O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.07.2018

DEPUTATNING ISHIGA HAQIQIY BAHONI XALQ BERADI

Tahririyatimizda deputatlik mas’uliyati haqida davra suhbati o‘tkazilgan edi. Unda Toshkent shahar tuman Kengashlari tashkil etilganiga yarim yil bolayotgani, shu vaqt davomida deputatlarimiz ishni qanday yolga qoygani, qanday tashabbuslar bilan chiqayotgani, bugun xalq vakillari zimmasida ulkan masuliyat turgani xususida soz yuritilgandi. Gazetamizning 19 iyun sonida «Eng katta vazifa ishonchni oqlashdir» sarlavhasi ostida bir guruh deputatlarning shu masalalardagi fikr-mulohazalari berilgan edi. Ushbu mavzu yuzasidan tahririyatimizga koplab murojaatlar bolmoqda. Ularning orasida Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatlari fikr-mulohazalari bitilgan elektron xatlar ham bor. Deputatlar hududlardagi muammolar va ularning yechimi boyicha oz takliflarini bildirishmoqda.

Feruza HAYDAROVA, xalq deputatlari Mirzo Ulugbek tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori orinbosari — bosh shifokori:

Otgan yil 24 dekabr kuni Toshkent shahar tuman Kengashlariga otkazilgan saylovda partiyamiz jami 50 deputatlik ornini qolga kiritdi. Shular qatorida men ham borligimdan faxrlanaman. Tabiiyki, masuliyatim ming karra oshganini ham bilaman. Deputatlik faoliyatimning ilk kunlarida ishni nimadan boshlashni bilmay yurdim. Shu vaqtda qabulimga kelgan bir bemor istiqomat qilayotgan hududidagi ozini oylantirayotgan ijtimoiy muammo xususida gapirib qoldi. Undan hududingizdan saylangan deputatga murojaat qilmadingizmi, deb soradim. U esa bu haqda oylab ham kormaganini bildirdi. Rosti, juda xafa boldim. Goyo saylovchim bilan suhbatlashayotgandek his etdim ozimni. Shu kuni 10-Alpomish okrugi tomon yol oldim. Xayolimda deputat aslida kim, deb takrorlardim. Uchrashuvdan song esa deputat xalqning xizmatidagi shaxsligiga yana bir marta amin boldim. Shundan buyon har bir fuqaro bilan suhbatlashishdan erinmayman. Muammoni hal etmaguncha tinchimni topolmayman. Bu jarayonlardan huzurlanadigan boldim.

Deputat bolib saylanganimda hududimiz tinch va osoyishta, aytarli muammo ham yoq, deb oylagandim. Yanglishgan ekanman. Aholi orasida ehtiyojmand, nogironligi bolgan shaxslar, yolgiz keksalarni oylantirayotgan masalalar yetarlicha topilar ekan. Har oy deputatlik hisobotini yozarkanman, amalga oshirilgan ishlar bilan birgalikda kelajak uchun rejalar ham tuzib boraman. Murojaatlar bilan tanishaman. Masalan, 171-maktab oqituvchilari tomonidan yozma murojaat kelib tushdi. Uning mazmuni bilan tanishib, ochiq muloqot otkazishga ahd qildik. Aholiga qanchalik yaqin bolsak, ularning ishonchini qozonishimiz shunchalar oson bolishini bildik.

Men bosh shifokor lavozimida ishlayman. Tabiiyki, har kuni kopchilik bilan muloqotda bolaman. Bundan tashqari, shifoxonamizda ishlayotgan xodimlar hayot tarzi bilan yaqindan tanishib borishim, muammolarini organib, yechim topishda komaklashishim ham lozim. Hali qiladigan ishlarimiz talaygina. Deputat sifatida faoliyatimdan tola qoniqqanim yoq.

Oilalarga kirib borganimizda ishsizlik yoki uy-joy, sogliqni saqlash tizimi bilan bogliq muammolar uchraydi. Kop qavatli uylarda kommunal tolovlarning oshib borishidan aholida norozi kayfiyat shakllanmoqda. Bularning barini birdaniga hal etib bolmaydi, albatta. Shuni hisobga olib, saylovchilarga har bir vaziyat yuzasidan atroflicha huquqiy va iqtisodiy tushuncha berishga harakat qilamiz. Yol-yoriq korsatamiz. Ularga muammo birdaniga hal boladi, deb ayta olmaymiz. Bazi masalalarning yechim topishi mutasaddi tashkilot rahbarlariga ham bogliq. Ular deputat soroviga befarqlik qilmasa, deputatning ham saylovchilar oldida yuzi shuvut bolmaydi.

Ozbekiston ovozi gazetasida chop etilgan Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatlarining fikr-mulohazalari bilan tanishdim. MENDA HAM BIR TAKLIF BOR. Viloyatlarda, tuman va chekka qishloqlarda tibbiy xodimlar yetishmaydi. Shu bois tibbiyot oliygohlarida viloyatlar kesimida barcha tibbiy yonalishlar boyicha kvotalarni oshirish lozim, deb oylayman. Kvota asosida oqishga kirgan talabalarning oz hududlarida faoliyat olib borishini taminlash zarur. Chekka qishloq va xududlarda kichik poliklinikalar joriy etish kerak. Albatta, bu masalalarda respublikamizda muayyan ishlar amalga oshirilyapti, lekin bu jarayonni yanada jadallashtirish kerak.

Akmal YOLDOSHEV, xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, Qibray tumanidagi Gulshan sanatoriysi direktori:

2-Islomobod saylov okrugidan deputatlikka saylanganman. Tiklanish mahallasi ham bizning saylov okrugimiz hududida joylashgan. Hududimizda kop qavatli uylar yoq. Shu boisdanmi, shirkatlar faoliyati borasida hech kim shikoyat qilmaydi. Bizda ishsiz odam deyarli topilmaydi. Biror fuqaro ishsizligini bilganimiz zahoti mahalladoshlar komagida uning bandligi taminlanadi. Bularning barchasi mahalla ahlining ahilligidan, deb bilaman.

Oyda ikki-uch marta saylovchilar bilan uchrashuv otkazamiz. Ularni oylantirayotgan masalalarni aniqlab, tegishli tashkilotlarga deputatlik sorovi yuboramiz. Bunday vaziyatlarda mutasaddi tashkilot va masullar yordamiga muhtoj bolamiz. Shu orinda alohida takidlamoqchiman, har qanday masalaning hal bolishi deputat shaxsiyatiga, qatiyatiga bogliq. Yani, deputat ruhan kuchli inson bolsa, muammoni hal etmaguncha tinchimaydi. Boshqalarga ham tinchlik bermaydi. Boshida qiynalishi, yugur-yugurlardan toliqishi mumkin. Ammo uning amaliy ishlari aholi orasida etirof etila boshlagach, har qanday tashkilot, har qanday mutasaddi rahbar deputat bilan hisoblashadi. Bunga oz faoliyatim misolida amin bolganman.

Rosti, Toshkent shahar tuman Kengashlariga saylov bolishini eshitganimda, deputat sifatida nomzodimni qoyish xayolimga ham kelmagan edi. Yunusobod tuman partiya kengashi raisi Nigora Eshmatova bu haqda aytganida, masuliyatdan biroz chochidim ham. Ammo uning aholiga foydangiz tegsin, deyman-da, degan gaplaridan song ishtiyoq paydo boldi. Mana, saylovdan keyin olti oy otdi. Shukrki, deputat sifatida muayyan ishlarni amalga oshirishga ulgurdim. Bir nechta nogironligi bolgan, ehtiyojmand oila vakillariga bepul davolanish uchun order olishida komaklashdim. Ozim faoliyat olib borayotgan sanatoriyda ham ehtiyojmand kishilar uchun imtiyozli tarzda dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratdik. Hududdagi muammolar yuzasidan sessiyaga masala olib chiqdik. Bu boyicha sessiya qarori qabul qilingan bolib, ayni vaqtda uning ijrosini nazorat qilyapmiz.

Tinchlik mahallasi hududidagi Gulyor 6-tor kochasi Toshkent shahri hududiga qoshilgandan buyon asfalt qilinmagan. Kochaning 40 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, xolos. Elektr sim yogochlarini almashtirish, tungi yoritkichlar ornatish lozim. Bu masalalarni chuqur organib, keyingi yil Davlat dasturiga kiritish boyicha tuman hokimiga deputatlik sorovi yubordik. Sorovga oz vaqtida ijobiy javob ham oldik. Amalga oshirgan say-harakatlarimizdan aholi mamnun. Harakatni susaytirmaslik kerakligini biz, deputatlar yaxshi anglab yetyapmiz. Zero, Toshkent shahar tuman Kengashlariga saylov bejizga otkazilmadi. Joylardagi haqiqiy ahvolni organish, ijro hokimiyatiga aniqlangan muammolar yuzasidan takliflar berish maqsad qilingandi. Bir soz bilan aytganda, katta yukni zimmamizga olganmiz. Vaqti kelib, saylovchilar bizdan hisob soraydi, ishimizga haqiqiy bahoni jamoatchilik beradi. Biz bunga tayyor turishimiz lozim, deb oylayman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: