O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2018

AQSH OZBEKISTONNI MINTAQA YETAKCHISI SIFATIDA KORADI

«Evraziya Ekspert» saytida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi va ikki mamlakat ortasidagi aloqalarga bagishlangan maqola chop etildi. Uni biroz qisqartirgan holda e’tiboringizga havola qilyapmiz.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifini ikki tomon ham tarixiy deb baholadi. Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligining tarificha, bu strategik hamkorlikning yangi davri. Bunday fikr bildirilishiga barcha asoslar yetarli. Toshkent va Vashington umumiy qiymati 4,8 milliard dollar bolgan 20 yirik shartnomani imzoladi. Shubhasiz, bu juda yirik investitsiyadir.

AQSh Afgonistondagi vaziyatni yaxshilashda Ozbekiston yordamiga tayanmoqchi. Bazi bir davlatlar bilan munosabatlarning yomonlashishi oqibatida Ozbekiston AQSh uchun Afgoniston boyicha yagona imkoniyat bolib turibdi.

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi vaqtida ham Afgoniston mavzusi kop bor kotarildi. AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Ozbekiston Prezidenti bilan muzokaralar chogida Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda Toshkent muhim orin tutishini alohida takidladi.

Muzokaralardan malum boldiki, AQSh Ozbekistonni mintaqa yetakchisi sifatida koradi.

AQSh oz navbatida Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr tomonidan ilgari surilgan Katta Markaziy Osiyo geosiyosiy konsepsiyasini ham nazardan qochirgani yoq. Bunda Markaziy Osiyodagi beshta davlat yoniga Afgoniston, Eron, Hindiston va Pokiston ham qoshilishi nazarda tutilgan.

Starrning fikricha, mazkur mintaqa davlatlarining iqtisodiy jihatdan integratsiyalashuvi uchun yagona transport va savdo infratuzilmasini yaratish zarur. Starr 2010 yilda bu goyani Yangi Ipak yoli deb ozgartirdi. Unga kora, Afgoniston Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtirish uchun tranzit markazga aylanishi kerak.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chogida mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda Ozbekistonning rolini yuksak baholadi. Shuningdek, Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning kengaytirilganini ham olqishladi.

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: