O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.06.2018

MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA TINCHLIK, BARQARORLIK VA IZCHIL TARAQQIYOTNI TAMINLASH BOYICHA MINTAQAVIY VA XALQARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh Assambleyasi

18 iyun 2018 yil

Yetmish ikkinchi sessiya

Kun tartibining 65-bandi

Tinchlikni barpo etish va tinchlikni asrash

Qozog‘iston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozbekiston: rezolyutsiya loyihasi

Bosh Assambleya,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va prinsiplarini ilgari surish boyicha mintaqaviy hamkorlikni yolga qoyishga doir choralar qabul qilinishi ragbatlantiriladigan Nizomi qoidalariga amal qilib,

Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni ragbatlantirish borasidagi muhim rolini tan olgan holda,

Markaziy Osiy mamlakatlari duch kelayotgan zamonaviy tahdid va xavflarni etiborga olib,

Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va rivojlanish sohalaridagi yirik mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarini, shu jumladan:

a) Yadro qurolidan va boshqa ommaviy qirgin qurollaridan xoli bolgan tinchlikka erishishga yonaltirilgan samarali chora sifatida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonaning tashkil qilinishi,

b) Bosh Assambleya tomonidan yadro qurolidan xoli dunyo barpo etish maqsadiga erishishning asosiy vositalaridan biri sifatida 29 avgust – Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi harakatlar kuni, deb elon qilinishi,

v) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini va Ashxobod deklaratsiyasini amalga oshirish boyicha birinchi mintaqaviy qoshma harakatlar rejasining qabul qilinishi,

g) yadroviy sinovlar va radioaktiv chiqindilar qoldiqlaridan kelib chiqadigan tavakkalchiliklarni «uran qoldiqlari omborxonalari»ni bartaraf etish,

d) 2018-2028 yillar davrini Suv barqaror taraqqiyot uchun xalqaro on yilligi deb elon qilish,

ye) energiya tashuvchilar va energetik resurslarning ishonchli va barqaror tranzitini, jumladan, mavjud mintaqaviy energetika loyihalarini samarali amalga oshirgan holda taminlash,

j) transport va tranzit koridorlarini qollab-quvvatlashning barqaror, rentabelli infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, yangi avtomobil va temir yollar, shuningdek, avia yonalishlar ochish orqali transport va tranzit masalalari boyicha Markaziy Osiyoni qamrab oluvchi bitimlarni amalga oshirish barobarida transportning barcha turlari boyicha aloqalarni mustahkamlash,

z) ekotizimlar, bioxilma-xillik hamda flora va faunaning eng muhim turlari himoyasi taminlanishini qayd etgan,

Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2030 yilgacha bolgan davrga moljallangan barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amalga oshirishga yonaltirilgan xatti-harakatlarini va unda kozda tutilgan milliy darajada barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarni maqullagan,

2017 yil 10-11 noyabr kunlari Ozbekistonning Samarqand shahrida bolib otgan hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini tasdiqlagan Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzuidagi xalqaro konferensiya natijalariga tayangan holda,

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam otkazish boyicha tashabbusi mintaqada qollab-quvvatlanganini mamnuniyat bilan takidlagan,

Preventiv diplomatiyaning muhim rolini tan olib, va shu nuqtai nazardan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi rolini takidlagan,

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining, unga Afgoniston ham qoshilgan, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturi doirasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarni tan olgan,

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga yonaltirilgan Afgoniston boshchiligidagi Afgoniston boyicha Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasining va boshqa shu kabi muhim mintaqaviy tashabbuslarning ahamiyatini takidlagan, 2017 yil 14-15 noyabr kunlari Ashxobodda bolib otgan iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga yonaltirilgan Afgoniston boyicha yettinchi Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasining yakuniy hujjatlarini maqullagan hamda Markaziy Osiyo davlatlarining xatti-harakati va ularning Afgonistonni rivojlantirishga qoshgan hissasini ragbatlantirgan,

Kengash tarkibidagi birinchi Markaziy Osiyo davlati sifatida Qozogiston raisligi davrida 2018 yilning 19 yanvarida bolib otgan vazirlar darajasidagi Xavfsizlik Kengashining Xavfsizlik va rivojlanish masalalarini birlashtiruvchi yonalishdagi ishlarning modeli sifatida Afgoniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikni shakllantirish mavzuidagi muzokaralari yakunlarini takidlagan,

Markaziy Osiyo davlatlarining terrorchilik uchun ozuqa muhitini yaratadigan barcha holatlarda tajovuzkor ekstremizmga qarshi samarali kurashishning muhim sharti sifatida marifatga faol komaklashish borasidagi xatti-harakatlarini tan olgan,

2018 yil 3-4 may kunlari Dushanbeda bolib otgan Terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish mavzuidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya yakunlarini etiborga olgan,

Madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga komaklashuvchi Jahon kochmanchilar oyinlarining muntazam otkazilishini qollab-quvvatlagan holda,

1. Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, izchil taraqqiyotni taminlashga qoshgan hissasi va shu yoldagi xatti-harakatlarini mamnuniyat bilan takidlaydi;

2. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga yonaltirilgan mintaqaviy xatti-harakatlar va tashabbuslarni qollab-quvvatlashini malum qiladi;

3. Mintaqada barqarorlik va izchil rivojlanish yolidagi tahdidlar Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, ular bilan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ortasidagi yanada yaqin va muvofiqlashtirilgan hamkorlikni taqozo etadi va ayni paytda ushbu xavflarni mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida bartaraf etishda mintaqaviy hamkorlikning muhimligini takidlaydi;

4. Mintaqa davlatlarini mintaqada va uning hududidan tashqarida tinchlik-osoyishtalikni taminlash va barqaror taraqqiyot yolidagi hamkorlikni ragbatlantirish maqsadida davlat rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlari platformasidan va boshqa anjumanlardan samarali foydalanishga davat qiladi;

5. Markaziy Osiyo mamlakatlarining Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzuidagi xalqaro konferensiyaning yakuniy kommyunikesida bayon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yolidagi faol hamkorligini qollab-quvvatlaydi;

6. 2018 yil 15 mart kuni Ostona shahrida bolib otgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi sammitini qutlaydi;

7. Turkmaniston tomonidan 2018 yilda Xalqaro Orolni qutqarish jamgarmasi ishtirokchi davlatlari sammiti otkazilishini maqullaydi;

8. Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Afgonistondagi tinchlik jarayoni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga komaklashish maqsadida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarni va ushbu davlatlarning mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini qollab-quvvatlaydi hamda Kobul jarayonining Afgoniston boyicha tinchlik tashabbusini amalga oshirishning asosiy forumi va vositasi sifatidagi muhim ahamiyatini, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Afgoniston rahbarligi ostida tinchlik va kelishuvga erishish jarayonini qollab-quvvatlash boyicha joriy xatti-harakatlari doirasida boshqa mintaqaviy va xalqaro konferensiyalar, jumladan, Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Toshkent konferensiyasining ahamiyatini takidlaydi;

9. Mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olgan holda, Markaziy Osiyodagi suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish sohasidagi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatini qayd etadi va ushbu maqsadda qisqa vaqtda ozaro foydali va uzoq muddatli barqaror mexanizmlarni ishlab chiqish uchun muntazam maslahatlashuvlar otkazilishiga davat qiladi;

10. Azo davlatlarni Markaziy Osiyo mamlakatlarining Orol dengizi qurishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yonaltirilgan xatti-harakatlarini qollab-quvvatlashga davat qiladi;

11. Markaziy Osiyo davlatlari ortasida marifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, sanat va sport sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish asosida va favqulodda vaziyatlarda ozaro yordam korsatish maqsadida yaqin qoshnichilik va dostona munosabatlarning yanada mustahkamlanishini qollab-quvvatlaydi;

12. Markaziy Osiyoning bepoyon hududida zamonaviy transport tizimini yaratishning muhimligi va barqaror rivojlanish hamda odamlar, tovar va xizmatlar erkin harakatlanishining eng zarur shartlaridan biri sifatida mintaqaning tranzit salohiyatidan keng foydalanish ahamiyatini qayd etadi;

13. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar, fondlar va dasturlarni mintaqa davlatlari tomonidan belgilanadigan Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror rivojlanishning ustuvor yonalishlarini qollab-quvvatlash maqsadida oz dastur va tadbirlarini muvofiqlashtirishga davat qiladi;

14. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markaziga tegishli mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda preventiv diplomatiyani ragbatlantirish boyicha oz mandati doirasida mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlashga komaklashish borasidagi xatti-harakatlarini davom ettirishni tavsiya qiladi;

15. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlari va umuman xalqaro hamjamiyatning mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohalaridagi hamkorligini mustahkamlash va kengaytirish yolidagi xatti-harakatlarini maqullaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: