O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.06.2018

YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI KENG OCHILMOQDA

Xalilla YESHIMBETOV, O‘zbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisi:

— Xitoyning Sindao shahrida otkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisini tarixiy voqea, deb atash uchun koplab asoslar mavjud.

Shulardan birini davlatimiz rahbari oz nutqida quyidagicha izohladi: «Gozal Sindao shahridagi Sammitimiz Shanxay sakkizligi» rahbarlarining birinchi uchrashuvi sifatida tarixda qoladi... Tashkilotimiz aholisi birdaniga bir yarim milliardga kopaydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati sezilarli darajada kengaydi.

Darhaqiqat, Hindiston va Pokistondek davlatlarning faol ishtiroki ShHTga azo davlatlar ortasida keng kolamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratadi.

Biz Sindao shahridagi majlisdagi muhokamalar va nutqlarni internet tarmoqlari, ommaviy axborot vositalari orqali katta qiziqish bilan kuzatib bordik.

Prezidentimiz ShHTning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish, Yevroosiyo qitasi xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini taminlashning muhim mexanizmi sifatidagi roli kuchayib borayotganini takidladi.

Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taminlashning muhim shartlaridan yana biri Afgonistonda tinchlikka erishish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga komaklashish bolib qolmoqda. Bu masala ham Ozbekiston rahbariyatining doimiy etiborida bolib kelmoqda. Yaqinda Toshkentda otkazilgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya ham mojaroni tinchlik yoli bilan hal etish yolida muhim muloqot maydoni boldi.

Afgonistondagi tinchlikka erishish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga komaklashish mintaqaviy xavfsizlikni taminlashning muhim sharti bolib qolmoqda... Ishonchim komil, ShHT Afgoniston muloqot guruhi doirasida biz Afgonistonning tinch taraqqiyotini taminlashga salmoqli hissa qosha olamiz, deb alohida qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

Albatta, bunday amaliy ishlar mintaqaviy xavfsizlikni taminlashning, iqtisodiy, madaniy-marifiy aloqalar gurkirab rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo mamlakatlar ortasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Prezidentimiz bu ulkan mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, yoshlarni ekstremizm goyalaridan himoyalash va boshqa dolzarb masalalar boyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo barcha mamlakatlar uchun har tomonlama yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Bu borada amalga oshiriladigan ishlar kop.

Prezidentimiz oz nutqida aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qatiy va barqaror immunitetni shakllantirishni birinchi va asosiy vazifa sifatida qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida ShHTga azo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi bu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi.

Partiyamiz faollari, deputatlar, umuman, barchamiz ana shu ezgu ishlarda faol qatnashishimiz, ayniqsa, yoshlar bilan muloqotni kuchaytirishimiz, ularning kongliga yol topib, har tomonlama qollab-quvvatlashimiz zarur. Hozirgi murakkab va masuliyatli zamonda bu masala barcha darajadagi partiya tashkilotlari uchun bosh vazifalardan biri bolmogi kerak, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: