O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2018

KONFUTSIY: INSONNIG RANGI, ETIQODI TURLICHA BOLISHI MUMKIN, LEKIN YAXSHILIKNING ILDIZI BITTADIR

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning bundan besh yil muqaddam Ozbekistonga tashrifi doirasida Samarqandda Konfutsiy instituti tasis etilgan edi. Bu yerda mahalliy yoshlar va fuqarolarga xitoy tili va madaniyati boyicha talim berilishidan tashqari xitoylik olimlar bilan hamkorlikda buyuk Ipak yoli mamlakatlari tarixi, madaniyati, tili va adabiyotiga doir ilmiy loyihalar boyicha xalqaro anjumanlar otkazilmoqda.

Ozbek va Xitoy xalqlari dostlik aloqalari uzoq tarixga ega. Bu ikki mamlakat ortasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, va ilmiy-manaviy munosabatlar qadimdan shakllangan. Orta Yer dengizi, Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlarini ikki ming yilga yaqin vaqt ichida Xitoy bilan chambarchas boglab turgan buyuk Ipak yolining asosiy qismi Turonzaminidan otishi muhim rol oynagan.

Karvonlar nafaqat moddiy boyliklar, balki aql-zakovat mahsuli bolgan intellektual mulk, manaviy qadriyatlarni bir-biriga eltish, yetkazish vositasi vazifasini ham otagan. Oqibatda Chin olkasida yashagan Konfutsiy, Meng-szi, Lao-szi singari allomalar talimoti bizning vatanimizda qanday mashhur bolsa, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom al-Moturudiy, Abduxoliq Fijduvoniy kabi ajdodlarimizning ilmiy goyalari, mutafakkirona talimoti ham Chin olkasiga yetib borgan.

Buyuk Ipak yoli boylab «Avesto» tort dengiz oraligiga qanday yoyilgan bolsa, Konfutsiyning Nazmnoma va Nasrnoma asarlarida bayon qilingan hikmat-ogitlar ogizdan-ogizga otib, bizning zamin sari yol olganiga ilmiy asoslar mavjud.

Xalqimiz hayotining barcha jabhalarida tom manodagi yangilanish va ozgarishlarning yuzaga kelishi, ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan ilmiy-manaviy merosni bashariyatga targib qilish imkoniyatlarining tugilishi — ozbek-xitoy aloqalarining yanada mustahkamlanishiga keng yol ochib berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning XXRga otgan yili buyurgan tashrifi munosabati bilan Ozbekiston va Xitoyning qadimiy sivilizatsiyaga ega ekanligini etiborga olgan holda gumanitar almashinuvni yanada chuqurlashtirish, madaniy merosni asrash boyicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sayharakatlarni amalga oshirish alohida belgilab qoyildi.

Mamlakatlar ortasida madaniyat kunlari, turli korgazmalar tashkil qilinmoqda, olimlar qator qoshma loyihalarni bajarib, ularning natijalarini ilmiy nashrlarda, xalqaro konferensiyalarda muhokama qilish amaliyotini yolga qoyib ulgurdilar. Ozbekistonning qator universitetlarida xitoy tili kafedralari ochildi, xitoy tili adabiyoti boyicha mutaxassislar tayyorlash yolga qoyildi.

XXR universitetlari, ilmiytadqiqot muassasalarida xitoylik olimlar tomonidan Ozbekiston iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, til siyosati, mamlakatning atrofdagi geosiyosat rivojidagi orni kabi muammolar tadqiq etilayapti. Bu borada arxeologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, jamiyatshunoslik, madaniyatshunoslik sohalari vakillarining izlanishlari tahsinga sazovordir.

Xitoylik yoshlar va ishbilarmonlarning ozbek tilini organishga bolgan ishtiyoqi baland. Buning tasdigini Xitoydagi qator universitetlar va boshqa turdagi oquv yurtlarida ozbek tili va madaniyati kafedralari va tadqiqot markazlari faoliyat korsatayotganidan ham bilsa boladi.

Ushbu markazlarda ozbekistonlik olimlar amaliy va nazariy mashgulotlar olib bormoqda. Samarqandlik olimlar keyingi yillar mobaynida Pekin, Shanxay, Sian, Siyamin, Kunmin, Urumchi shaharlaridagi oliy oquv yurtlarida otkazilgan konferensiyalarda ishtirok etmoqda va xitoy tadqiqot markazlarida milliy madaniyatimiz tarixi, ilmiy merosimiz, xalqaro iqtisodiyot, talim tizimi, tarjimashunoslik muammolariga oid maxsus seminarlar otkazib kelmoqda.

Anjumanlarda qatnashayotgan xitoylik talaba-yoshlar, ilm ahlining Ozbekiston tarixi, manaviy-madaniy qadriyatlar, buyuk olimlar yaratgan benazir asarlarga nisbatan qiziqishi, hurmat va ehtiromi benihoyat baland ekanligiga guvoh bolmoqdamiz. Bugungi kunga kelib ozbek adabiyotining buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur nomlarini bilmaydigan xitoylik talabalar kam topiladi. Xitoyda xalqimiz faxri bolgan mutafakkirlar nomlarini abadiylashtirishga oid ishlarga ham alohida etibor qaratilmoqda. Shanxay shahriga tashrif buyursangiz, Shanxay universiteti hududida ornatilgan Alisher Navoiyning ulkan haykalini ziyorat qilishni albatta oz rejangizga kiriting.

Ozbekistonda ham bu kabi tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida ulug xitoy allomasi Konfutsiyga yodgorlik qoyish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Bu Xitoy tomonidan korsatilayotgan dostona munosabatga hozirjavoblik namunasidir.

Konfutsiy talimoti, daosizm yonalishi targib qilingan oqilona yashash tamoyillari bolmish donolik, insonparvarlik, sadoqat, kattalarga hurmat korsatish kabi umuminsoniy tamoyillarni oz ichiga oladi. Bu oz navbatida bizning mutafakkirlarimiz olga surgan goyalar bilan oxshashlik, yaqinlik va mushtaraklikka ega.

Konfutsiyning shogirdi Mengszining falsafiy mushohadalari bilan tanishayotib, beixtiyor Farobiyning Falsafiy savollar va ularga javoblar asarini eslaymiz, daosizm vakili Laotszining asarini oqisangiz, al-Moturudiyning fikrlarini yodga olamiz.

Konfutsiy talimoti namunalari Markaziy Osiyo shaharlari ortasida birinchilardan bolib, Samarqandga yetib kelgan. Samarqand madaniyat, iqtisodiy munosabatlar, talim-tarbiya rivojlangan qadimgi poytaxt bolishi bilan bir qatorda, unda VIII asrdan boshlab muvaffaqiyat ila faoliyat korsatgan madrasai oliyalarda dunyo mutafakkirlarining ilgor goyalari oquv rejalaridan orin olgan edi.

Hozirgi oliy oquv yurtlarining beshigi bolgan ushbu madrasai oliyalarning zabardast muddarislari, Samarqand ulamolari, olimu mutafakkirlari Konfutsiy talimotining yetakchi goyalari bilan mukammal tanish bolib, ularni oz shogird-talabalariga yetkazib kelganlar.

Ozbek va Xitoy xalqlari dostona aloqalari tobora mustahkamlanib, keng miqyosda rivojlanib borayotgan hozirgi paytda Konfutsiy nomi va talimoti asoslari xalqimiz ortasida borgan sari dovruq qozonmoqda. Bugungi Samarqandning ikki buyuk millat munosabatlari rivojidagi mavqei alohida. Fikrimizni Samarqand viloyati hududida koplab xitoy-ozbek qoshma korxonalari faoliyat korsatayotgani ham tasdiqlaydi. Samarqand davlat chet tillar institutida 2008 yilda tashkil qilingan xitoy tili talim yonalishida ikki yuzdan ortiq mutaxassis tayyorlandi va hozirgi kunda yuzga yaqin talaba tahsilni davom ettirmoqda.

Samarqandda Konfutsiyga haykal qoyilishi, birinchidan, yurtimiz ahlining bu zotga va butun Xitoy xalqiga bolgan yuksak ehtiromi ramzidir. Ikkinchidan, bu say-harakatning amalga oshishi Uygonish davri Samarqand talim-tarbiya muhitida keng yoyilgan Chin olkasi bilan tarixan mavjud bolgan madaniy-marifiy uygunlik rishtalarini yangicha ruhda qayta jonlashtirishga xizmat kilishi shubhasiz.

Konfutsiy talimotidagi Insonnig rangi, etiqodi turlicha bolishi mumkin, lekin yaxshilikning ildizi bittadir, degan hikmat bugun amalga oshirayotgan xayrli harakatlarimizning mazmunini tashkil etadi.

Bahodirxon SAFAROV,

iqtisod fanlari doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: