O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
12.06.2018

RAMAZON HAYITINI NISHONLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqimiz ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va ananalarimizning ajralmas bir qismi bolgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda ozaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuygularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida:

1. Ozbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga togri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi ?018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini kochirish togrisida«gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy ananalariga mos ravishda otishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 11 iyun



DB query error.
Please try later.