O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.06.2018

ISHI BOR ODAMNING ISHONCHI HAM BOLADI

Xabaringiz bor, 12 iyun kuni «Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari togrisida» Prezident qarori elon qilindi. Unda nogironligi bolgan shaxslarning jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlami, jumladan, nogironligi bolgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan toliq foydalanilmayotgani takidlandi. Shuni hisobga olgan holda, aholining ijtimoiy zaif qatlami turmush darajasini yaxshilash, bandligini taminlash borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Oybek ISOQOV, Ozbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi:

— Nogironligi bolgan kishilar ham yaxshi yashash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga haqlidir. Shuning uchun mamlakatimizda nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash masalasiga katta etibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taminlashni ragbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari togrisidagi qarorida nogironlar jamiyatlari qoshidagi korxonalarni rivojlantirish boyicha muhim vazifalar belgilandi.

Togrisi, qarordagi masalalar uzoq yillardan beri kopchilikni oylantirib kelayotgandi. Bugungi kunda har bir nogironlar tashkiloti tarkibida kamida besh-oltitadan unitar korxonalar mavjud. Ularning 70 foizidan ortigi achinarli holatda, oz aylanma mablaglariga ega emas, kredit ham ololmasdi. Natijada ishlab chiqarayotgan mahsulotini realizatsiya qilolmasdi. Qarorga kora, ishchi guruh tuzildi, nogironlar jamoat birlashmalarining korxonalari tasarrufidagi ishlab chiqarish obektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi kompleks organiladigan boldi. Organishlar natijasida asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi, albatta.

Nogironlar tashkilotlari qoshidagi korxonalar shtatidagi xodimlarning 50 foizini nogironligi bolgan shaxslar tashkil etishi shartligi qonunan belgilab qoyilgan. Hozirga qadar amaliyotda nogironligi bolgan ishchilar uchun 4,7 foiz yagona ijtimoiy tolov tolanardi. Qolgan 50 foiz soglom insonlar uchun bu korsatkich 15 foizni tashkil etardi. Qarorda yagona ijtimoiy tolov stavkasi qatiy 4,7 foiz miqdorda belgilandi. Yagona ijtimoiy tolov summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi. Bu tartib joriy yilning 1 avgustidan kuchga kiradi. Bu korxonalar ishining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi, deb oylayman.

Nogironligi bolgan shaxslarni ish bilan taminlash hamda nogironlar tashkilotlariga mablag ajratish biz aytayotgan korxonalarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mana shu ajratilgan mablag hisobidan nogironlar tashkilotlari oz faoliyatini olib boradi. Bunday korxonalar soliqdan ozod etilgan. Lekin ular oz ishini rivojlantirish, asbob-uskunalarni yangilash uchun kredit olishda qiynalardi. Negaki, ularda garovga qoyiladigan obekt yoq edi. Qarorda bu masala ham oz yechimini topgan. Kredit mablaglari olinishida qator imtiyozlar yaratildi. Yani, korxonalar kredit olishlarida garovga qoyiladigan mulk kafillikka almashtirildi. Bunda kafillik Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qollab-quvvatlash davlat jamgarmasi zimmasiga yuklatildi.

Bir soz bilan aytganda, qarorda belgilangan barcha imtiyoz va imkoniyatlar nogironligi bolgan shaxslarning bandligi taminlanishi hamda ular ishlayotgan ish orinlari kafolatli va barqaror bolishiga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: