy imtihon topshirish shaklida bolib otadi. Toplangan ballar eng yuqori ballning 30 foizidan kam bolmagan miqdorda ketma-ketlik asosida hisobga olinadi. Malumot ornida aytish kerak, bu yil test imtihonlariga ozgartirish kiritilgan, yani har bir fan boyicha 30 tadan savol beriladi. Eng yuqori ball 189 bolib, uning 30 foizi 56,7 ballni tashkil qiladi. Belgilangan kvotadan tashqari abituriyentlar umumiy tartibda shartnoma asosida ham oqishga qabul qilinishi mumkin.

Seminar qizgin munozaralar bilan davom etdi.

Avvalambor OzXDPga rahmat. Ular bizni hamisha qollab-quvvatlab kelgan va bir yil ichida doimiy aloqalar yanada mustahkamlandi, dedi Ozbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi orinbosari Farhod Abdurahmonov. Bu kamchiliklarni bosqichma-bosqich hal etish imkonini bermoqda.

Oliy va orta maxsus talim vazirligining munosabati bizni biroz hayron qoldirdi. Vaholanki, ular belgilayotgan tartib-qoidalar bevosita nogironligi bolgan shaxslar hayotiga daxldor bolsa-da, ular orasidan biror-bir vakil nizomni ishlab chiqishda ishtirok etmagan. Mutasaddi tashkilotlardan bu haqda soraganimizda esa ular bizga ijrochilar qatorida yoqligimizni, hujjat qabul qilingach, oz fikrimizni bildirishimiz mumkinligini aytishdi. Bu nogironligi bolgan shaxslarning huquqlarini poymol qilish bilan barobar, deb hisoblaymiz.

Nogironligi bolgan shaxslar uchun ajratilayotgan qoshimcha kvotaga kelsak, bizning taklifimiz inobatga olinganidan xursandmiz. Nogironligi bolgan shaxslarga berilayotgan hamda oqishga kirish uchun topshiriladigan 086 shakldagi 15 yonalishdagi vrach korigidan otganlik haqidagi tibbiy xulosalar shaxsning holatini namoyon qiladi. Demak, imtihonda qatnashish istagini bildirayotgan abituriyentlarni suhbatdan otkazish uchun tuzilgan komissiyaga hojat yoq. Chunki tibbiy mehnat ekspert komissiyasi hamda oilaviy poliklinika bergan xulosa rasmiy hujjat hisoblanadi. Oliy va orta maxsus talim vazirligining vazifasi abituriyentlarning sogligi yoki ruhiy holatini tekshirish emas, balki oqitishdan iborat, deb oylayman. Ekspert komissiyasi bergan malumotnomani tekshirishning hojati yoq. Ular davlat royxati asosida raqamlanadi.

Masalan, men birinchi guruh nogironiman va aravachada yuraman. Ammo fan nomzodi bola oldim. Nogironligi bolgan shaxslarga imkoniyatlar kengaytirilsin, deymiz. Ular boqimanda emas, hamma qatori oziga xos salohiyatga ega shaxs ekanini isbotlashi uchun sharoit yaratilishini istaymiz. Buning uchun har bir abituriyentning imkoniyati inobatga olinishi, ular uchun teng sharoitlar yaratilishi kerak.

Yaqinda nogironlar jamiyatlari azolari bilan birga 12 oliy talim muassasasidagi sharoit bilan tanishdik. Afsuski, ularda nogironligi bolgan shasxlar uchun kerakli sharoit yaratilmagan. Nogironligi bolgan yigit-qizlar ertaga oqishga kirgandan keyin qiynalib yurmasin, deymiz. Bu muammoni hal qilmay turib, kutilgan natijaga erishib bolmaydi...

Ishtirokchilar yana qator masalalarda oz fikr-mulohazalarini bildirdi, takliflar muhokama etildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.