O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.06.2018

YOSHLARGA ETIBOR KELAJAKKA ETIBOR

Raimbergan SABUROV, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari:

— Shanhay Hamkorlik Tashkilotining Xitoyning Sindao shahrida otkazilgan sammitida nutq sozlagan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasida emas, balki butun dunyo hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega bolgan yangi tashabbuslar bilan chiqdi. Prezidentimiz, ayniqsa, yoshlar masalasiga alohida toxtalib otdi.

Bir oylab koraylik, nima uchun davlatimiz rahbari aynan yoshlar masalasiga alohida urgu bermoqda? Davlatimiz rahbari nufuzli xalqaro tashkilotlar minbarlaridan turib, jahon hamjamiyatini yosh avlod turli buzgunchi goyalar va radikal guruhlarga qoshilib ketishining oldini olishga chaqirmoqda. Asosiy e’tiborni marifatga, yoshlarning manaviy va axloqiy tarbiyasiga qaratish, lozimligini jonkuyarlik bilan takidlamoqda. Bu bejiz emas, albatta.

«Tarbiya qancha mukammal bolsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bolishi uchun esa bu masalada boshliq paydo bolishiga mutlaqo yol qoymaslik lozim.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyat kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan etiqodlar, qadriyatlarga putur yetkazmoqda.

Mana shunday va boshqa koplab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani haqiqat bolib, buni hech kim inkor etolmaydi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan sammitda ShHTga azo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturi qabul qilinishi terrorizm mafkurasiga qarshi qatiy va barqaror immunitetni shakllantirishga xizmat qilishini etirof etish zarur.

Shuningdek, sammitda davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining Marifat va diniy bagrikenglik maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbusi qollab-quvvatlandi.

Shu bilan birga, ShHTga azo davlatlar yoshlarining uchrashuvlarini otkazish, ularning ozaro muloqotini yolga qoyish yoshlarda turli mafkuraviy xurujlarga qarshi kuchli immunitet shakllanishiga xizmat qiladi.

Yoshlar har qanday jamiyatning ertasi. Ularning ongi uchun vayronkor hamda marifatparvar goyalar ortasida kurash davom etaveradi. Ushbu goyaviy kurashda esa ozining ezgu amaliy harakatlari bilan yoshlarning ishonchini oqlay olgan tomon golib boladi.

Sammitda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, shubhasiz, ShHTga azo davlatlar ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, iqtisodiyotimizning barqaror osishini taminlashga hamda Vatanimizning xalqaro maydonda nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: