O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
19.06.2018

HUQUQINI BILGAN ADASHMAYDI

Aks holda jinoyatga qo‘l urganini bilmay qoladi

Bugun mamlakatimiz sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning barchasi fuqarolar huquqlari himoyasiga qaratilgan. Fuqarolar huquqlari himoyasi jamiyatda huquqiy madaniyat qanchalik yuksalganiga bogliq. Boshqacha aytganda, oddiy fuqarodan tortib mansabdor shaxsgacha qonunni yaxshi bilsa, uni hurmat qilsa, oz huquqi va burchini chuqur anglasa, hech kimning huquqlari buzilmaydi, jinoyatlarning oldi olinadi. Mavjud muammolarni organish va hal etish yuzasidan mahallalarda sayyor sud hamda sayyor uchrashuvlar otkazilmoqda. Bundan maqsad — fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyat yoqasiga kelib qolganlarni shu jinoyatdan ogohlantirish va jinoyatning oldini olishdir. Bugun bu sayyor uchrashuvlar natijasida aholining huquqiy savodxonligi birmuncha osgani sezilmoqda.

Korilayotgan jinoyat ishlari tahlili shuni korsatmoqdaki, davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyati kundan kunga kopaymoqda. Albatta, bugun davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga katta yol ochib berilyapti. Iqtisodiyotimiz rivojlanishi, aholi farovonligi yolida yaratilayotgan imkoniyatlardan qingir maqsadlarda foydalanmoqchi bolganlar uchrab turibdi. Bunday ustasi faranglar ozlari panada turadiyu, boshqalarni jinoyatchiga aylantirib, qonun oldida javob berishga majbur qilib qoymoqda.

Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani sudi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy masalalari yuzasidan muammolarini tizimli hal etish va aholining huquqiy ongini doimiy oshirib borish maqsadida «Mening mahallam mening sudyam» goyasi asosida ham mahallalarda sayyor sud uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bu uchrashuvlarda mahalla aholisi bilan sudyalar ortasida ochiq muloqotlar har oyda kamida ikki marta tashkil etilmoqda.

Masalan, sayyor sud majlisida ishi korilgan Davron Karimov ham huquqiy bilimi yoqligi, oz huquqlarini bilmagani sabab ana shunday soxta tadbirkorlik bilan shugullanib, davlat mulkini talon-toroj qilgan shaxslarning ta’siriga tushib, ozi bilmagan holda jinoyatchiga aylandi. Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bolgan ozganing mulkini ozlashtirish yoki rastrata qilish yoli bilan talon-toroj qilish, pul mablaglari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish hamda hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan. Sud ishni organish davomida Davron Karimovning aslida firma ishlariga umuman aralashmagani, biroq barcha hujjatlarga imzo chekib, birgina imzosining orqasidan oylik maosh olganini aniqladi. U huquqiy bilimi yoqligi natijasida birgina imzo orqasidan kelgan tekin maosh sud kursisigacha yetaklab kelishini xayoliga ham keltirmagandi. Biroq shunday boldi. Davron Karimovning imzosi bilan ish yuritib, davlat pullarini talon-toroj qilgan shaxslar esa javobgarlikka tortilmadi. Javobgarlik va davlat hisobiga undirilishi kerak bolgan pul esa D.Karimovning zimmasiga yuklatildi. Chunki hamma imzolar unga tegishli. Aslida u nimaga imzo qoyayotganini ham anglab yetmagan. Hatto shunday holat bolganki, bir nechta oq qogozga imzo qoydirib olishgan. D.Karimov nimaga imzo qoyayotgani bilan qiziqmagan.

Aholi bilan sayyor sud uchrashuvlarida biz ana shunday jinoyatlar bolmasligi uchun hayotiy misollar bilan tushuntirishlar olib boryapmiz. Tajribadan malumki, jinoyat sodir etgan kishini topib, tergov qilib, sudlab jinoiy javobgarlikka tortishdan, uni mahkumlikda ushlab turishdan kora, jinoyatning oldini olish kop karra oson va har tomonlama foydalidir.

Sayyor sud majlislari, sudyalarning aholi bilan uchrashuvidan asosiy maqsad esa fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali sodir etilishi mumkin bolgan jinoyatlarning oldini olishdir. Shu bois mazkur yonalishdagi ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz lozim, deb hisoblayman.

Yoqutxon HAYDAROVA,

Jinoyat ishlari boyicha Mirzo Ulugbek tuman sudi raisi.



DB query error.
Please try later.