O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.06.2018

OZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI NOMLI MAQOLANI OQIB...

Damin TO‘RAYEV, Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori:

— Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Rustam Xolmurodovning «Ozbekiston ovozi» gazetasining 2018 yil 7 iyun sonida chop etilgan yuqoridagi sarlavhali maqolasi oliy ta’lim sohasida 50 yildan ortiq mehnat qilgan bir mutaxassis sifatida menda katta qiziqish uygotdi.

Mazkur maqola muallifi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ozining mazmun-mohiyatiga kora xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy talim tizimini yaratishga yonaltirilganligi bilan etiborli ekanini takidlaydi va buni asoslaydi. Qarorda oliy talim muassasalarida talim sifatining oshirilishiga tosqinlik qilayotgan muammolar asosli va ochiq-oydin bayon qilingan.

Maqola muallifi mamlakatimiz oliy talim tizimining tashkilotchilaridan va nufuzli oliy talim muassasasi rahbarlaridan biri sifatida oliy talim sifatining oshishiga hamda oliy talim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishiga tosqinlik qiluvchi muammolarni qayd etgan holda oliy talim samaradorligini taminlovchi bir qator omillarni korsatib otadi. Jumladan, talaba masuliyatining oshishi mustaqil bilim olishga, oz ustida ishlashga undaydigan shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Talaba ozida masuliyat hissini sezmasa, mustaqil bilim olishga harakat qilmasa, undan oz yonalishi boyicha keng qamrovli mutaxassis chiqishi qiyin.

Muallifning Respublika boyicha barcha oliy talim muassasalarida, muayyan talim yonalishida bir qolipdan chiqqan oquv rejalari asosida talim berilishi mantiqan noorinligini hayotning ozi korsatdi, degan fikr-mulohazalariga ham qoshilaman. Bir etibor qilaylik: oliy talimdagi mavjud oquv rejalarida, xususan, ozbek tili va adabiyoti yonalishidagi oquv rejasida mutaxassislikdan kora nomutaxassislik fanlari kopayib ketgan. Misol uchun, bu yonalishda oliy matematika kursini organishga ancha soat ajratilgan. Axir bu yonalishda filolog mutaxassis tayyorlash kozda tutilgan-ku. Talabaning umumiy orta talimi maktabida barcha fanlar qatori matematika fanidan ham toliq tushuncha olganini etibordan qochirmasligimiz kerak.

Bu xususda maktab oqituvchisidan tortib, akademiklargacha davriy nashrlarda fikr-mulohazalar bildirishganiga qaramay, hali-hamon bir qolipga kiritilgan oquv rejalari asosida ish yuritilmoqda.

Pedagog oqituvchilarni ishga qabul qilish tizimini shaffoflashtirish talim sifati samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Yashirishning hojati yoq, kopgina oliy talim muassasalarida ishga qabul qilish tanish-bilishchilik, urug-aymoqchilik asosida olib borilayotgani ham sir emas. Bu esa oz-ozidan talim saviyasini pasaytirishga olib keladi.

Maqola oliy talim muassasalarida talim sifatini tubdan takomillashtirish, uni mantiqan yangi bosqichga olib chiqish omillari professional nuqtai nazaridan organilib, foydali fikr-mulohazalar bildirilganligi bilan ahamiyatlidir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: