O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
21.06.2018

DEHQONLARNING DARDU TASHVISHI

Oltinsoy tumanida ertapishar kartoshka va piyoz mo‘l boldi.

Ammo xaridor yoq, hosil nobud bolmoqda.

Bugun Surxondaryoda ertapishar kartoshka va piyoz narx-navosi yerga tushib ketgani, sotish muammo bolayotgani kop gapiriladigan bolib qoldi. Fermerlar va tomorqa yer egalari mehnatiga kuyib qolayotganidan yozgiradi. Bu masalani atroflicha organish, dehqonlar-u deputatlarning fikrini bilish maqsadida Oltinsoy tumanida boldik.

Viloyat markazidan 160 kilometr olisda joylashgan bu tumanda 169 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Ularning asosiy daromadi, turish-turmushi tomorqa, dehqonchilik ortidan.

Bu yil 80 dan ortiq xojalik hamda 28 mingdan ortiq tomorqa yer egasi 1 ming 500 gektarga yaqin maydonda kartoshka va piyoz yetishtirdi.

— Hududimizda 3 ming 240 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi, deydi «Ekraz» mahalla fuqarolar yigini raisi Erkin Qodirov. Onlab fermer xojaliklari hamda 30-35 foiz aholi tomorqalarida kartoshka va piyoz ekilgan. Hozir 360-370 tonna mahsulot tayyor, ammo xaridor yoq. Tadbirkor niqobidagi ayrim ishbilarmonlar piyozning kilosini 150-200 som, kartoshkani esa 400-450 somdan sorab kelishayapti. Axir bu dehqonning urug uchun sarflagan puliniyam qoplamaydi-ku...

Olti nafar farzandimiz bor, deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Habiba Abdugafforova. Yogon chozilib, ingichka uzilgan pallada tort kilo piyoz urugni 2 million 400 ming somga olib, ikkita tomorqaga sepgandik. Mineral ogit, turli kimyoviy vosita va begona otdan tozalash ishlariga ham 3,5-4 million somdan ortiq mablag sarflandi. Ana, 13-15 tonna mahsulot turibdi, hech kim soramaydi. Xas-xashak bilan yopilgan bolsa-da, saratonning jaziramasida ayniyapti.

Kopchilik kartoshka-piyoz ekkan, davom etadi qoshni ayol Zarxol Avazova. Sakkiz tonnaga yaqin piyozning pulini nabiramning kontrakt toloviga bermoqchi edik. Endi qanday yol tutishni bilmay boshimiz qotgan. Bir necha marta mahalla fuqarolar yigini raisi hamda tuman hokimligi mutasaddilariga murojaat qildim. Ammo ular ham masalani hal qilisholmadi.

Chorvachilik qirq yilda, dehqonchilik bir yilda, degan naql bor, fikr bildiradi Abdusalom-Salohiddin fermer xojaligi rahbari Salohiddin Abdusalomov. Bahorning salqin kelgani kartoshka-piyoz yetishtirganlar uchun ayni muddao boldi. Ammo mahsulot xaridi borasida jiddiy muammoga duch keldik. Yoz boshlangunga qadar 30 million somdan ortiq zarar kordim. Ilk hosil 20 sotixga ekilgan karamning bir kilosini ham sotolmadik. 20 tonnadan ortiq piyoz esa darvozaxonada turibdi. Bugun-erta 40 sotixdagi kartoshka ham teriladi. Maxsus ombor yoki yertolamiz yoq. 60 tonnadan koproq kartoshka-piyozni qanday saqlashga hayronman...

Yerdan unumli foydalanish insoniy burchimiz, deydi Ozbekiston XDP Oltinsoy tuman kengashi raisi, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi a’zosi Roziboy Lapasov. Yanvar-mart oylarida parrandachilikni yolga qoyish, asalarichilikni yaxshilash, uzumchilikni rivojlantirish va tomorqalardan unumli foydalanish borasida 200 dan ortiq uchrashuv tashkil qilindi. Targibot-tashviqot ishlari natijasida odamlarning yerga va mulkka bolgan munosabati ozgardi. Bu yaxshi, albatta. Ammo dehqonlarimiz kartoshka va piyozni sotisholmayapti-da...

Xosh, endi nima qilish kerak?! Buning uchun eksportni kengaytirish boyicha puxta oylangan chora-tadbirlarni korish zarur edi. Yillar davomida paysalga solingan ish bugun salbiy oqibatlarga olib keldi. Masalan, joriy yilning besh oyida tuman boyicha 16 million 700 ming dollarlik mahsulot eksporti kozda tutilgan bolsa-da, amalda bu 1 million 700 ming dollar yoki bor-yogi 10 foizdan sal ortiqni tashkil qilgan, xolos. Ikkinchidan, qayta ishlash borasida ham yechimini kutayotgan muammolar oz emas. Bundan 15-20 yil avval East west Surxon qoshma korxonasi faoliyat boshlagandi. Dastlabki davrda karam, sabzi, piyoz va boshqa mahsulotlar Ozbekistonda ishlab chiqarilgan yorligi bilan xorijga eksport qilindi. Ammo songgi yillarda bu boradagi korsatkich ham keskin kamaydi. Yirik korxona bor-yogi 39,5 foiz quvvat bilan ishlayotgan ekan. Yana bir yirik majmua Oltinsoy meva sharbatlari masuliyati cheklangan jamiyatining esa nomu bor-u, aslida ozi yoq. Bu yerda ikki yilda biror kilo mahsulot ham qayta ishlanmaganini qanday izohlash mumkin?!

Bu yil, haqiqatan ham, kartoshka va piyoz mol boldi, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Bahodir Togayev. Bugun mahsulotni uvol qilmaslik choralarini korish kerak. Uzumchilik, bogdorchilik va meva-sabzavotga ixtisoslashgan Oltinsoyda koplab nuqsonlar borligini hayotning ozi korsatayapti. Umumiy quvvati 2 ming 655 tonnani tashkil qiladigan 7 ta zaxira ombor va sovitkich kameralari kamlik qilishi tabiiy. Shunday ekan, kichik hajmdagi majmualar barpo qilish haqida oylash kerak.

Qirq besh yildan ortiq qishloq xojaligi sohasida mehnat qildim, deydi mehnat faxriysi Yazzon Hayitqulov. Bugungi kunda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil qilingan jamoatchilik asosidagi maxsus ishchi guruhda faoliyat korsatayapman. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan otgan ikki yilda tarmoq tubdan isloh qilinib, koplab qulayliklar yaratildi. Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida fermer xojaliklari va tomorqa yer egalarining uruglik kartoshka sotib olishlari uchun kredit berilgani tarixiy yangilik boldi. Bundan tashqari, mahsulot yetishtirishga moljallangan keng maydonlar ajratildi. Texnika va mineral ogit masalasida muammo bolgani yoq. Mahsulot xaridi borasida ham ana shunday mukammal tizim yaratilsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Takidlanganidek, bahorgi kartoshka va piyozning sotilmayotgani nafaqat oltinsoylik dehqonlar, balki minglab vohalik mirishkorlarning ham dardu tashvishiga aylangan.

Xalqimizni qiynayotgan muammoni bartaraf qilish borasida maxsus dastur asosida ish olib borilayapti, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Baxtiyor Ahrorov. Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida bir guruh ishbilarmonlar yaqinda Avstriya, Vengriya, Slovakiya, Tojikiston, Afgoniston va boshqa xorijiy mamlakatlarda bolishdi. Vohaning eksport-import salohiyatini yaxshilash maqsadida bir necha on million dollarlik shartnomalar imzolandi. 2-3 iyun kunlari esa Termiz shahrida Open South Internotional Business Forum (Ochiq janub) xalqaro biznes-forum tashkil qilindi. Kotarinki ruhda otgan anjumanda dunyoning yigirmadan ortiq davlatidan kelgan 180 nafarga yaqin hamkorlar bilan oziq-ovqat, tekstil, qurilish, charm mahsulotlarini ishlab chiqarish, meva-sabzavotni qayta ishlash, issiqxonalar tashkil qilish, intensiv boglar yaratish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 365,5 million dollardan ortiq manfaatli kelishuvga erishildi. Ana shunday istiqbolli loyihalar barqaror rivojlanish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va yuzlab yangi ish joylari yaratishda mustahkam poydevor bolishiga ishonaman.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 29 may kuni otkazilgan videoselektor yigilishida mamlakatimizning eksport-import salohiyati va bu borada yol qoyilgan kamchiliklar xususida alohida soz yuritildi, deydi Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Azizjon Abdulfaizov. Raqamlarga murojaat qiladigan bolsak, 2018 yilning otgan besh oyida viloyatimizning tashqi savdo aylanmasi 212 million 436 ming dollarni tashkil qilgan, bu otgan yilning shu davriga nisbatan 143,3 foizga kopayganidan dalolat beradi. Eksport qilingan mahsulotlar hajmi esa 60 million 318 ming dollardan oshgan. Mazkur korsatkich ham 2017 yilning besh oyiga qaraganda 60,5 foizga kopaygan. Bu borada Rossiya, Afgoniston, Qozogiston, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Ukraina va boshqa mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi yil sayin yaxshilanayapti.

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan talab tobora ortib bormoqda, deydi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimi Nematullo Astanaqulov. Shundan kelib chiqib, kartoshka va piyozni saqlash, togrirogi, asrab qolish choralarini korishimiz kerak. Buning uchun oftob tushmaydigan joylardan foydalanishni tavsiya qilgan bolardim. Saralangan mahsulot 15-20 santimetr qalinlikda yoyilsa, uzoq muddat buzilmay turadi. Shuningdek, xonadonlardagi yertola va omborxonalar ham bu borada qol kelishi tayin. Ayrim yurtdoshlarimiz mahsulotni saqlash uchun kimyoviy vosita va preparat ishlatayotganini ham eshityapmiz. Bunday paytda mutaxassislar bilan maslahatlashib ish tutish kerak.

Bir xil raqamlarga qarasangiz, fikrlarga quloq solsangiz, goyo hammasi yaxshi bolayotgandek. Bojxona boshqarmasi axborotidagi katta-katta foizlar, tadbirlar, istiqbolli shartnomalar... Bularning hammasi yaxshi. Lekin asosiy savol baribir ochiq qolmoqda...

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

TAHRIRIYATDAN:

Maqolada kotarilgan masala minglab oilalarning risq-nasibasi, ijtimoiy himoyasi bilan bogliqligi uchun ham jiddiy etiborni talab etadi, deb oylaymiz.

Qancha mehnat, sarf-xarajat evaziga yetishtirilgan mol hosil sotilmay, nobud qilib ketishiga befarq qarab bolmaydi. Har bir hududda tuman hokimligidan tortib, tadbirkorlar palatasi, fermerlar uyushmasi kabi bevosita masullar, siyosiy partiyalar, mahalliy kengash deputatlari bor. Demak, ular tomonidan ichki va tashqi bozorni organish, eksportni tashkil etish masalasiga jiddiy etibor qaratilib, zurur chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

Oylab koraylik, qaysidir yurtda odamlar tuproqqa zor yoki qurgoqchilik oqibatida bir hovuch ham hosil ololmay armonda. Biz esa saxiy zaminimizda mol hosil yetishtirib, uni qayerga, qanday sotishni bilmay chiritib, uvol qilib otirsak, bunga kim javob beradi?

Bu muammoni turli bahonalar bilan xas-poshlab bolmaydi. Chunki mamlakatimizning boshqa tumanlarida ham bunday hollar yoq emas. Demak, oylash, izlash, yechim topish kerak boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: