O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.06.2018

SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DAVLAT RAHBARLARI KENGASHI MAJLISI YAKUNLARI BOYICHA AXBOROT

(Sindao shahri, 2018 yil 9-10 iyun)

2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib otdi.

Unda Hindiston Respublikasi Bosh vaziri N.Modi, Qozogiston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti S.Jeenbekov, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti M.Husayn, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti I.Rahmon va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ishtirok etdilar.

Majlisga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raislik qildi.

Majlisda ShHT Bosh kotibi R.Alimov va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qomitasi direktori Ye.Sisoyev ishtirok etdi.

Tadbirda Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti A.Gani, Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko, Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy, Moguliston Prezidenti X.Battulga, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi orinbosari A.Muhammad, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi Bosh kotibi Lim Jok Xoy, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijrochi kotibi S.Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Yu.Xachaturov, Osiyoda Hamkorlik va ishonch choralari boyicha kengash Ijrochi direktori Gun Szyanvey, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi T.Sarkisyan, Jahon banki vitse-prezidenti V.Kvava, Xalqaro valyuta fondi departamenti direktori Li Chan Yon ishtirok etdilar.

Azo davlatlar rahbarlari 2017 yilgi Ostona sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi galdagi vazifalarni korib chiqdilar. Tomonlarning ozaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida oz ifodasini topdi.

Azo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda «Shanxay ruhiga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha moljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obroli mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston azo bolgandan song uning salohiyati sezilarli darajada oshgani takidlandi.

Siyosat, xavfsizlik, savdo va iqtisodiyot, jumladan, moliya, investitsiya, transport, energetika, qishloq xojaligi sohalaridagi amaliy hamkorlikni, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashni davom ettirish borasidagi istak-xohishlar mushtarak ekani bildirildi. ShHTga azo davlatlar ortasida Uzoq muddatli yaxshi qoshnichilik, dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish boyicha 2018-2022 yillarga moljallangan Harakatlar rejasi maqullandi.

Dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boyicha fikr almashish asnosida ShHT makonida xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, shuningdek, yangi mazmundagi xalqaro munosabatlar va yagona taqdirga ega bolgan insoniyat hamjamiyatini yaratishning mushtarak goyasini shakllantirishga komaklashish yolida hamkorlikdagi say-harakatlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Azo davlatlar xalqaro huquqning umumetirof etilgan norma va prinsiplari doirasida Afgoniston, Suriya, Yaqin Sharq, Koreya yarim orolidagi va boshqa mintaqaviy nizolarga barham berishning qatiy tarafdoridir. Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni tartibga solish boyicha Qoshma yalpi harakatlar dasturining izchil ijrosini taminlash muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Azo davlatlar BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taminlash boyicha say-harakatlarini qatiy qollab-quvvatlaydi. Ular BMTning xalqaro terrorizmga qarshi kurash boyicha keng qamrovli konvensiyasi, shuningdek, Qozogiston Respublikasining BMT maydonida Terrorizmdan xoli tinchlikka erishish boyicha xulq kodeksini ilgari surish tashabbusini qabul qilish masalasida murosaga erishish muhimligini takidladilar.

Azo davlatlar rahbarlari Qirgiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy azoligiga oz nomzodlarini ilgari surish istagini qayd etdilar.

ShHTning xavfsizlikka nisbatan tahdidga va xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish boyicha ozaro muvofiqlashgan munosabati ozgarmas bolib qolmoqda. ShHTga azo davlatlar tomonidan qabul qilingan Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha 2019-2021 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi bu boradagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Uni amalga oshirishda ShHT MATT asosiy rol oynaydi.

Qayd etilgan yonalishlarda tomonlarning ozaro aloqalari uchun muhim platforma vazifasini otagan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalari boyicha Xalqaro konferensiya yakunlari (Dushanbe shahri, 2018 yil 3-4 may) yuksak baholandi.

Azo davlatlar rahbarlari yosh avlodni manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yoshlarni buzgunchi harakatlarga jalb etilishining oldini olish boyicha kompleks ishlarni yolga qoyish tarafdoridir. Shu munosabat bilan Yoshlarga qoshma murojaat va uning qoidalari ijrosi boyicha Harakatlar dasturi qabul qilindi, Ozbekiston Respublikasining BMT Bosh Assambleyasining Marifat va diniy bagrikenglik maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbusi qollab-quvvatlandi.

Azo davlatlar bundan buyon ham ShHTning 2018-2023 yillarga moljallangan narkotiklarga qarshi strategiyasi va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturi, shuningdek, narkotik vositalar va psixotrop moddalarni suiistemol qilishning oldini olish boyicha ShHT Konsepsiyasi asosida narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni davom ettiradi.

ShHT axborot xavfsizligini taminlash, davlatlarning axborot makonidagi masuliyati va ozini tutishi bilan bogliq universal xalqaro qoidalar, norma va tamoyillarni ishlab chiqish sohasidagi kop kolamli va ozaro manfaatli hamkorlikni shakllantirishga oz hissasini qoshishda davom etadi.

ShHTga azo davlatlar barqaror taraqqiyot sohasidagi Global masalalarni amalga oshirishda BMT markaziy orin tutishini yoqlashi takidlandi. Ochiq turdagi jahon iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida asosi Jahon savdo tashkiloti hisoblangan global iqtisodiy boshqaruv, kop qirrali savdo tizimini izchil boshqarish va rivojlantirish arxitekturasini takomillashtirish muhimligi qayd etildi.

ShHT savdo va sarmoya, savdo jarayonlarini soddalashtirish boyicha vazifalarni hal etish, elektron savdoni ragbatlantirish, xizmatlar industriyasi va xizmatlarni sotishni rivojlantirish boyicha qoshma yondashuvlarni belgilash uchun qulay sharoit yaratishga intilmoqda. Mikro, kichik va orta tadbirkorlikni qollab-quvvatlash, transport, energetika va qishloq xojaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish yolidagi say-harakatlar davom ettiriladi.

Ozbekistonda ShHTga azo davlatlarning temir yol boyicha idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvini otkazish togrisidagi tashabbus qollab-quvvatlandi. Ekologiya muammolariga etiborni kuchaytirish maqsadida tashkilotga azo davlatlar Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini qabul qildi. ShHTga azo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorligi dasturi loyihasi boyicha ishlar davom ettirildi.

Tojikiston Respublikasining Suv – barqaror taraqqiyot uchun, 2018-2028 yillar Xalqaro harakat on yilligi hamda BMT shafeligida ushbu mavzuga bagishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani otkazish (Dushanbe shahri, 2018 yil 20-22 iyun) togrisidagi tashabbusi yuksak baholandi.

Qozogiston Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi Xitoy Xalq Respublikasining Bir makon, bir yol tashabbusini qollab-quvvatlashi tasdiqlandi, uni birgalikda amalga oshirish, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Bir makon, bir yolni ozaro muvofiqlashtirish borasidagi say-harakatlar qayd etildi.

Azo davlatlar rahbarlari ShHT makonida keng, ochiq, ozaro manfaatli va teng huquqli sheriklikni shakllantirish maqsadida mintaqa mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va kop tomonlama birlashmalar salohiyatidan foydalanish tarafdoridirlar.

ShHTda Hududlar rahbarlari forumining tashkil etilishi hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Forumning birinchi majlisini 2018 yilda Chelyabinsk shahrida (Rossiya Federatsiyasi) otkazish moljallanmoqda.

ShHT Ishbilarmonlar kengashi va ShHT Banklararo birlashmasi salohiyatini toliq royobga chiqarish borasidagi say-harakatlar davom ettiriladi.

Bank-moliya sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash va ShHT Taraqqiyot banki va ShHT Taraqqiyot fondi (Maxsus hisob)ni tashkil etish masalasi boyicha umumiy yondashuvlar izlashni davom ettirishga doir ijobiy pozitsiya tasdiqlandi.

Davlat rahbarlari gumanitar hamkorlikning xalqlar ortasida ozaro anglashuv, ishonch va dostlikni mustahkamlashdagi alohida ornini tasdiqlab, madaniyat, talim, fan va texnika, sogliqni saqlash, turizm va sport sohalaridagi kop qirrali hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini bildirdilar.

ShHT kuzatuvchi va muloqot boyicha sherik mamlakatlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan kop tarmoqli hamkorlikni rivojlantirishga intilishi qayd etildi.

Majlis yakunida Davlat rahbarlarining savdo tartib-taomillarini soddalashtirish togrisidagi bayonoti va Davlat rahbarlarining ShHT makonida epidemiya tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish togrisidagi bayonoti ham qabul qilindi. 2019-2020 yillarda ShHTga azo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligi dasturini amalga oshirish boyicha Birgalikdagi harakatlar rejasi, ShHT doirasida mikro, kichik va orta tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni ragbatlantirish boyicha ozaro anglashuv memorandumi, Tunu kun ishlaydigan aloqa shoxobchalarining CENcomm RILO-MOSKVA tezkor platforma kanallaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan ozaro axborot hamkorligi reglamenti, Ozonni yemiruvchi moddalar va xavfli chiqindilarning transchegaraviy harakati kuchayishi haqida axborot almashuv togrisidagi memorandum imzolandi.

ShHT Bosh kotibining ShHTning otgan yilgi faoliyati hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashi direktorining 2017 yilgi faoliyati togrisidagi hisobotlari tinglandi va tasdiqlandi.

ShHTga azo Davlatlar rahbarlari kengashi V.I.Norovni (Ozbekiston Respublikasi) ShHT Bosh kotibi lavozimiga va D.F.Giyosovni (Tojikiston Respublikasi) MATT Ijroiya qomitasi direktori lavozimiga 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrga qadar bolgan davrga tayinladi.

Ostona sammitidan (2017 yil 8-9 iyun) keyingi davrda Hukumatlar rahbarlari (Bosh vazirlar) majlisi (Sochi shahri, 2017 yil 30 noyabr - 1 dekabr), xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi (Pekin shahri, 2018 yil 21-22 may), tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari va navbatdagi majlislari (Nyu-York shahri, 2017 yil 20 sentabr, Pekin shahri, 2018 yil 24 aprel), Milliy koordinatorlar kengashi majlislari (Yanchjou shahri, Moskva, Pekin, 2017 yil avgust - 2018 yil iyun), Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashi majlislari (Pekin, 2017 yil 17 sentabr, Toshkent, 2018 yil 5 aprel), vakolatli organlar chegara xizmatlari rahbarlari majlisi (Dalyan shahri, 2017 yil 29 iyun), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalari bilan shugullanuvchi idoralar rahbarlari majlisi (Cholpon ota shahri, 2017 yil 24-25 avgust), adliya vazirlari majlisi (Toshkent, 2017 yil 20 oktabr), Oliy sudlar raislari majlislari (Toshkent, 2017 yil 25-27 oktabr, Pekin, 2018 yil 25 may), sanitariya-epidemiologik farovonlikni taminlash uchun masul xizmatlar rahbarlari majlisi (Sochi, 2017 yil 31 oktabr), tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun masul vazirlar majlisi (Moskva, 2017 yil 15 noyabr), bosh prokurorlar majlisi (Sankt-Peterburg, 2017 yil 29 noyabr), fan va texnika vazirliklari va idoralari rahbarlari majlisi (Moskva, 2018 yil 18-21 aprel), ShHT Forumi (Ostona, 2018 yil 4-5 may), milliy turizm mamuriyatlari rahbarlari (Uxan shahri, 2018 yil 7-11 may), mudofaa vazirlari (Pekin, 2018 yil 24 aprel), madaniyat vazirlari (Sanya shahri, 2018 yil 15 may), narkotiklarga qarshi kurashish vakolatiga ega vakolatli organlar rahbarlari (Tyanzin shahri, 2018 yil 17 may) uchrashuvlari, ShHT Xotin-qizlar forumi (Pekin, 2018 yil 15-17 may), ShHT OAV forumi (Pekin, 2018 yil 1 iyun), ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi (Pekin, 2018 yil 6 iyun) va ShHT Banklararo birlashmasi Kengashi (Pekin, 2018 yil 5-7 iyun) majlislari, shuningdek, turli darajadagi boshqa tadbirlar otkazildi.

Davlat rahbarlari Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ShHTga raislik davrida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdilar va Xitoy tomoniga mehmondostlik va Sindao shahridagi sammitning yuksak darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdilar.

Tashkilotning navbatdagi davriga raislik Qirgiziston Respublikasiga otdi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2019 yilda Qirgiziston Respublikasida bolib otadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: