O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.10.2012

OzLiDeP NUQTAI NAZARI OZ ELEKTORATI MANFAATIGA ZID

O‘zXDP esa real hayot, jahon tajribasi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining bugungi darajasi talablaridan kelib chiqadigan taklifni ilgari surmoqda

YaQINDA OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASINING YaLPI MAJLISIDA «XUSUSIY BANKLAR VA MOLIYa INSTITUTLARI HAMDA ULARNING FAOLIYaTI KAFOLATI TOGRISIDA»GI QONUN LOYIHASI BIRINChI OQIShDA MUHOKAMA ETILDI.

Avvalo ta’kidlash kerakki, mazkur qonun loyihasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan.

Hujjat moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish, xususiy banklar, lizing, sugurta, mikrokredit tashkilotlari va boshqa shu kabi xususiy mulkchilikka asoslangan moliya institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularga tizimli rivojlanishi uchun imkoniyat yaratish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb qilish maqsadlariga qaratilgan. Qonun loyihasi bank va boshqa moliya bozorida korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga, zamonaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishga yanada qulay shart-sharoit yaratadi.

Qonun loyihasida xususiy banklar va moliya institutlari ustav fondining ellik foizidan ortigi jismoniy shaxslar hamda ustav fondida davlat ulushi bolmagan yuridik shaxslar tomonidan shakllantirilishi togrisida meyor kiritilmoqda. Xususiy banklar va moliya institutlarining faoliyatiga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy aralashishiga yol qoymaydigan qoidalar nazarda tutilmoqda. Shuningdek, xizmatlar uchun tariflarni mustaqil belgilash, faoliyatni amalga oshirish erkinligining kafolatlari mustahkamlanayapti. Umuman, qonun loyihasi xususiy banklar va moliya institutlariga teng imkoniyat yaratishga hamda ular faoliyatining davlat kafolatlari tizimini kuchaytirishga qaratilgan.

Muhokamalar chogida Ozbekiston XDP fraksiyasi qonun loyihasini qollab-quvvatladi. Shu bilan birga oz nuqtai-nazarini ilgari surdi.

Fraksiya xususiy bank va xususiy mulkka asoslangan moliya institutlari tizimini oqilona tartibga solish ular faoliyatining ijtimoiy yonaltirilganlik darajasini kuchaytiradi, deb hisoblaydi. Bank sohasida raqobatning kuchayishi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, zamonaviy bozar infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida bu sohaning ulushi ortib borishiga, hususiy, oilaviy tadbirkorlik rivojiga katta hissa qoshadi.

Ozbekiston XDP ishonadiki, qonun moliya-bank tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiviy faollikni kuchaytiradi hamda mehnat bozorini kengaytirish, aholi bandligi darajasini oshirishga keng imkon yaratadi. Bu esa partiyamizning dasturiy maqsadlariga tola mosdir.

— Ammo hayotning ozi korsatmoqdaki, agar davlat nazorati bolmasa hamda ushbu sohaga chegarasiz erkinlik berilsa, moliya-bank tizimi mort va zaif boladi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Aliya Yunusova. 2008 yilda boshlanib bugun tobora chuqurlashuv tendensiyasiga ega bolgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi aynan bank tizimidan, moliya-bank sohasidagi ota liberallashuv va nazoratning yoqligi oqibatida kelib chiqqani fikrimizning yorqin isbotidir. Faqat chuqur oylangan va oqilona siyosat, davlat ozining bosh islohotchilik funksiyalarini samarali bajarib kelayotgani, bank tizimining davlat tomonidan muttasil qollab-quvvatlab kelinayotgani, bu sohada davlat nazorati oz meyorida olib borilgani natijasida mamlakatimiz bank-moliya sohasi, iqtisodiyotimiz katta talofatlar va yoqotishlardan saqlanmoqda.

Shularning barchasini hisobga olib, fraksiyamiz xususiy banklar va moliyaviy institutlar faoliyatini tartibga solishda albatta davlatning motadil nazorati bolishini qollab-quvvatlaydi. Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatlari doirasidagi bu nazorat moliya-bank tizimi xavfsiz rivojlanishini va ular xizmatlaridan foydalanuvchilar, shu jumladan, tadbirkorlarning ham, omonatchilarning ham manfaati himoyasini taminlashga xizmat qiladi.

XXI asr gazetasining 4 oktyabr sonida chop etilgan maqolada liberallar OzXDP fraksiyasi banklar faoliyatida davlat nazoratini kuchaytirishni talab etmoqda, deb bizning pozitsiyamizni notogri talqin qildi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Anvar Boyqulov. Aslida biz banklar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish emas, amaldagi qonunlarda mavjud, har jihatdan ozini oqlagan nazorat funksiyalarini saqlab qolish tarafdorimiz. Davlat nazoratini haddan tashqari susaytirib yuborishga qarshimiz.

Hammamizga yaxshi malumki, bugungi kunda boshi berk kochaga kirib qolgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi rivojlangan mamlakatlardagi bank-moliya sohasida yaratib berilgan cheksiz erkinliklarning natijasidir. Bu erkinliklar bugungi kunda, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Portugaliya kabi davlatlar aholisining noroziliklari, ommaviy tartibsizliklarga olib keldi. Bunday noxush holatlar vaqt otishi bilan kamayish orniga kengayib borayapti.

Tajribadan korinib turibdiki, banklar va moliya institutlarining faoliyati yuzasidan davlat nazorati meyorlarining susaytirilishi bank va moliya tizimi barqarorligiga salbiy tasir korsatadi. Bundan tashqari, moliyaviy piramidalar, moliviy kopiklar paydo bolishiga olib kelishi mumkin.

Biz liberallar qollab-quvvatlayotgan va inqirozga olib keladigan yoldan emas, vatanimiz yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladigan, xalqimizning ertangi farovon turmushini kafolatlaydigan yoldan boraverishimiz kerak.

Bu haddan ziyod ehtiyotkorona yondashuv, xususiy bank va moliya tizimiga ishonchsizlik emas, balki uzoqni oylab, real hayot, jahon tajribasi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining bugungi darajasi talablaridan kelib chiqadigan nuqtai nazardir.

Bu qonun kuchga kirganidan song uning meyorlari boshqa qonunlar bilan birgalikda qollanadi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Dilbar Xoliqova. Aynan bank tizimi faoliyatini tartibga solayotgan Banklar va bank faoliyati togrisida, Sugurta faoliyati togrisida, Lizing togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari shular jumlasidandir.

OzXDP xususiy banklar hamda boshqa moliya institutlari faoliyati ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish taklifini ilgari surayotgani yoq va bundan manfaatdor ham emas. Biz avvalo bu tizim kelajakda barqaror ishlashi, bank-moliya xizmatlari sohasida raqobatning kuchayishi, xizmat korsatish sifatining ortishi, eng muhimi, bundan jamiyatimizning barcha qatlami tadbirkorlar ham, ijtimoiy muhofazaga muhtoj kishilar ham manfaatdor bolishi tarafdorimiz. Ilgari surayotgan taklifimiz aynan ana shu maqsadga qaratilgan.

OzLiDeP fraksiyasining fikricha, xususiy moliyaviy-kredit institutlari faoliyati tekshiruvlarini sezilarli ravishda chegaralash va tartibga solish ularning moliyaviy xizmatlar tezkor rivojlanayotgan bozorlaridagi erkinligini taminlaydi.

OzXDP ham davlat organlari, nazorat va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari xususiy bank va moliyaviy institutlarining kredit portfeli va boshqa aktivlarni shakllantirish bilan bogliq tadbirkorlik xavflarini boshqarish boyicha faoliyatiga aralashishga mutlaqo qarshi. Partiyamiz fraksiyasining nuqtai nazari ular faoliyatiga aralashish haqida emas, motadil davlat nazoratini saqlab qolish togrisida ketayapti. Bu ikkalasining juda katta farqi bor.

Xususiy banklar va moliya institutlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga qatiy rioya etishi kerak. Bundan tashqari, oz kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turish, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etish, shuningdek, zarar korish xavfini kamaytirish maqsadida oz aktivlari diversifikatsiyalanishini taminlash, ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshirish, qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda hujjatlarni oz arxivida saqlash kabi majburiyatlarni sozsiz bajarishi zarur.

Amaldagi qonunlarga kora, Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasini taminlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, banklar uchun majburiy bolgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi. deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Ulugbek Zokirov. Markaziy bankning topshirigiga kora, banklar Ozbekiston Respublikasi davlat byudjetining gazna ijrosiga doir operatsiyalarni bajaradi.

2011 yilning noyabrida yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro Valyuta jamgarmasi missiyasining bayonotida, jumladan shunday deyiladi: Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqoror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi.

Jahon tajribasi korsatayaptiki, bank-moliya tizimidagi beqarorlik butun mamlakat taraqqiyotini ortga tortadi. Bitta bank bankrotga uchrasa, bu qancha odamni sarson-sargardon qiladi. Nafaqat bank-moliya tizimining barqarorligiga, balki oddiy fuqaro, xojalik yurituvchi subektlar va u yerda ish bilan band xodimlar manfaatiga salbiy tasir korsatadi.

Biz rivojlangan mamlakatlar tajribasi, bank-moliya sohasidagi yutuq va kamchiliklarini etibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Bundan tegishli xulosa chiqarib, mamlakatimiz bank-moliya tizimini yanada mustahkamlash va barqarorligini taminlashga erishishimiz zarur. Qabul qilayotgan qonunlarimiz aynan ana shu maqsadga xizmat qilishi kerak. Fraksiyamiz nuqtai nazari shunday...

OzLiDePning pozitsiyasini esa oz elektorati manfaatiga zid, deb hisoblaymiz.

Behzod ShUKUROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: