O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.06.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING ON BESHINCHI YALPI MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2018 yil 29 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisi davom ettirildi.

Senatorlar Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boyicha faoliyati togrisidagi axborotini eshitdilar.

Ta’kidlanganidek, 2018 yilning otgan davrida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda ifoda etish va 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 yanvardagi nutqida va 5 apreldagi «Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yonalishlarini amalga oshirishda uning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish boyicha kompleks ishlar amalga oshirilgan.

Tovarlar eksportini amalga oshirish masalasida AQSh, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Belgiya, Bangladesh, Hindiston, Italiya, Malayziya, Latviya, Xitoy, Koreya, Chexiya, Tailand va BAAda tashkil etilgan xalqaro korgazmalarda ishtirok etishda mamlakatimiz kompaniyalari hamda korxonalariga vazirlik tomonidan amaliy komak berilgan. Korgazmalar yakunlari boyicha qariyb 83,5 million dollarlik savdo shartnomalari imzolangan.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida 2018 yilning yanvar-may oylarida xorijga tashriflar va muloqotlar natijasida qiymati 17 milliard dollarlik 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish togrisida dastlabki kelishuvga erishildi. Joriy yil 1 iyun holatiga kora, diplomatik missiyalar tomonidan 10,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga komaklashildi.

Muhokama chogida Tashqi ishlar vazirligi oldiga qoyilgan vazifalarni yanada samarali bajarishga tosqinlik qilayotgan muammolar mavjudligi ham qayd etildi. Xususan, tovarlarni eksport qilish, investitsiyalar va turistlarni jalb etish masalalari boyicha Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar tomonidan vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan takliflar sohaga ixtisoslashgan idoralar, hokimliklar tomonidan oz vaqtida korib chiqilishi taminlanmayapti.

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boyicha tavsiyalar berdilar. Jumladan, xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirish boyicha samarali ishlarni amalga oshirish maqsadida Ozbekistondagi islohotlar va yangilanishlarning borishi togrisida xalqaro hamjamiyatga xolis axborot yetkazish uchun Dunyo axborot agentligining faoliyatini kuchaytirish, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi muassasalari faoliyatini nafaqat son, balki sifat korsatkichlariga, shuningdek, idoralararo hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish togrisidagi qonun hujjatlarini tatbiq etishga etibor qaratish zarurligi takidlandi. Muhokama yakunlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan song senatorlar Andijon viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitdilar.

Andijon viloyati hokimining hisobotida qayd etilganidek, viloyatni kompleks rivojlantirish va bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari salohiyatidan foydalanish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2017 yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmining osishi 106,7 foizga yetgan. Tegishli dasturlar doirasida 1,5 trillion somdan ziyod investitsiyalar ozlashtirilib, qariyb 3040 ta loyiha amalga oshirilgan. Buning evaziga 42,3 mingdan ortiq yangi ish orni yaratilgan. 2476 ta xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subekti tashkil etilgan, tijorat banklari tomonidan ularga 1,2 trillion somlik kredit ajratilgan.

Otgan yilda 99 ta korxona eksport qiluvchi korxonalar safiga qoshilgan. Natijada viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qilinayotgan mamlakatlar soni 18 taga yetgan, eksport hajmi qariyb 130 million AQSh dollarini tashkil etgan.

130 ta ijtimoiy soha obekti – shifoxonalar, maktablar, maktabgacha talim muassasalari, ichimlik suv inshootlari foydalanishga topshirilgan. 24 ta qishloq massivida 1165 ta arzon uy-joy, shu jumladan, profilaktika inspektorlari uchun 326 ta xizmat uyi barpo etilgan.

Viloyatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Har bir oila — tadbirkor dasturini amalga oshirish boyicha ishlar boshlangan.

Jumladan, jami 497 ming 162 ta xonadon (jami xonadonlarga nisbatan 93 foiz) birma-bir organib chiqilib, 200 ming 505 ta xonadon egalarining 2 trillion 959 milliard som miqdoridagi kredit mablagiga xohishi borligi aniqlangan. Ushbu xonadonlarga birinchi bosqichda 800 milliard som mablag ajratilib, aholining tadbirkorlik bilan shugullanishi uchun sharoit yaratilgan.

Shu bilan birga, senatorlar Andijon viloyatida hududlarni rivojlantirishga hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirishga salbiy tasir korsatayotgan muammo va kamchiliklar borligini, mavjud salohiyatdan toliq foydalanilmayotganini takidladilar. Xususan, tadbirkorlik subektlari duch kelayotgan muammolarni oz vaqtida bartaraf etish choralari lozim darajada korilmagani oqibatida 2018 yilning birinchi choragida 251 ta kichik biznes subekti faoliyati toxtatilgan va koplab ish orinlari yoqotilgan. Aholi ehtiyojlariga mos ravishda ish orinlari tashkil etish, mavjud ish orinlarini malakali kadrlar bilan toldirish masalalari toliq hal etilmayapti.

Viloyatda aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy (suyultirilgan) gaz bilan toliq va uzluksiz taminlash borasida muammolar mavjud. Elektr tarmoqlarining ayrim qismlari foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan. Joriy yilda gaz quvurlarini mukammal tamirlash boyicha belgilangan reja bajarilmagan. Viloyatning ichki xojalik yollari tamirtalab ahvolda.

Muhokama yakunlari boyicha mazkur muammolarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati organlari masuliyatini kuchaytirishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.

Songra senatorlar Toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagishlangan tadbirlarni tartibga solish masalasini muhokama qildilar.

Takidlanganidek, organishlar davomida davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida 10 mingdan ziyod uchrashuv, davra suhbati va targibot tadbirlari tashkil etildi. Muhokamalarda 120 mingdan ortiq mutaxassis va ekspertlar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi. Respublika ishchi guruhi azolari, xususan, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi tomonidan 250 mingdan ortiq fuqaro ortasida sorovnoma otkazildi.

Davriy bosma nashrlarda oilaviy tadbirlar bilan bogliq 350 dan ziyod tahliliy-axborot material elon qilindi, markaziy teleradiokanallarda 150 dan ziyod korsatuv, tok-shou va reportajlar, 450 dan ortiq eshittirish efirga uzatildi. Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan xabarlar 4 million marotaba oqildi, 1,3 milliondan ortiq fuqaro ishtirokida muhokama qilindi.

Takliflarni ishlab chiqishda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, din idoralari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, toyxona, kafe va restoranlar egalari, sanat ahlining fikr-mulohazalari etiborga olindi.

Muhokamalar mobaynida joylarda allaqachon ixcham toylar otkazila boshlangani, bu tashabbusni xalqimiz xayrixohlik bilan qabul qilayotgani, qollab-quvvatlayotgani alohida takidlab otildi.

Shu bois xalqimizning milliy urf-odatlaridan, hududlarning oziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagishlangan tadbirlarni ixcham, kamxarj, dabdabasiz otkazish zarur, degan xulosaga keldilar.

Toy-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham otkazishni yolga qoyishga odamlar ortasida keng kolamli targibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarimiz asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli otkazishni keng jamoatchiligimiz va har bir inson ongli ravishda anglab yetmogi lozim.

Shuning uchun ham Senatning qabul qilingan qarorida Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Xotin-qizlar qomitasi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ommaviy axborot vositalari hamkorlikda targibot ishlarini olib borishi zarurligi qayd etildi. Xususan, toylarni otkazishda milliy urf-odat va ananalarni mensimaslik, isrofgarchilik holatlarining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yolga qoyish belgilandi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qomitasi zimmasiga Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oilaviy tadbirlarning otkazilishi yuzasidan monitoring, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshiriladigan deputatlik va jamoatchilik nazorati natijalarini tahlil qilib, Senat Kengashiga muntazam ravishda tegishli axborot kiritib borish vazifasi yuklatildi.

Shundan song senatorlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati togrisidagi Konstitutsiyaviy Qonunga va Parlament nazorati togrisidagi Qonunga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarligi holati yuzasidan Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripovga parlament sorovi yuborish haqidagi masalani korib chiqdilar.

Sozga chiqqanlar mamlakatimizda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda, shu jumladan, mamlakatimizning mudofaa salohiyatini mustahkamlash sohasida keng kolamli islohotlar olib borilayotganini qayd etdilar. Xususan, mamlakatning yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilinib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, milliy armiyani shakllantirish va rivojlantirishning istiqbolli yonalishlari mustahkamlab qoyildi. Shu bilan bir vaqtda Qurolli Kuchlarni yanada isloh qilish va rivojlantirishga, mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda tobora ozgarib borayotgan xalqaro vaziyat tahlili, jamiyatning manaviy-axloqiy negiziga, osib borayotgan avlodning ongiga axborotlar bilan ruhiy tasir otkazishga urinishlar oshib borayotgani yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini, osmirlarning harbiy tayyorgarligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda.

Senat tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmat qilishga, ushbu xizmatni tashkil etish va otashga oid hujjatlar ijrosi, shuningdek, yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangich tayyorlash ishlari organildi hamda tahlil qilindi.

Ularni korib chiqish natijalari boyicha senatorlar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va otash masalalari, shuningdek, umumiy orta, orta maxsus va kasb-hunar talimi muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, chaqiruv yoshi chegarasini qisqartirish, chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik fani oqituvchisi lavozimlariga kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, malakali, ish tajribasiga ega shaxslarni, shu jumladan, zaxira va rezerv ofitserlarini tayinlash chora-tadbirlari togrisida asoslantirilgan izohlar berish iltimosi bilan parlament sorovi yuborildi.

Shundan song senatorlar Ozbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini, Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini tayinlash, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga ozgartishlar kiritish togrisidagi masalalarni korib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildilar.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham korib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Umuman olganda, on beshinchi yalpi majlis davomida Senat vakolatlariga kiradigan 23 ta masala, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini taminlashga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi 10 ta qonun korib chiqildi.

Shuning bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisi oz ishini yakunladi.



Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: