O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2018

ADOLATLI TAQSIMOT SUV TAQCHILLIGINI YENGIB OTISHIMIZDA JUDA MUHIM AHAMIYATGA EGA

Tong sahar nabiram Jasurjonni uyg‘otib, dostim Fulomjon Ernazarov asos solgan «Sharof» bogdorchilik va sabzavotchilik xojaligiga yol oldim. U mohir dehqon.

— E, kelinglar, deydi Fulomjon kun hali yorishmagan osmonga bir qarab olib. Keyin qolidagi ketmon bilan pomidor nihollari kokargan pushtalarning arigini togrilashga tushadi. Bilsangiz, bu yil gallani bir-ikki marta suvlab qoldik. Oglim 2,5 ming dona achchiq qalampir niholini ekkan. Halovat qishlogidagi fermerdan yalinib-yolvorib, ozroq sugorib oldik.

Mayning boshidagi qattiq yomgir kop joylarga sel keltirdi. Ammo ekinlarni ham sugorib ketdi, shunday emasmi?..

Ha, baraka boldi!

Fulomjon bilan nabiram Jasurjonni suratga tushirib, mashinani togri Zarafshon tizma toglari darasidagi Kitob tumanidagi Varganza qishlogi tomon haydadim. Tong endi otib kelayotgan palla bolsa-da, mahalla idorasi odamlar bilan gavjum.

Akajon, salomatmisiz, deya quchoq ochadi Varganza MFY raisi Ziyodulla Mirzayev. Nima masalada kelgansiz... E-ha, suv deng! Xosh, yaqinda qishlogimizda yer ochish uchun yangi Oqboy nasos stansiyasini qurish, suvni 3750 metr masofaga yetkazib berish, yana 500 gektar yangi yerda anorzor va boglar barpo etish rejasi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritildi. Ha-ya, eski Varganza 1-2 nasos stansiyalarini ta’mirlashni ham qoshish kerak. Otgan yili fermer va tomorqa xojaliklaridan 2 ming tonnadan ortiq anorni eksportga ortdik, bundan qolganini bozorlarga chiqardik. Achchiq bolsa ham aytay, biz Qashqadaryodan suv olamiz, biroq bu yil suv juda kam. Aholida 400 gektar tomorqa bor, barchasiga anor va mevali daraxtlar ekilgan. Bilsangiz, hozirgacha bir marta suv quymadik anorzorlarga. Ammo Xudo degan ekanmiz, may oyi boshidagi yomgir boglarimizni bir marta rosa sugorib ketdi.

Endi tajribaga kelsak, sizni bir xonadonga olib borishadi... Uzr, mana bu hamqishloqlarimiz menga ish bilan kelishgan, kutib qolishmasin.

Menga mahalla yigini kotibini qoshishdi. Abdugaffor Mavlonov asli usta ekan, uyi, tomorqasi jarliklar yoqasida. Chunki Varganza qishlogida yer yetishmaydi. Bizga qishloqdan qariyb 1000 metr balandda uy solgan, tomorqasiga 100 tupcha anor ekib, nasoslar yordamida suv chiqarib, bog qilgan ustaning uyini korsatishdi. Abdugaffor Mavlonov hovlisini boqqa aylantiribdi. Yogoch tosinlardan bolsa-da, ishkomlarga uzum kotarilgan. Daraxtlar orasiga kartoshka ekibdi. Ayniqsa, tik qiyalikka anor ekib, kokartirganiga lol qoldik. Hajmi 1,5-2 tonna suv sigimiga ega idishga quduqdan nasos suv tortib chiqarar, qirlarga shlang quvurlar orqali suv yetkazib, har bir anor niholi tagiga suv tomchilari tokilar ekan. Qoyil! Bu yilgi sharoitda ortiqcha suv yoq, deydi Abdugaffor...

Mashinamni haydab, togli Dehqonobod tumaniga yol oldim. Undan Chiroqchi tumanining Kokdala mavzesiga otdim. Qariyb 80-100 metr chuqurlikni qazib, suv chiqarib, qishda plyonkalar ostiga tarvuz ekadigan kokdalaliklar dastlabki hosilni bozorlarga chiqara boshlashibdi. Lalmidagi bugdoylar qurib ketdi, biroq may oyidagi yomgirdan keyin yantoq, ajriq osib chiqadi, ancha qoy-qozi, chorva mollarini saqlashga urinamiz, deydi chiroqchiliklar.

Qarshi, Nishon, Mirishkor, Qamashi tumanlari dalalariga koz tashlayman. Yurtimizdagi eng katta Talimarjon suv omborida obihayot kam ekanligiga amin bolaman. Va mutaxassislar, fermerlarning fikrini tinglayman.

Botir RAHIMOV, Amu-Qashqadaryo sugorish tizimlari havza boshqarmasi boshligi, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan irrigator:

Ana, ancha joylarga borib, ahvolni oz kozingiz bilan koribsiz. Ochigi, bunday suv tanqisligi keyingi yarim asrda bolmagan. Toglarga kutilganidan 60-70 foiz kam qor yogdi. Agar 24 suv ombori bolsa, saqlangan obihayot juda kam. Masalan, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog, qisman Chiroqchi, Qamashi tumanlariga suv uzatadigan Hisorak suv omborida hozir 31 million kubometr suv saqlanayapti. Bu nihoyatda oz. Joriy yil Qashqadaryo viloyatida 139 ming 800 gektar yerga galla, 143 ming gektar maydonga paxta ekkanmiz. Sabzavot, kartoshka, boglar, gallazorlarga yetarli suv yetkazib berdik, hosili ham, nasib etsa, yomon bolmaydi. Oldimizda paxta, bog, sabzavotlarni sugorish masalasi turibdi.

Nima qilish kerak? Sugorish ishlarida namunali tuman, miroblar bormi?..

Keling, maqtanishni bir tomonga qoyib turaylik. Togri, tajribalar bor. Ammo aniq bir tuman tajribasini ayta olmayman, hammasida kamchilik bor. Va ularni tezroq bartaraf etaylik, mana bu muhim vazifa!

Endi 1850 gektar maydon tomchilatib sugoriladigan boladi, shundan 513 gektari ishga tushdi. Yana bir tajribani aytay. Jami 13 ming gektar maydondagi ekinlar egiluvchi quvurlar yordamida sugoriladi. Ana shular natijasida 45 million kubometr suvni tejash mumkin. Yana qaytarib aytaman: bular ayrim hisob-kitoblar. Biroq haqiqiy tejamkorlikni odamlar amalga oshiradi. Yashirmayman, tumanlardagi suv xojaliklari rahbarlari, bosh miroblarning faoliyatiga suv tanqis yilni qanday otkazib olishimizga qarab baho beriladi.

Abdirasul MAXMATQULOV, Qashqadaryo viloyat melioratsiya ekspeditsiyasi boshligi orinbosari:

Bizning tashkilotimiz otgan yili 920 kilometr kollektor zax ariqlarni qazidi. Jami 130 kilometr yopiq drenej quduqlarni ishlatib berdik. Buning natijasida tuproqning unumdorligi oshadi, sugorish samaradorligi yaxshilanadi, hosildorlik ham kopayadi.

Suyun ABDIYEV, Qarshi tumanidagi fermer xojaligi raisi, Oliy Majlis Senati azosi, OzXDP faoli: Muhim masalani kotarayotgan ekansizlar. Dehqonlar biladiki, oson kelgan yilning ozi yoq. Nihoyatda qurgoqchilik yillarini korganmiz. Ahil, hamjihat bolib qiyinchiliklarni yengganmiz. Xudo xohlasa, bu yilgi mushkullarni ham bartaraf etamiz. 43 gektar maydonda goza ostirayapmiz. Hozir kop tarmoqli xojaligimizda 52 bosh qoramolimiz va 9 gektar bedazorimiz bor. Fallani oz sugorsak-da, hosili pisha boshladi. Bedaga hali biror marta suv quyganimiz yoq. Qanday bolmasin, gozani saqlab qolishimiz kerak. Olim va mutaxassislar bilan maslahatlashib, bizga berilayotgan suv bilan kollektorning ozroq shorlangan suvini qoshib ishlatishga qaror qildik. Bu uncha zarar yetkazmaydi, biroq paxta hosilini saqlab qolamiz. Kechasi sugorishni tashkil qilayapmiz, suvchilarga issiq ovqat berilyapti. Tunda yoritkichlar bilan ishlayapmiz. Suvchilarga ikki barobar kop haq tolashga qaror qildik. Bu choralarnnig barchasi samara berishi lozim...

Abdimurot BOZOROV, Qamashi tumanidagi Bozor ogli Abdi fermer xojaligi raisi, Ozbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati azosi:

Bu yil qanday ishlashimiz kerak, deb sorayapsiz. Tushunib turibman, savolingiz suv tanqisligiga qaratilgan. Biz ham shuni boshimizdan otkazayapmiz. Jami 10 fermerning 500 gektar yeri Qashqadaryoga tashlangan nasos orqali suv ichadi. Bu yil biz 45 gektar maydonda bugdoyning Yakkart navini ostirdik. Tunov yoqqan yomgir bir sugorish ornini bosdi. Nasib etsa, erta-indin gallaga oroq tushadi. Hamma tashvishimiz 40 gektar maydondagi goza nihollarini saqlab qolish bilan bogliq. Chigitni 27 mart kuni ekkandik. Dastlabki tajriba shuki, ichki ariqlarni 50-60 metr qilib, qirqib chiqdik. Bunda egatlarga taralgan suv bir sutkada emas, 8-10 soatda chiqadi. Hozir 10 gektar maydondagi gozani sugoryapmiz. Suvchilarimiz bari azamat. Hay, Orinboy, bir kelib ketgin, sherigingga ayt, suvga qarab turadi!..

Orinboy JABBOROV, suvchi:

Bu yil suv kamligini barchamiz bilamiz. Uyga bormay, dalada yotib, sugoryapmiz navbati bilan. Taomni ham bobomiz dala boshiga yetkazishni yolga qoyganlar. Istasak, yaqindagi dala shiyponida ovqatlanib kelamiz. Bir tomchi suv isrof bolmasligi kerak, chunki Qashqadaryodan nasos orqali olinayotgan suv juda oz!..

Shu bilan maqolaga nuqta qoysam ham bolar edi-ku, biroq mohir dehqon Abdimurod aka Bozorovning ayrim mulohazalariga toxtalmasak bolmaydi. Gidrometriologiya xizmatini yaxshi yolga qoyishimiz, qor va yomgir nisbatan kam keladigan yillarda suvga sertalab ekinlarni kamroq ekishimiz lozim, dedilar u kishi.

Meni esa safar davomida eshitganim boshqa tashvish koproq oylantirardi. Ayrim tumanlarning suv xojaliklari yetakchilari, miroblari orasida suvni ozlariga tanishlar uchun yetkazib berish, qatiy grafikka amal qilmaslik hollari kuzatilayotgan ekan. Dehqonlarning tashvishi orniga, nuqul ozini oylayotgan, suv taqsimotida adolatni buzayotgan ayrim nafsi katta miroblaru masullar javobgarligini oylab korish kerak. Sinovli yil shuni taqozo qilyapti.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: